Mavzu: O`g`il bolalar kiyimlari haqida ma’lumot, ularga gazlama va fason tanlash



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə2/2
tarix08.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#109596
1   2
3-ma\'ruza

2. Chaqaloqlar kiyimi Chaqaloqlar kiyimi (kunduzi va kechasi kiyadigan ko'ylak — raspashonka, paypoq-ishton — polzunki, qalpoqcha — chepchik va boshqalar) yengil, qulay, havoni yaxshi o'tkazadigan, issiq tutadigan, gigroskopik bo'lishi kerak. Ichki kiyim bolaning erkin nafas olishiga, badanda qonning harakatlanishiga xalaqit bermaydigan bo'lishi lozim. Chaqaloqlar kiyimlarini mumkin qadar kamroq chok solib tikish kerak. Ulaming kunduzgi raspashonkasining yo oldi, yo orqasi ochiq bo'ladi. Bu raspashonkalarga mutlaqo tugma qadalmaydi, uning old bo'laklari bir-biri bilan tasma yoki lentalar bilan bog'lanadi (52-rasm). Bolalar kiyimi kunduzgi yoki kechasi kiyilishiga, mavsumga hamda bolaning yoshiga qarab turli gazlamalardan (batist, paxmoq gazlama, bumazeya, surp va shu kabi mayin gazlamalardan) tikiladi. Bunday gazlamalaming rangi asosan ochiq (ko'p hollarda oq rangda), gullari mayda bo'lgani ma’qul.
3. Anatomiya — kishi organizmi; ayrim organlar va tizimlarning tuzilishi hamda shakllari haqidagi fan. Anatomiya morfologiyaning bir qismi hisoblanadi.
Morfologiya — kishi organizmining shaxsiy o‘zgaruvchanligi, gavda o‘lchamlari va proporsiyalarining yoshga qarab o‘zgarishi hamda organizmning ayrim qismlari o‘zgaruvchanligi, qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lib, inson tanasining tuzilishi haqidagi ta’limot, ya’ni antropologiya fanining bir qismi hisoblanadi. Plastik anatomiya — kishi gavdasining tashqi shakli, ya’ni qaddi-qomatini o‘rganadi. Gavda odatda tana, bo‘yin, bosh qo‘llar va oyoqlar degan bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi. Odam skeleti kalla suyagi (1) (2-rasm, a, b), tana suyaklari (2), qo‘l va oyoq (4) suyaklaridan tashkil topgan. Odamning umurtqa pog‘onasi (3-rasm, d) Ssimon (egri) bo‘ladi: umurtqa pog‘onasi bo‘yin (I) va bel (III) qismlarida egrilik chizig‘i — oldinga, ko‘krak (II) va bel (IV) qismlarida esa orqaga yo‘nalgan. Umurtqa pog‘onasining egrilik darajasi odamning qaddiqomatini belgilaydi.
Tananing bo‘yin asosidan to yelka bo‘g‘imlarigacha bo‘lgan qismi yelka deb ataladi. Yelka normal (3-rasm, a), keng (3-rasm, b) va tor (3-rasm, d) shuningdek,


qiyalik darajasiga (3-rasm) qarab, normal (3-rasm, a) baland (3-rasm, b) hamda past (3-rasm, d) bo‘lishi mumkin.
Qorinning ham asosiy uchta shakli mavjud: tekis, ichga tortilgan va dumaloq, do‘ppayib chiqib turgan qorin. Qorinning shakli jinsga, yoshga va oriq-semizlikka bog‘liq bo‘ladi. Orqa yoki umurtqa bo‘limlari salgina bo‘rtib chiqqan (to‘lqinsimon), bukchaygan va to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Bo‘yinning shakli xilma-xil: erkaklarda muskullar juda rivojlanganligi sababli bo‘yinning kesimi murakkab, bolalarda esa birmuncha dumaloq bo‘ladi. Bo‘yinning uzun-qisqaligi yoshga hamda yelka qiyaligiga bog‘liq. Gavdani belgilab beruvchi asosiy morfologik belgilar umumiy belgilarini, mutanosiblikni, gavda tuzilishi va qad-qomatni o‘z ichiga oladi. Umumiy belgilar deganda, tananing uzunligi (odamning bo‘yin, ya’ni bo‘y), ko‘krak aylanasi (parametri) hamda vazn (massa) kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Gavdaning o‘rtacha uzunligi (o‘rtacha bo‘y) o‘g‘il chaqaloqlarda 51,5 sm bo‘ladi. Erkaklarning bo‘yi 18— 20 yoshda «marraga» yetadi; mamlakatimizda erkaklarning o‘rtacha bo‘yi 35—50 yoshgacha o‘zgarmaydi, shu yoshdan o‘tgach, har besh yilda 0,5 sm qisqara boradi, 55 yoshgacha shu tarzda davom etadi, keyinchalik har besh yilda 0,7 sm dan qisqara boshlaydi. Ko‘krakning antropometrik aylanasi antropologiyada juda yaxshi o‘rganilgan, erkaklarda bu o‘lcham orqada kurak suyaklari ostida, oldinda esa ko‘krak bezlari uchi atrofidagi pastki segment bo‘yicha o‘lchab aniqlanadi. Yosh ulg‘aygan sari ko‘krak aylanasining o‘lchami orta boradi, qarigandan keyingina biroz kamayadi. Bir yashar go‘dakning ko‘krak aylanasi 49 sm ga teng. 25—26 yoshdagi yigitlarda ko‘krak aylanasi o‘lchami «marra»siga yetadi va o‘zgarmaydi. Erkaklar 40 yoshlarda jadal semira boshlaydi, shu sababdan ko‘krak aylana o‘lchami ortadi. 60 yoshlardagina ko‘krak aylana o‘lchami kamayadi, bunga organizmning qarishi bilan bog‘liq fiziologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Erkaklar gavdasining o‘rtacha vazni 64 kg. Katta yoshdagi kishilar vaznining 40 kg dan kam yoki 99 kg dan ziyod bo‘lishi patologik kasallik hisoblanadi. O‘sish davrida tananing vazni ortaveradi, 25—40 yoshlarda vazn barqarorlashadi. 40 dan 55 yoshgacha tana vazni har besh yilda o‘rta hisobda 1,0—1,5 kg ortadi, 60 yoshdan o‘tgach, birmuncha kamayadi. Kiyimni konstruksiyalash uchun proporsiya (mutanosiblik)ning katta ahamiyati bor. Proporsiya deganda, tananing turli qismlari o‘lchamining bo‘yiga nisbati tushuniladi. Bu nisbat foizlar bilan ifodalanadi. V.V.Bunak katta yoshdagi erkaklar va ayollar o‘rtasida ko‘p uchraydigan tana proporsiyalarini uchta asosiy turga bo‘ladi: dolixomorf tur (4-rasm, a) — bu turga mansub kishilarning oyoqlari uzun, tanasi qisqa va ixcham (kambar) bo‘ladi; braximorf tur (4-rasm, d) — bu turga mansub kishilarning oyoqlari nisbatan qisqa, tanasi uzun va serbar bo‘ladi; mezomorf tur (4-rasm, b) oraliq tur hisoblanadi. Tana proporsiyalari yoshga va jinsga qarab o‘zgaradi. Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar, birinchidan, tana barcha qismlarining ortishidan, ikkinchidan, proporsiyalar o‘zgarishidan iborat bo‘ladi. Masalan, katta yoshdagi kishining kallasi chaqaloqning kallasidan ikki baravar

katta, bo‘yin — uch baravar, qo‘llar — to‘rt baravar, oyoqlar — besh baravar va bo‘yi yetti baravar uzun bo‘ladi. Bunda boshning aylana o‘lchami atigi bir yarim baravar, ko‘krak aylanasi o‘lchami esa uch baravar ortiq bo‘ladi.
O‘g‘il bolalar jussasining V. G. Shtefko tuzgan rasm orqali kuzatish ma’qul hisoblanadi. Bu rasmda o‘spirinlar jussasining uchta asosiy turi berilgan (9-rasm). A s t e n o i d t i p — semizmas, muskullari kam rivojlangan, ko‘krak qafasi yassiroq va tor, bukchayganroq oyoqlari nisbatan uzun (dolixomorf turning o‘zginasi 5-rasm, a). Torakal tip — muskullari ortacha rivojlangan, semizligi ham o‘rtacha, ko‘krak qafasi silindrik shaklda, qorni tekis, orqasi to’lqinsimon (5-rasm, b). Degestiv tip — juda semiz, muskullari o‘rtacha yoki juda kam rivojlangan, ko‘krak qafasi konussimon, qorni dum-dumaloq bo‘lib chiqib turadi, orqasi tekis bo‘ladi (5-rasm, d). Andom (gavdaning holati) deganda, gavdaning kishi tinch turgan paytdagi yoki to‘g‘ri yurib ketayotgan paytdagi turg‘un tik holati tushuniladi. Andom turlarining har xil ta’rifi mavjud. Tikuvchilik sanoatida asosiy uch xil andom turi qabul qilingan (6-rasm) normal








O‘lchov olish vaqtida gavda muayyan vaziyatni egallashi, ya’ni kishi zo‘riqmasdan, to‘g‘ri turishi hamda qomatining odatdagi holatini saqlashi, bosh, ko‘z-quloq gorizontal chizig‘idan chetga og‘masligi, qo‘llar pastga tushirilgan, barmoqlar yozilgan, tizza bukilmagan bo‘lishi, tovonlar juftlashtirilishi va oyoqlar uchi ikki tomonga kerilishi lozim.
Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin