Mavzu: Ofis jihozlari bilan tanishuv Reja Printerlar va ularning turlari



Yüklə 51,58 Kb.
səhifə2/3
tarix03.06.2022
ölçüsü51,58 Kb.
#60533
1   2   3
Ofis qurilmalari

Purkagichli printerlar
Purkagichli printerlar bosuvchi kallakda ignalar o’rniga ingichka naychalar — soplolarga (konus naychalarga) ega, u orqali qog’ozga
bo’yoq rangining (siyohning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz bosuvchi qurilmadir. Bosuvchi kallakning matritsasi odatda 12 tadan 64 tagacha soploga e’ga. .
Keyingi yillarda ularning mukammallashishida jiddiy rivojlanishga erishildi: tasvirni shakllantirishda bosuvchi kallakning juda mayda soplolari yordamida qog’ozga siyoh tomchilarining yo’naltirilgan portlatishga o’xshash purkash — purkagichli bosishning «pufakchali» texnologiyam deb ataluvchi usuli ishlatiladi.
Purkash jarayoni texnikasi quyidagicha bo’ladi. Soplo devoriga elektrik qizdiruvchi element o’rnatilgan bo’lib, uning harorati elektr impulsi berilganda 5-10 mks ichida keskin ortadi. Qizdiruvchi element bilan kontaktda joylashgan siyohning hammasi bir zumda bug’lanadi, bu bosimning keskin oshishiga olib keladi, buning oqibatida siyoh soplodan qog’ozga otilib chiqadi. «Otilgandan» keyin siyoh bug’lari kondensatsiyalanadi, soploda pasaygan bosim zonasi hosil bo’ladi va o’nta siyohning yangi portsiyasi (ulushi) suriladi. Bu yangi texnologiya purkagichli printerlar va plotgerlar olamida burilish yasadi, bu esa ularning o’tkazish qobiliyatini yana bir pog’onaga (dyuymda 600-1440 ta nuqtagacha) ko’tarish imkonini berdi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda purkagichli printerlar millimetrga 50 tagacha nuqtali o’tkazish qobiliyatini va sekundiga 500 tagacha belgini bosish tezligini ta’minlaydi va bunda bosish sifati lazerli bosish sifatiga yaqin bo’ladi.
Purkagichli printerlar yozuvchi kallakda katta miqdordagi soplolarni ishlatib, rangli bosishni ham bajaradi, lekin bunda o’tkazish qobiliyati oq-qoraga nisbatan tahminan ikki marta kamayadi (lekin Epson firmasi o’tkazish qobiliyati 400 dpi bo’lgan, rangli bosish tezligi sekundiga A4 o’lchamli 4 betni tashkil etgan noyob rangli purkagichli Stylus 600 printerini yaratganligi to’g’risida axborot mavjud).
Rangli tasvirni yaratish uchun odatda, poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxema ishlatilib, u o’z ichiga to’rtta bazaviy (asosiy) rangni oladi: Cyan — havo rang, Magenta – to’q qizil rang, Yellow — sariq rang, Key — yetakchi (qora rang). Murakkab ranglar bazaviy ranglarni aralashtirib hosil qilinadi. Bosish sifati juda ajoyibdir – to’liq rangli plakat deyarli bosmaxonanikidan farq qilmaydi.
Purkagichli printerlarning asosiy afzalliklari:
• yuqori bosish sifati, katta miqdorli soploli printerlar uchun lazerli printer bosish sifati bilan taqqoslasa bo’ladi;
• xomaki bosish rejimida yuqori tezlik;
• oddiy, albatta, yaxshi zichlikdagi qog’ozni ishlatish (60 dan 135 g/m2 gacha), siyoh yoyilib ketmasligi uchun;
• shovqinsiz ishlashi.
Purkagichli printerlarning asosiy kamchiliklari:
• soplo ichida siyohning qurib qolish havfi, bu ba’zida bosuvchi kallakni almashtirish zarurligiga olib keladi;
• sarflanadigan materiallarning nisbatan yuqori narxdaligi, xususan, siyoh uchun ballonchaning, ayniqsa agar u bosuvchi kallak bilan birlashtirilgan va birgalikda almashtirilsa (bunday tuzilish keng tarqalgan).
LAZERLI PRINTERLAR
Lazerli printerlarda tasvirni shakllantirishning elektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu nomdagi nusxa ko’chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o’ta ingichka yorug’lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab qo’yilgan yorug’likka sezgir baraban sirtida ko’rinmaydigan nuqtali elektron tasvir konturini chizadi — elektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. U elektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan bo’yoq (toner) kukuni bilan bosish bajariladi — tonerni barabandan qog’ozga olib o’tiladi va tasvirni qog’ozda tonerni qizdirib, u erib ketguncha qotiriladi.
Lazerli printerlar millimetrda 50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha belgilarni bosuvchi tezlikni ta’minlaydigan o’tkazish qobiliyatli eng yuqori sifatli bosishni ta’minlaydi. Rangli lazerli printerlar keng ishlatiladi. Masalan, Tektonik (AQSh) firmasining Phaser 550 lazerli printeri gorizontal bo’yicha ham, vertikal bo’yicha ham millimetrda 48 nuatali o’tkazish qobiliyatiga ega; rangli bosish tezligi — minutiga A4 o’lchamli 5 bet, monxromli bosish tezligi — minutiga 14 bet.
SHK larga printerlar ham parallel, ham ketmaket portlar orqali ulanishi mumkin.
Parallel portlar Centronics tipidagi adapterlar orqali parallel ishlovchi (ma’lumotni birdaniga baytlab qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun (odatda bir vaqtning o’zida 3 tagacha printerni ulash mumkin) ishlatiladi.
Ketma-ket portlar (2 dona) RS 232C (C2 birikish joyi) tipidagi adapterlar orqali ketma-ket ishlaydigan (ma’lumotni ketma-ket 1 bitdan qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun xizmat qiladi. Ko’pchilik tez ishlovchi printerlar parallel portlarni ishlatadi.
Tezkor printerlar shaxsiy buferli xotiraga ega bo’ladi, ular SHK bilan ma’lumotlarni almashishda ham, yuklanadigan shriftlarni saqlash uchun ham ishlatiladi. Matritsali printerlarning xotirasi katta emas — bir necha yuzlab kilobaytlargacha, purkagichli printerlarda bir necha megabaytlargacha va lazerli printerlarda bir necha o’nlab megabaytlargacha.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, SHK larning eng ommaviy printerlarini Sieko Epson (Yaponiya) firmasi (ularning ulushi kamida 30% ni tashkil e’tadi) ishlab chiqaradi. Hattoki IBM PC printerlarining standarti — Epson standarti mavjud.
MATRITSALI PRINTERLAR
Matritsali printerlarda tasvir nuqtalaridan zarbli usul bilan shakllanadi, shuning uchun ularni “zarbli-matrisali printer”deb atash to’g’riroqdir, shunday ham iborani sintezlovchi printerlarni boshqa tiplari ko’pincha belgilarni matrisali shkllantirishni, lekin zarbsiz usul bilan ishlatiladi. Shunga qaramay, “matrisali printerlar”- bu ularning umumqabul qilingan nomi, shuning uchun ularni asos qilib olamiz.
Ignali (zarbli)matrisali printerlarda nuqtalarni bosish, bo’yovchi lenta orqali qog’ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi. Har bir igna xususiy elektomagnit bilan boshqariladi. Bosuvchi uzel gorizontal usulga siljiydi va qatordagi belgilar ketma-ket bosiladi. Ko’pchilik printerlar ham to’g’ri, ham teskari yo’nalishda bajaradi. Bosuvchi kallakdagi ignalarning soni bosish sifatini belgilaydi. Qimmat bo’lmagan ignalar 9 ta ignaga ega. Bunday printerlarda belgilar matrisasi 7×9 yoki 9×9 nuqtalar o’lchamiga ega. Mukammallashgan matrisali printerlar 18 va hattoki 24 ignaga ega bo’ladi.
Matritsali printerlarning bosish sifati yana bosuvchi kallakning bir nechta o’tishida qisman qoplash bilan bosish jarayonida nuqtalarni chiqarish inkoniyati orqali ham aniqlanadi.
Turli sondagi ignali printerlarda bosishning turli rejimlari turlicha amalga oshiriladi. 9 ta ignali printerlarda Draft rejimidagi bosish bosuvchi kallakning satr bo’ylab bir marta o’tishda bajariladi. Bu eng tez bosish rejimi, lekin u eng past sifatli hamdir. NLQ 2 marta o’tishda amalga oshiriladi: kallak bir marta o’tgandan keyin qog’oz nuqtaning yarim o’lchamiga mos masofaga cho’ziladi; keyin nuqtalarning qisman qoplash bilan ikkinchi o’tish bajariladi. Bunda bosish tezligi ikki marta kamayadi.
Matritsali printerning ish rejimini qayta ulash va shiriftlarini almashtirish dastur bilan ham qurilmalarda bor bo’lgan klavishlarni va/yoki qayta ulagichlarni tegishlicha o’rnatih bilan amalga oshirish kerak. Matritsali printerlarning tezkorligi matnni Draft Rejimida bosiahda sekundiga 100 tadan 300 tagacha belgi oralig’ida yotadi, bu taxminan minutiga ikki sahifaga to’g’ri keladi (varaqlarni almashtirishni hisobga olgan holda).
FOTO PRINTERLAR
Epson Stylus Photo PX660
Bu apparat – haqiqiy foto laboratoriya, apparatda fotoskaner, fotoprinter va rangli nusxa ko’chirish funktsiyasi o’zida mujassam.
Modelning dizayni yomon emas. Xokistar rangli korpusning qoramtir panelida printerning barcha boshqaruv tugmalari joylashgan, yuqish tugmasi barcha tugmalardan ajralgan holda qizil rangda berilgan.
Panel o’rtasida 2.5’’ suyuq kristalli display joylashgan, u yordamida siz bosmaga berilgan fotosuratni dipley xaritasi orqali ko’rishingiz mumkin. Oxirgi xaritalar uchun Compact Flash, xD-Picture Card, Smart Media , Secure Digital, Multi — Media Card, Memory Stick (Magic Gate, Pro, Duo) va IBM MicroDrive, formatlar qo’llaniladi. Undan tashqari kompyuterni yoqmasdan turib, printer bilan xoxlagan surat, nusxa ko’chirish va skaner qilish mumkin, hamda printerni xotira xaritasining dokument saqlaydigan xotirasiga, raqamli ko’rinishda saqlash mumkin.
Bu qurilma kompyuterga bir dona kabel orqali ulanadi, u USB 2.0 interfeysi uchun mo’ljallangan, sekin ishlash natijasi USB 1.1.
Printeri : Printerda olti xil rangli texnologiysi tashkil topgan. Har bir muhim rang uchun alohida kartridj mavjud, kartridjning rangi tugaganda boshqa kartridjlarga tegilmasdan rang to’ldirish mumkin. Hamma kartridjlar mikrosxema bilan bog’liq, qaysiki suyuq kristalli monitorda rangning qancha qolganligi haqida ma’lumot chiqadi. Har bir bosmaga chiqaradigan kallaklarda 90 ta naychalar mavjud; ular yuqori tezlikda ranglarni sepadi. Ba’zi bir joylarda ancha yaxshi ko’rinmaygan tasvirlar yuqori kamchiligi, tomchilar 3 pl sig’imda, ba’zi bir umumiy rang oluvchi tasvirlarda, katta hajmdagi ranglar qo’llaniladi chunki fotografikaviy sifatga yetishish uchun. Bosmaga nima chiqarishingizga qarab — tekst, grafika yoki fotografiya bo’lishga qarab, nastroyka sifatini va qog’oz turini tanlash mumkin. ShK ga murojaat qilmay turib ham, o’zgaruvchi kartani indeksli bosmadan chiqarish ko’rib chiqilgan. Sizning kartangizda joylashgan barcha fotosuratlarni miniatyurali variantini indeksli varaqda bosmadan chiqarishda varaqda kerakli tasvir va talab qilinadigan sifat belgilanadi. Indeksli varaq skanerga qo’yiladi va jarayon boshlanadi. Bundan tashqari, MFU fotografiyalarni A4 formatli varaqda maydonsiz bosmadan chiqarish imkoniyatini ham beradi. Standart varaqda bir necha suratni birdaniga chiqarish ham imkoniyati bor.
Bu qurilma raqamli kamerali ulash mumkin va suratlarni to’g’ridan – to’g’ri undan olib bosmaga chiqarish mumkin. MFU Print Image Matching (PIM) texnologiyasiga ega, u kamera va printer orasidagi ichki harakatni ta’minlaydi, raqamli tasvirlar avtomatik ravishda kameradagi ma’lumotlarni printerda uzatishi yordamida amalga oshiriladi. Bu texnologiya raqamli suratlarni bosmadan chiqarishda yuqori sifatga ega bo’lishga yordam beradi.
O’rnatiladigan printerda bosamaning sifati pdf formatidagi testli fayl yordamida baxolanadi. Pdf formatidagi testli fayl (birxil bo’lmagan fonda va har xil keglda terilgan) kesilgan va dekorativ shriftlar, fototasvir va kerakli grafika, tiniq rangalardan iborat turli foizlardan gradient bo’yoqlarga ega.
Qora fondagi oq tekst ozgina sifatni buzadi, ba’zi bir joylarda mayda shriftlar bo’yalib ketadi, qora rang ham past testli chiziqlarda aniq qora-jigarranga ega. Qolgan tasvirlarda bu qurilma juda yaxshi ishlaydi.
Bosmaga chiqawrilgan suratlar ranglarning yorug’ligi va rang uzatishining haqiqiyligi, tasvir nuqtalari esa qurollanmagan ko’z bilan juda ajratish qiyin.
A4 va 10×15 sm o’lchamidagi rangli suratlarning tezlik xuxsusiyatlari turli rejimlarda bosmadan chiqarilishiga bo’liq. Shu bilan birga A4 formatda Times New Roman 10 — kegl (2906 belgi) bilan yozilgan matnni bosmaga chiqarish tezligi ham baholanadi.
Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita ЕHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi — tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo’g’ini va istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. SHtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o’qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug’lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin.
Skanerlarning o’tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o’lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi.
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo’ladi.
Stolli skanerlar, o’z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo’ladi.Shaffof tashuvchilardan tasvirni o’qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi. 

Yüklə 51,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin