O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ―Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz, hamda Vazirlar mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi ― Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish mavzularidagi ma‘ruzalarida ― ...mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimiz‖ degan fikr muloxazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang‘ich ta‘limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo‘lajak xalq ta`limi o‘qituvchlari ta‘lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.
Asosiy savollar:
1 Matematika darslarida o`quvchilarda mantikiy fikrlash kunikmalarini shakllantirish metodikasining axamiyati.
2 Matematika darslarida o`quvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo`llari.
3 Matematika darslarida o`quvchilarda mantiqiy fikrlash kunikmalarini shakllantirish mavzusi buyicha namunaviy dars loyihasi
Mashg`ulot maqsadi:
Mantiq elementlarini kiritish nafaqat matematika kursi extiyojlari balki maktabdagi boshqa fanlarning xam extiyojlari bilan asoslanadi. Turli fanlar bo`yicha maktab darsliklarining taxlili ularda mantiqning biror amalini (xulosa chiqarish, asoslash, guruxlarga ajratish va xakazo) bajarish talab etilgan topshiriqlar mavjud ekanligini ko`rsatadi. Demak, o`quvchilarga turli o`quv predmetlarini muvaffaqiyatli o`zlashtirish uchun ma`lum mantiqiy bilimlar zarur.