3-ma’ruza
Mavzu:O`g`il bolalar kiyimlari haqida ma’lumot, ularga gazlama va fason tanlash (2 soat) Reja: 1. Bolalar kiyimlari haqida umumiy ma’lumot.
2. Chaqaloqlar kiyimi.
3. O’gil bolalar gavda o‘lchamlari va kiyimlarini konstruksiyalash asoslari
Bolalar kiyimining asosiy talablari: oddiylik va go‘zallik hisoblanadi. Kiyimni loyihalash jarayonida bolaning yoshi, kiyimni kiyish shart- sharoitlari, gazlamaning xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Bolalar gavdasining mutanosibligi kattalar gavdasi mutanosibligidan farq qiladi, shuning uchun bolalar kiyimining fasonlari kattalamikini takrorlamasligi kerak. Bog‘cha yoshdagi qiz bolalar ko‘ylaklari asosan yelkadan boshlanadigan oddiyroq ko‘ylak, sarafanlar hisoblanadi. Ularda burmalar, koketkalar, koketka ostidan mayda taxlama yoki burmalar bo‘lishi mumkin (1-rasm a.). Maktab yoshidagi qizlar ko‘ylaklari esa ko‘p hollarda bel qismidan ajralgan, etak qismiga kengaygan bo’ladi (1-rasm b.). Bolaning yoshiga qarab gazlama tanlanadi. Bog‘cha yoshidagi qizlar uchun, ya’ni ko‘proq turli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo'ladigan qizlar uchun, yengil, qimmat bolmagan, yorqin rangli gazlamalar ishlatib, ularning gullari har xil, ya’ni mayda gulli, mayda kataklar, hayvonchalar rasmlari bo'lgan gazlamalar bo‘lishi mumkin. Ularda kant, sutaj vyunchik, tasmalardan bezak sifatida foydalaniladi (1-rasm v.). Maktab yoshdagi qizlaming kiyimlarida yirik katak, yo‘l-yo‘lli, yirik va mayda gulli, noaniq gulli gazlamalar ishlatiladi. Kiyimning bezagi gazlama rangiga, kiyim vazifasiga qarab tanlanadi. To‘r, volan, ryush, burmalar, kashta taxlama, mayda chimdib olish, yoqalar, cho‘ntaklar, tugma, kamar, manjetlardan foydalanib kiyimni bezash mumkin. 0 ‘g‘il bolalar kiyimlari ham qulay va chiroyli bo‘lishi kerak. Yasli va bog‘cha yoshidagi bolalarga ko‘pincha oddiy bichimdagi kostyumchalar, shimlar, shortiklar, kombinizonlar tikish mumkin (1-rasm d.).. Paxta, shoyi tolali, paxmoq, chiy duxoba, arzon jun tolali gazlamalar tavsiya qilinadi.
Maktab yoshidagi bolalar uchun shim, turli fasondagi ko‘ylaklar: koketkali, koketkasiz, yoqali, plankali kiyimlar kiyish tavsiya qilinadi. Bolalar gavdasining tuzilishi va yoshiga qarab 5 guruhga bo’linishi mumkin (1-jadval).