Mavzu: Ofis jihozlari bilan tanishuv Reja Printerlar va ularning turlari



Yüklə 51,58 Kb.
səhifə1/3
tarix03.06.2022
ölçüsü51,58 Kb.
#60533
  1   2   3
Ofis qurilmalari


Mavzu: Ofis jihozlari bilan tanishuv
Reja

  1. Printerlar va ularning turlari

  2. Skanerlar va ularning turlari

PRINTERLAR
Bosuvchi qurilmalar (printerlar) — bu qiymatlarni EHM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.u.) o’zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd etadi.
Printer SHK TQ, sining eng rivojlangan guruhidir, ularning 1000 tagacha turli hil modifikatsiyalari bor. Printerlar o’zaro quyidagi tavsiflar bo’yicha farqlanadi:
— rangliligi (oq-qora va rangli);
— belgilarni shakllantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi);
— ish tamoyili (matritsali, termik (qizdirishga oid), purkagichli, lazerli);
— bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakllantirish (ketma-ket va parallel) usullari;
— karetka kengligi (375 450 mm li keng va 250 mm li tor karetkali);
— bosish satri uzunligi (80 ta va 132-136 ta belgi);
— belgilarni terish (ASCII belgilarini to’liq terishgacha);
— bosish tezligi;
O’tkazish qobiliyati va h.k.
Bir qator guruhlarning ichida printerlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin: masalan, SHK da keng ishlatiladigan belgilarni sintezlovchi matritsali printerlar ish tamoyili bo’yicha zarbli, termografikli, e’lektrografikli, e’lektrostatik, magnitografikli va b. bo’lishi mumkin.
Zarbli printerlar orasida ignali (matritsali) lar eng ko’p tarqalgan, lekin hali ham literli, shar ko’rinishli, gulbargli («moychechak» tipidagi) va b. uchrab turadi.
Printerlarda bosish belgi bo’yicha, satr va sahifa bo’yicha bo’lishi mumkin. Bosish tezligi sekundiga 10-300 ta ishoradan (zarbli printerlar) sekundiga 500-1000 tagacha va hattoki sekundiga bir necha o’nlab (20 tagacha) sahifalargacha (zarbsiz lazerli printerlar) oraliqda; o’tkazish qobiliyati millimetrda 3-5 nuqtadan millimetrda 30-40 nuqtagacha bo’ladi (lazerli printerlar).
Matnli bosish uchun umumiy holda turlicha bosish sifati bilan tavsiflanuvchi quyidagi rejimlar bor:
— homaki bosish rejimi (Draft);
— bosmahonanikiga yaqin bosish rejimi (NLQ – Near Letter Quality);
— bosmahonaniki kabi bosish rejimi (LQ- Letter Quality);
— yuqori sifatli bosish rejimi (SLQ- Supper Letter Quality).
Printerlar, odatda, ikki rejimda — matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
Matnli rejimda printerga bosilishi kerak bo’lgan belgilar kodi yuboriladi, shu bilan birga belgilar konturi printerning ishora generatoridan tanlab olinadi.
Grafikli rejimda printerga tasvir nuqtalarining ketma-ketligi va joylashgan joyini aniqlovchi kodlar yuboriladi.
Matnli rejimda printerlar odatda bir nechta shriftlarni va ularning turli ko’rinishlarini qo’llaydi, ularning ichida roman (yozuv mashinkasining mayda shrifti), italik (kursiv), boldface (yarim qora), expandent (cho’zilgan), elite (yarim siqilgan), condenced (siqilgan), pica (tug’ri shrift — sitsero), prestige elite (prestij-elita) va proportsionalli shrift (belgi uchun ajratiladigan maydon kengligi belgining kengligiga bog’liq bo’ladi) keng tarqalgandir.
Printerni ruslashtirilganligi (milliylashtirilishi) maqsadga muvofiqdir — o’zining vositalari bilan rus harflarini — kirillitsami bosishni ta’minlasin; aks holda SHK ga maxsus drayver-larni qo’shish talab etiladi.
Ko’pgina printerlar grafikli ma’lumotlarni samarali chiqarishni (psevdografika belgilari yordamida) amalga oshirish imkonini beradi; bosishning servis rejimlari: qalin bosish, ikkilangan kenglikdagi bosish, ostiga chizib bosish, yuqorigi va pastki indekslar bilan, ajratilgan bosish (har bir belgi ikki marta bosiladi) va ikki marta o’tib bosish (ikkinchi marta belgi ozgina surilib bosiladi); ko’p rangli bosish (100 tagacha turli xil rang va tuslar).

Yüklə 51,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin