Mavzu: Oila-mahalla va tashkilotlar



Yüklə 0,79 Mb.
tarix26.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#148957
oila-mahalla

Mavzu: Oila-mahalla va tashkilotlar

  • Fanning nomi
  • Tayyorladi
  • Reja:
  • 2. O`quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari.
  • 1. O’quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi
  • Tarbiya jarayoni
  • ishtirokchilari sa‘y harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keying yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator me‘yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va maktab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.
  • Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an‘analarimizni anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni anglash singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.
  • . Konsepsiyada oilaga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekistonda 1998 yil―Oila yili deb e‘lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqiyosidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g`oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martda qabul qilingan ―Ijtimoiy-ma‘naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risidagi130-sonli qarori misol bo`la oladi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonunining 30-moddasida ―Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, makatabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olishlari uchun javobgardirlar, deb belgilab qo`yilgan.
  • Bu ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi; shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish, Oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasining asosiy maqsadidir. O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar oila, mahalla, maktab hamkorligi yo`nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqazo qiladi.
  • Shunga muvofiq ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasini amalga oshirish jarayonida oilaning quyidagi vazifalari belgilab qo`yilgan: - oilada sog`lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o`rnak bo`lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vataniga muhabbat tuyg`usini shakllantirish, o`zaro g`amxor bo`lishni ta‘minlash;
  • oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a‘zolarining o`z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta‘minlash;
  • farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma‘rifatli va ma‘naviyatli kishilar bo`lib yetishishlarini ta‘minlash;
  • bozor munosabatlariga mos bo`lgan kasb-hunar o`rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
  • bolalarning bo`sh vaqtlarini pedagogic nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo`shimcha ta‘lim berish; farzandlariga mavjud bo`lgan iste‘dod kurtaklarini yaratish; o`z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to`la ado etishlari uchun oilada mas‘uliyatli bo`lish;
  • oila, maktab va mahalla oldida o`z farzandlarining barcha xatti-harakatlari uchun javobgardir; sog`lig`ida va aqlida nuqsonlari bo`lgan farzandlarga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-korlik
  • ota – onalar o`zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib boorish;bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma‘naviy-axloqiy tomonlarini shakllantirish; oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo`nalishlarini uyg`un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas‘ullikni ta‘minlash; sanitariya-gigiyenik, ekologik ko`nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin