Odob-axloqning inson manaviy kamolotidagi ahamiyati.
2. Odob-axloqning vazifasi va tuzilishi
Odob-axloqning vazifalari masalasini o’rganib quyidagilarga ajratish mumkin:
- tartibga soluvchi,
- tarbiyalavchi,
- bildiruvchi,
- qat’iy-baho beruvchi,
- mo’ljal beruchi,
- asoslantiruvchi,
- aloqa uchun xizmat qiladigan,
va boshqa vazifalar[1].
Yuristlar uchun odob-axloqning tartibga soluvchi, tarbiyalavchi vazifalari birlamchi qiziqish uyg’otadi.
Tartibga soluvchi vazifa odob-axloqning birlamchi vazifasi hisoblanadi.
Odob-axloq insonning amaliy faoliyatini jamiyatning va boshqa odamlarning manfaatlarini hisobga olish nuqtai nazaridan yo’naltiradi va tartibga solib boradi. Shu o’rinda odob-axloqning ijtimoiy munosabatlarga faol ta’siri individual xatti-harakatlar orqali amalga oshiradi.
Odob-axloqning tarbiyaviy vazifasi inson shaxsini shakllantirish uning o’z-o’zini anglashida ishtirok etadi.
Odob-axloq hayotning mazmuni va maqsadiga qarashlarning paydo bo’lishiga, inson tomonidan o’z qadr-qimmatini, jamiyat va boshqa odamlar oldidagi burchini, boshqalarning qadr-qimmati va huquqlariga hurmatning zarurligini anglab olishga xizmat qiladi. Odob-axloq bu -vazifasini insoniylik deb tavsiflash qabul qilingan. Odob-axloqning tartibga soluvchi vazifasi uning boshqa vazifalariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek odob-axloq sub’ektlari alohida shaxslar, shuningdek butun jamiyat hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxsning axloqiy xatti-harakatlari o’zini o’zi tartibga solish va butun ijtimiy borliqning ma’naviy o’zini o’zi boshqarishi yuzaga keladi.
Odob-axloq inson hayot faolyatining barcha jabhalarini tartibga soladi. Insonning xulq-atvorini tartibga solar ekan odob-axloq unga nisbatan yuqori talablarni qo’yadi. Bundan tashqari odob-axloqning tartibga soluvchi vazifasi jamoat fikrining obro’siga va insonning axloqiy ishonchiga, jamiyat va shaxs haq bo’lmasa-da, tayangan holda amalga oshiradi.
Odob-axloqga ijtimoiy ongning muhim shakli tariqasida ham qaraladi, ijtimoiy munosabatning ko’rinishi sifatida ham, shuningdek insonning axloqiy faoliyatini tartibga soluvchi jamiyatda mavjud xatti-harakat normalari qaraladi.
Xulqiy ong odob-axloqning, uning ideal va sub’ektib tomonini ifoda qiluvchi, bir qismi hisoblanadi. Axloqiy ong insonlarga ularning burchi tariqasida muayan xulq-atvor va xatti-harakatlarni yuklaydi. Xulqiy ong ijtimoiy borliqning turli ko’rinishlariga - qilmishga, uning motiviga, xatti-harakatiga, hayot tarziga va b.larga odob-axloq normalariga muofiqligi nuqtai nazaridan kelib chiqib baho beradi. Bunday baho ma’qullashda yoki rad qilishda, maqtashda yoki tanqid qilisgda, yoqtirish yoki yoqtirmaslikda, sevishda yoki ko’rolmaslikda ifodalanadi. Axloqiy ong ijtimoiy ong shakli hisoblanadi shu bilan bir vaqtda shaxning individual ongi doirasi ham hisoblanadi. Bu o’rinda insonning o’ziga o’zi vijdon, g’urur, uyat, pushaymonda bo’lish bilan va b. axloqiy sezgilari bilan bog’liq holda baho berishi muhim o’rin egallaydi.
Odob-axloqni axloqiy ong bilangina bog’lab bo’lmaydi.
Xulqni va xulqiy ongni birxillashtirishga qarshi chiqib, М. S. Strogovich yozgan edi: “Xulqiy ong bu qarashlar, ishonchlar, yaxshilik va yomonlik to’g’risida g’oyalar, loyiq va noloyiq xatti-harakatlardir, xulq esa jamiyatda insonlarning xatti-harakatlari, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi ijtimoiy normalardir.”[2]
Axloqiy munosabatlar insonlar o’rtasida faoliyatlari jarayonida vujudga keladi. Axloqiy munosabatlar mazmuniga, shakliga, sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy alloqa usuli bilan farqlanadi. Ularning mazmuni kimga nisbatan ba (jamiyatga ba odamlarga nisbatan) qanday axloqiy majburiyatlarni olishi bilan belgilanadi.
Barcha holatlarda inson oxir oqibatda axloqiy munosabatlar tizimida boladi. Axloqiy munosabatlarda inson xulqiy faoliyatning ham sub’ekti va ham ob’ekti tariqasida qatnashadi. Demak, u boshqa odamlar oldida uning o’zi jamiyatga nisbatan, ijtimoiy guruhga nisbatan sub’ekt hisoblanadi, ammo bir vaqtning o’zida u boshqalar uchun bir vaqtning o’zida axloqiy majburiyatlar ob’ekti bo’ladi, chunki ular uning manfaatlarini himoya qilishi, u to’g’risida g’amxo’rlik qilishi lozim.
Axloqiy faoliyat odob-axloqning ob’ektiv tomonini o’zida ifoda etadi.
Axloqiy faoliyat to’g’risida shunda gapirish mumkin-ki, qachonki xatti-hararat- qilmish, xatti-harakat, ularning motivi yaxshilik va yomonlik, loyiq va noloyiq, va b.larning chegaralanish talablari bo’yicha baholanish mumkin bo’lsa. Xulqiy faoliyatning birlamchi belgisi qilmish hisoblanadi, chunki uning zamirida xatti-harakatning maqsadi, motivi va mo’ljal yotadi. Qilmish motivni, mo’ljalni, maqsadni, harakatni, qilmishning natijasini o’z ichiga oladi. Qilmishning xulqiy oqibati insonning o’ziga baho berishi va unga atrofdagilar tomonidan baho beririshidir.
Insonning doimiy yoki o’zgarib turuvshi sharoitlarda sodir etgan xulqiy ahamiyatga ega bo’lgan harakatlari yig’ndisi axloq deb qabul qilinadi. Insonning xatti-harakati axloqiy sifati, xulqiy ko’rinishining birgina ob’ektiv ko’rinishi hisoblanadi.
Axloqiy faoliyat faqat asoslantirilgan va maqsad sari yo’naltirilgan harakatlarni o’z ichiga oladi. Bu erda istak, xohishlar hal qiluvchi o’rinda turadi, chunki inson ularga tayanadi, ularning o’ziga xos xulqiy motivlari yaxshilik qilishni istash, burch hissini amalgam oshirish, ma’lum bir maqsadga erishishdan iborat bo’ladi.
Odob-axloqning o’ziga xos tomonlari, elementlari bor bo’lib, ular o’z ichiga axloqiy normalarni, axloq tamoillarini, axloqiy maqsadlarni, axloqiy mezonlarni qamrab oladi.
Axloqiy normalar bu insonning jamiyatdagi xatti-harakati, uning boshqa kishilar bilan muomalasi, jamiyatga va o’ziga nisbatan bo’lgan muomalasi hisoblanadi. Axloqiy normalar ijtimoiy normalar bo’lib, ularning bajarilishi ijtimoiy fikr, yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, ezgulik va yomonlik va b.lar haqida ushbu jamiyatdan olgan tushunchalar asosidagi ichki ishonch orqali ta’minlanadi.
Axloqiy normalar ushbu jamiyatga, axloqning ijtimoiy guruhiga mos muayan holatga xos xatti-harakatning mazmunini belgilaydi. Axloqiy normalar jamiyatda mavjud tartibga soluchi boshqa – iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, estetik normalardan insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solish usuli bilan farqlanadi. Xulq, fe’l-atvorlar jamiyat hayotida an’analar kuchi, obro’ va umumtanolingan va barcha tomonidan qo’llab – quvvatlangan intizom, jamoaviy fikr, muayan sharoitlarda lozim xulq-atvorda bo’lishga jamiyat a’zolarini ishontirish bilan amalda bo’ladi.
Oddiy odatlarda masalan tug’ilgan kunni nishonlash, armiyaga kuzastish kabi insonlarning bir xildagi xatti-harakatlardan farqli o’laroq, axloqiy normalar hafaqat umumqabul qilingan tartibda amalga oshiriladi, balki inson tasavvurida jamiyatda yoki muayan hayotiy sharoitda losim yoki lozim bo’lmagan xatti-harakatning g’oyaviy asosi b’olib, unga asosan amalga oshiriladi.
Axloqiy tamoillarga quydagilar kiradi:
- insonparvarlik – insonni oily qadriyat deb bilish;
-al’turizm – yaqin kishisiga beg’araz xizmat qilish;
- rahmdillik - nimagadir muhtoj bo’lgan har qanday insonga yordamga tayorlik;
-jamoaviylik - umumiy manfaatga ko’maklashishga ongli intilish.