Mavzu: Odob-axloqning inson manaviy kamolotidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 26,96 Kb.
səhifə3/4
tarix07.04.2023
ölçüsü26,96 Kb.
#94521
1   2   3   4
Odob-axloqning inson manaviy kamolotidagi ahamiyati.

3.Odob-axloq va huquq

Odob-axloq va huquqning o’zaro munosabati yuristlar uchun alohida qiziqish tug’diruvchi ushbu ijtimoiy ko’rinishlarni o’rganishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.


Odob-axloq insonning xatti-harakatini, faoliyatini normativ tartibga solishning asosiy turlaridan biridir. U insonlarning umumijtimoiy qonunlarga bo’ysunishini ta’minlaydi. Odob-axloq ushbu vazifani boshqa jamiyatda o’rnatilgan normalarni o’rganish va o’zlashtirishni ta’minlashga yo’naltirilgan ijtimoiy fanlar bilan birgalikda amalda bo’ladi.
Odob-axloq bu – ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi zarur, o’zaro bog’liq va bir-biriga singib boruvchi tizimlardir. Ular jamiyat faoliyatiga turli xil xohish-istaklarni muvofiqlahtirish, insonlarni muayan qoidalarga bo’ysundirish yo’li bilan amalga oshiradi.
Axloq va huquq bitta ijtimoiy vazifani bajaradi, u ham bo’lsa jamiyatda insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solishdan iborat. Ular murakkab tizimlarni tashkil etadi, qaysikim o’z ichiga ijtimoiy ongni (axloqiy va huquqiy), ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni, normativ sohani (axloqiy va huquqiy normalar) oladi.
Normativlik bu - insonlar xatti-harakatini tartibga solishga imkon beradigan axloq va huquqning xususiyatidir. Bu o’rinda ularning ob’ektlari ko’p hollarda mos keladi. Ammo ularni taribga solish o’ziga xos usullarda amalga oshiriladi.
Huquqiy normalarga rioya qilish huquqiy tag’dirlash, jazolash, shu jumladan davlat majburlavi, yuridik sanktsiya maxsus davlat apparati tomonidan amalga oshriladi. Axloqda esa faqat ruhiy sanktsiyalar bo’lib, ular ruhiy qo’llab quvvatlash yoki ruhiy jazolashdan iborat.
Ijtimoiy munosabatlarning birligi o’z-o’zidan huquqiy va axloqiy tizimlarning birxilligini belgilaydi. Axloq bilan huquq doimo o’zaro aloqada bo’ladi. Huquq axloqqa zid bo’lmaydi. O’z navbatida huquq axloqiy normalarning hakllanishiga ko’maklashadi.
Axloq va huquq insoniyatning ruhiy madaniyatining ajralas qismlaridir. Axloq va huquq bir turdaligi holatida ularning muayyan bir jamiyatda bu ijtimoiy tartibga soluvchilar o’rtasida farqlar ham borligini ko’ramiz.
Axloq va huquq quyidagilarda farqlanadi:
1) tartibsolishning ob’ektida;
2) tartibga solish usulida;
3) tegishli normalarning bajarilishini ta’minlash usullari, yani sanktsiya xususiyatlari bilan farqlanadi.
Huquq faqat ijtimoiy muhim xatti-harakatlarni tartibga soladi. Masalan, huquq insonning shaxsiy hayotiga aralashmaydi. Aksincha u bunday aralashishishdan qo’riqlaydi, himoya qiladi.
Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.

Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda ota-onaning o‘zaro samimiy munosabati, ularning farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog‘-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo‘ladi.


Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi.
Hech qachon bolalarni tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklardan ko‘z yummasligimiz kerak. Hozirgi turmushimizda ba’zi bir odobsiz, bilimsiz, aqlsiz, giyohvand, ota-onasiga qo‘l ko‘taradigan va o‘z bolalarining baxtsiz yashashiga sababchi bo‘layotgan kishilar uchraydi. Bundaylarning paydo bo‘lishiga asosiy sababchi ota-onalari-ku? Bolasining insoniy xatti harakatlariga ularning tarbiyaga loqaydliklari sabab bo‘lgan.
Yaxshi tarbiya, ba’zilar o‘ylaganidek, bir soatlik yoki bir kunlik ish emas. Maqsadli tarbiya tarbiyachidan chidam, matonat, katta bilim va tajriba talab qiladi. Demak, har bir ota-ona va o‘qituvchi tarbiyaga oid bilim va malakaga ega bo‘lishi shart.
Bolalar tarbiyasida tezda ijobiy natijalarga erishish uchun ularga bilim berish bilan birga, ma’lum mehnat jarayonlariga jalb etish, kasb va mutaxassislik sir-sinoatlarini qo‘shib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya ishining ba’zan samarasiz bo‘lishiga asosiy sabablardan biri tarbiya jarayonida tartib-intizomning bo‘lmasligidir. Shaxs qanchalik mehr-muhabbat va tartib-intizom asosida tarbiyalansa, yomon xatti harakatlardan shunchalik uzoq bo‘ladi.
Tarbiyaning asosiy maqsadi yoshlarni baxt-saodatli, o‘z zamonining aziz, hurmatli va fidoiy kishisi qilib tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaning murakkabligi shundaki, u hech qachon tugamaydi, ya’ni kishi tug‘ilganidan to o‘lguniga qadar zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, bir tarbiya ko‘rgan avlod o‘rniga kelgan farzandlarni yana qayta boshdan tarbiya qilish darkor bo‘ladi. Bu esa tarbiyaning tinimsiz davriyligini va abadiyligini ko‘rsatadi.
Islom ta’limotiga ko‘ra, farzand ota-ona zimmasidagi omonat bo‘lib, ular bu omonat haqida mas’uldirlar. Farzandlar tarbiyasiga e’tiborsizlik ulkan xato, omonatga xiyonat va kishi dinining nuqsonidir. Ota-ona farzandining birinchi murabbiyidirlar.
Qu’oni karimda oila ahliga e’tiborning qanchalik zarurligini Alloh taolo shunday bayon qiladi:
“Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur” (Taxrim, 6-oyat)
Har qanday tarbiya, xususan nasihat oilada boshlanadi. Tarbiyaning bosh maqsadi – bir-biriga mehr-oqibatli insonlarni voyaga yetkazishdir. Ota va onalar yana unutmasinlarki, bugun farzandlari tarbiyasiga e’tibor bermagan kishi oradan yillar o‘tgach, uysiz, oilasiz qoladi.
Abu Homid G‘azzoliy farzand tarbiyasi haqida shunday fikrlarni bildiradi: “Bilgin! Bola tarbiyasi eng muhim ishlardandir. Farzand ota va onaga omonat. Bola qalbi pok, nozik, sodda va har qanday naqsh va suratdan xoli gavhardir. Unga qanday naqsh solinsa, shunga ko‘ra shakllanadi, eggan tomonga egiladi. Agar bola yaxshilikka o‘rganib, yaxshilik ichida voyaga yetsa, dunyo va oxirat saodatini topadi. Albatta bu savobga uning ota-onasi, muallimi va unga tarbiya bergan har bir kishi sherikdir. Agar bola e’tiborsiz tashlab qo‘yilsa, yomonlik ichida o‘ssa, badbaxtlikka yuz tutadi va halok bo‘ladi. Bunda gunoh yuki shu ko‘yga solganlarning, ota-onaning zimmasiga yuklanadi” deydi. Bu xususda Alloh taolo Tahrim surasida “Ey mo‘’minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilalaringizni do‘zaxdan saqlangiz”, deb ogohlantiradi.

Tarbiyaning ikki asosi bor: fazilatni qo‘riqlaydigan go‘zal axloq va yaramas yo‘ldan, yomon ahvolga tushishdan saqlaydigan hushyorlik. Ota farzandini dunyo olovidan qanchalik himoya qilsa, oxirat olovidan undan-da ko‘proq himoya qilmog‘i kerak. Odobu tarbiya vositasida yaxshi xulqlarni o‘rgatish, yomonliklardan qaytarish, to‘kin-sochinlikka odatlantirmaslik, ziynatga muhabbat uyg‘otmaslik bilan ota farzandini oxirat olovidan asraydi.


Farzand tarbiyasi qanchalik erta boshlansa, tarbiya natijasi shunchalik samarali bo‘ladi. Chunki erta yoshda ularni yaxshilik tomon burish osonlik bilan kechadi. Tarbiyasizlikdan vujudga kelgan yomon xulq va odatlarni keyinchalik qayta tarbiyalash yo‘li bilan tuzatish mumkin. Ammo buning uchun ko‘p mehnat sarf qilishga to‘g‘ri keladi
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o‘tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «o‘tiring, otaxon!» deb joy bo‘shatsa, u chiroyli a'mol qilgan bo‘ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo‘yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o‘tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida vagondagi yo‘lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo‘ni-qo‘shnilarning barcha ma'rakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko‘ngil, ochiq qo‘l, doimo o‘z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a'zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz hushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, u qo‘ni-qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, to‘y-ma'rakalarda janjal ko‘tarsa, sal gapga o‘dag‘aylab, musht o‘qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba'zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta'sir o‘tkazmaydi.
Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o‘zi mas'ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko‘zlab ish yuritadi, lozim bo‘lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida na faqat o‘z kasbini e'zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag‘ishlagan yuksak axloq egasi; u, o‘zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo‘laroq, o‘sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo‘laturib, o‘zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‘lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo‘ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg‘onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o‘sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o‘z yakka hukmronligi yo‘lida millionlab begunoh insonlarni o‘limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Gitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta'kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik-xushxulqlilikka, xushxulqlilik – yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan – badxulqlilikka, badxulqlilikdan – axloqsizlikka o‘tishi mumkin.
Shunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o‘rganadi.
Ba'zi ulamolar axloqni «irodaning odati» deb ta'rif qilganlar. Ya'ni, iroda o‘ziga bir narsani odat qilib olsa, o‘sha axloqqa aylangan bo‘ladi. Misol uchun, kishining irodasi xayr-ehson qilishga azmu qarorli bo‘lib qolsa, o‘sha «karamli xulq» deyiladi.
Islom diynida axloqiy tarbiya diyniy tarbiyaning ajralmas qismi, desak, mubolag‘a qilmaymiz. Zero, diyn yaxshi deb xisoblagan va da'vat etgan narsalar ezgulik, yomon deb xisoblagan va man' etgan narsalar yovuzlikdir. Shuningdek, diyn buyurgan, hayotda va muomalada kasb etishga targ‘ib etgan axloq va faziylatlar Islom jamiyatida qadriyat, chiroyli xulq va ma'naviy faziylatlar hisoblanadi.
Axloqiy dunyo o‘z tabiatiga ko‘ra diniydir. Axloqi va muomalasi go‘zal bo‘lmagan musulmonning dini ham mukammal hisoblanmaydi.
Qadimdan axloq ilmi ulamolari “Odamdagi axloqlar uning yaratilishida qo‘shib yaratilgan bo‘ladimi yoki kishi axloqni keyin o‘rganadimi?” degan savolga javob berishda ixtilof qilishgan.
Ulardan ba'zilari: «Yaxshi va yomon axloq inson yaratilgan chog‘ida qo‘shib yaratiladi, axloqni keyin kasb qilib bo‘lmaydi», deganlar.
Boshqa bir guruh ulamolar: «Inson tug‘ilganda hech qanday fazilat yoki razilatsiz tug‘iladi, unda qanday xislat bo‘lsa, tug‘ilganidan keyin paydo bo‘ladi», deganlar.
Axloq ilmi ulamolari esa: “Ota-onasida mavjud bo‘lgan ba'zi axloqlar xamirturushi insonga onasining qornidalik paytidayoq o‘tadi. Alloh bandani xalq qilish chog‘ida axloq qobiliyatini ham qo‘shib yaratadi. Inson o‘sishi jarayonida tarbiya, muxit va odatlanish oqibatida u yoki bu axloqni o‘zida rivojlantiradi yoki yo‘qotib yuboradi”, deydilar.
Shuning uchun ham, Islomda xulqli sayqallashga alohida e'tibor beriladi. Bu ish har bir musulmon uchun lozim va lobud ishlardan biri darajasiga ko‘tariladi.
Tarbiyaning asosi ko‘p jihatdan bilimga va yaxshilarga yondashishda va ularning ibratli hayot tarzi asosida yuzaga kelgan boy tajribaga hamda purma'no so‘zlarini qay darajada bilishga borib taqalar ekan. Shu o‘rinda, bobomning yoshligimda aytgan go‘zal o‘gitlarini misol tariqasida keltirmoqchiman: “Bolam, allomalarimiz qoldirgan hikmatli so‘z va matallarni qanchalik yod olib borsang, qalbingga shunchalik naqshlanib boraveradi. Natijada, sening tilingdan ham shunday go‘zal so‘zlar yog‘ila boshlaydi”. Farzandlarimiz ham rivoyat, hikoyat va ibratli so‘zlarga juda muhtoj.
“Ma’naviyat” tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy, axloqiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarni keltirish mumkin. SHu nuqtai nazardan qaralganda, olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlarda “Ma’naviyat” tushunchasi va uning tamoyillariga o‘ziga xos izoh va ta’riflar berib kelinmoqda. Bunga sabab “Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-ma’naviy hodisa ekanligidir.1
Aslida ma’naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi. Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji- deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Ma’naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi uchun ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.
Ma’naviyat ko‘proq inson qalbiga, botiniy dunyosiga qaratilganligi bilan ajralib turadi. SHu ma’noda ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo‘q. Ma’naviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal echishga bashar qudrati etmaydi. SHunday ekan, «ma’naviyat» tushunchasiga bir yo‘la mukammal ta’rif berish murakkab hisoblanadi.
Unga ta’rif berishda Islom Karimovning nazariy qarashlariga, milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy-ma’naviy merosimizni tiklash borasidagi amaliy faoliyatlariga tayanishimiz, uni o‘zimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz maqsadga muvofiq. YUrtboshimiz «YUksak ma’naviyat- engilmas kuch” asarida insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan o‘rin tutishligini uqtirib: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”2 deb ta’riflagan edilar. Bu ta’rifda inson faoliyatining barcha ma’naviy qirralari qamrab olingan bo‘lib, biz bundan buyon ma’naviyat haqida so‘z yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgunga qadar ilmiy adabiyotlarda “Ma’naviyat” mustaqil ilmiy tushuncha sifatida qo‘llanilmagan edi. Bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma’ruzalarida «ma’naviyat – insondagi axloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta’sir qiluvchi tizim yoki ma’naviyat- insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yig‘indisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarning aks etish darajasidir», deb ta’rif berib kelmoqdalar. A.Erkaevning fikricha, «Ma’naviyat – insoning ijtimoiy – madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir».3 M.Imomnazarov dastlab “Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur»,4 -deb yozgan bo‘lsa, keyinchaliklik «Ma’naviyat – inson qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta’rif darhaqiqat, so‘fiyona ramziy ta’rifdir, zotan boshqacha ta’rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo‘yadi»,5 -deb yozadi.
E. YUsupov insonda mavjud bo‘ladigan hamma xislatlar va fazilatlar emas, balki ijobiylarigina ma’naviyat bo‘la olishini ko‘rsatib: «Ma’naviyat –inson axloqi va odobi, bilimlari, istedodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir – biri bila n uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir»,6 -deb ta’riflaydi.
T. Mahmudov «Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aqliy, ahloqiy va ruhiy balog‘ati va dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir», 7 -degan ta’rifni beradi.
Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlarning hammasida ham ma’naviyatning ko‘pgina qirralari o‘z ifodasini topgan va mualliflar o‘zlarining nuqtai nazarlarini bildirganlar, ammo ularda inson salohiyatini o‘stirish masalasi e’tibordan chetda qolganligi ko‘rinadi. Hali yana ko‘plab olimlarimiz ma’naviyat tushunchasiga o‘z munosabatlarini bildiradilar va ana shu bildirilgan turli fikrlar asosida umumiy mukammal ta’rif shakllanadi, degan umiddamiz.
Bugunga qadar ma’naviyat tushunchasiga mukammal ta’rif shakllanmaganligiga sabab uning keng qamrovli, murakkab va ayni vaqtda «sodda» tushuncha ekanligida. Ma’naviyat ko‘proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini aks ettirishidir. Inson ichki, botiniy dunyosi esa gavhar to‘la tubsiz dengiz singaridir. Bu dengizdan qancha gavhar olsangiz tugamagani singari inson ichki dunyosi ham tubsiz va o‘zini rang-barang tarzda namoyon etadi. Inson qalbiga, botiniy dunyosiga qanchalik chuqur kirib borsangiz, shunchalik turli-tumanlik bilan toblanib, o‘zining yangidan-yangi qirralarini namoyon etadi. Mana shuning uchun ham ma’naviyat tushunchasiga mukammal, har taraflama to‘liq ta’rif berish mushkulroq. Ammo Respublikamiz olimlari tomonidan

Yüklə 26,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin