2.2 Inshoning baholanish tartibi
Insho yozishda esa o`quvchilar yozma nutq malakalarini namoyish etadilar, o`zlarining tafakkur kuchi va iutq boyliklariga suyanadilar. Bu bayon bilan inshoning o`xshash tomonlaridir. Ular o`rtasidagi farq shundaki, agar bayon ta`limiy xarakterda bo`lsa, matn o`qib berilgach, o`quvchilar uning mazmunini og’zaki gapirib beradilar. Shundan keyingina yozishga kirishadilar. Inshoda esa o`quvchilarga matn o`qib berilmaydi, balki faqat mavzu tavsiya etiladi. Mavzu bo`yicha reja tuziladi va o`quvchilar shu reja bo`yicha o`z fikrlarini mustaqil ravishda ifodalaydilar. Insho yozdirib bo`lingach, uni o`z vaqtida tekshirish va o`quvchilar bilan tahlil qilish shart. Baholashda quyidagi mezonga rioya qilinadi.
Inshoni baholash mezoni
№
|
Mazmuni
|
Ball
|
Savodxonligi
|
Ball
|
|
Mavzuga mos mazmunli reja tuzilgan bo`lsa, insho rejaga muvofiq yozilib, mantiqan izchil, so`z boyligi, ifoda qurilishi, badiiy matn yaratish qonun-qoidalariga monand, mustaqil ijodiy fikrlab yozilgan fikrlari yorqin, asosli bo`lsa
|
20
|
Inshoda hech qanday imlo va uslubiy xatolarga yo`l qo`yilmagan bo`lsa
|
20
|
|
Mavzu reja asosida to`liq yortilib, yuqoridagi talablarga javob bersa, rejaning biror bandi to`liq yoritilmagan bo`lsa
|
19-18
|
Bitta imlo xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa
|
19
|
|
Insho rejasi mvzuga mos, mustaqil va ijodiy tuzilgan bo`lsa, matn yaratishda asosan yuqoridagi talablarga amal qilingan bo`lsa, biroq fikrlar bog’liqligi biroz buzilgan bo`lsa
|
17-16
|
Bitta uslubiy, bitta imlo, ikkita tinish belgida xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa
|
18
|
|
Insho asosan yuqoridagi talablarga javob bersa, biroq uning mazmunida, reja tuzilishida nomukammallik uchrasa, reja bandlari mavzuga to`liq monand bo`lmasa, fikrlar bayonida izchillik etishmasa.
|
15-14
|
Ikkita uslubiy, ikkita imlo, ikkita tinish belgida xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa.
|
17
|
|
Insho mavzusi asosan yoritilsa, reja tuzilishida va mavzuni yoritishda izchillik etishmasa, fikrlar va xulosalarni asoslashda nuqsonlar bo`lsa
|
13-12
|
Uchta uslubiy, uchta imlo va uchta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa
|
16
|
|
Insho rejasida va matnni yoritishda sayozlik sezilsa, fikrlar izchil bo`lmasa, mavzudan chetga chiqish holat uchrasa
|
11-10
|
To`rtta uslubiy, uchta imlo va uchta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa
|
15
|
|
Insho rejasi sayoz tuzilgan bo`lib, mavzuni yoritishda so`z boyligi, ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa
|
9-8
|
To`rtta uslubiy, to`rtta imlo va to`rtta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa
|
14
|
|
Insho rejasi mavzuga mos bo`lmasa mavzudan chetga chiqish kabi nuqsondar uchrasa, inshoni yoritishda takrorlar va tarqoq fikrlar mavjud bo`lsa
|
7-6
|
Beshta uslubiy, beshta imlo va beshta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa
|
13
|
|
Insho mavzusi yoritilmagan bo`lsa, reja bandlari mazmunsiz bo`lsa, o`quvchi mavzuni tushunmaganligi, fanni zaif bilishi sezilib tursa, fikrlar asoslanmagan, xulosalanmagan bo`lsa
|
5-4
|
Oltita uslubiy, oltita imlo va shuncha tinish belgida xatolarga yo`l qo`ygan bo`lsa
|
12
|
Insho mazmunidagi nuqson va xatolar soni hamda turiga qarab ishni baholash shu tariqa 0 balgacha davom ettiriladi.
Xatolarni bartaraf qilishda ayniqsa yozma ish tahlilini o`tkazish yoki xatolar ustida ishlash darslari ahamiyatlidir. Xatolar ustida ishlash darsni tashkil etishda quyidagilarga e`tibor bermaslik natijasida o`qituvchilar ishida anchagina qiyinchiliklar kelib chiqmoqda.
yozma ish tahliliga ajratilgan vaqtning noto`g’ri taqsimlanishi;
tipik xatolar doirasidan chetga chiqmaslik;
xatoni bartaraf etish bo`yicha o`quvchilarning qiziqishini uyg’ota olmaslik;
ularni passiv tinglovchiga aylantirish hamda xato ustida ishlashga kam e`tibor berib, turli-tuman ish formalarini (kartochkalarning har xil turlari, darslikdagi mashqlardan foydalanish va hokazo) qo`llay olmaslik;
har bir o`quvchining bilim saviyasi va mustaqil ishlash qobiliyatini hisobga olmaslik, differentsial topshiriqdan foydalanmaslik;
yozma ishda yo`l qo`yilgan xatolarning to`g’ri klassifikatsiya qilinmasligi tufayli o`quvchilar diqqatini (tipik xatolar ustida ishlash paytida) asosiy masalaga jalb eta olmaslik;
xatolar ustida ishlashga har bir o`quvchining mustaqil tartibda individual ishini tashkil eta olmaslik;
yozma ishda qoniqarsiz baho olgan o`quvchilarning tahlil jarayonida e`tibordan chetda qolishi;
o`quvchilarning oldingi yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olmaslik hamda bu xatolarning qanday tartibda bartaraf etilayotganligini nazorat qilmaslik;
o`quvchilarni yo`l qo`yilgan xatoning sabablarini tahlil qilishga o`rgatmaslik;
tahlil jarayonida ularning «Imlo lug’ati» bilan ishlashini tashkil eta olmaslik.
Barcha turdagi yozma ishlarning tahlilida orfografik va punktuatsion xatolar ustida ishlash bir-biriga o`xshaydi. Shuning uchun diktantda uchragan orfografik va punktuatsion xatolarni bartaraf etishda qo`llanilgan mustaqil ish turlaridan bayon va inshoning tahlilida foydalansa bo`ladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, darsliklar koʻp yillik pedagogik, psixologik izlanishlar, ilgʻor tajribalar hamda jahon standarti namunalari asosida tuzilgan boʻlishi lozim. Xususan, umumtaʼlim fanlari boʻyicha yaratilgan darsliklarning tili sodda, ravon va tushunarli, oʻquvchi yoshi hamda psixologik xususiyatiga mos boʻlishi, ularning nutqi va dunyoqarashining oʻsishiga yordam berishi kerak.
Darsliklardagi har bir mavzu oʻzidan oldingi mavzuni toʻldirib, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borishi zarur. U oʻquvchilarga odob-axloqni oʻrgatishga xizmat qilishi, ularda ona-Vatanga mehr-muhabbat, kishilarga gʻamxoʻrlik, mehribonlik, iltifotlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, vijdonlilik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Zamonaviy tarix darsliklarini yaratishda mavzular boʻyicha quyidagi komponentlarning mavjudligi hisobga olinishi lozim: (a) oddiy va aniq savollarni berish orqali oʻrganilayotgan mavzuni oʻrganishning maqsadini aniqlashtirish; (b) asosiy tarixiy nomlar, atamalar va sanalar asosida tarixiy voqelikni qisqa bayon etish; (v) kengaytirilgan sharhlar, axborotlar hajmini kamaytirish uchun har bir oʻquv savolidan keyin 5-6 tagacha narratologik (bayon etish ilmi) va tasviriy manbalardan foydalanish; (g) mamlakat tarixida katta oʻzgarish sodir boʻlgan voqealarni batafsil koʻrib chiqish uchun xronologik jadvallar (timelines) taqdim etish; (d) mavzuga aloqador asosiy atamalarning qisqacha izohli lugʻati; (ye) oʻquvchilarning eʼtiborini qiziqarli va baʼzan bir-biriga zid dalillarga jalb etish uchun “Bu qiziq...” sarlavhasi ostida materiallar taqdim etish; (j) oʻrganilayotgan
mavzuni mustahkamlash maqsadida oʻquvchilar uchun taqdim etiladigan savollar va ijodiy topshiriqlar.
Uzviylik tamoyilini amalga oshirish orqali zamonaviy darsliklarni yaratish va taʼlimni axborotlashtirish sharoitida undan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Zamonaviy darslik uzviylik va uzluksizlikka asoslangan shaxsni motivlashtirishning yaxlit tuzilmasini oʻzida aks ettirishi lozim.
Yangi avlod darsliklarini yaratish uchun benchmarking-loyiha ishlab chiqilishi lozim. Benchmarking-loyihani tayyorlash bosqichida darsliklarni yaratish boʻyicha eng yaxshi amaliy tajribaga ega davlatlar haqida maʼlumot beruvchi manbalarni topish zarur. Shuningdek, tanlangan yondashuv va oʻzgartirishlar kiritish imkoniyati bilan bogʻliqlikda benchmarkingning obyekti aniq belgilanishi maqsadga muvofiq.
Darsliklar sifatini baholashda obyektivlikni taʼminlaydigan yangi metodikalarning ishlab chiqilishi hamda ekspert tahlilning muntazam oʻtkazib borilishi, xulosalarning aniq va ishonarli boʻlishiga erishish lozim.
Dostları ilə paylaş: |