Mavzu: Ona tilidan dars tiplari va ularga qo‘yiladigan talablar


Ona tili o’qitish metodlari



Yüklə 69,94 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü69,94 Kb.
#41944
1   2   3
Mavzu Ona tilidan dars tiplari va ularga qo yiladigan talablar

1.3.Ona tili o’qitish metodlari

Ona tili darslarida qo’llanadigan o’qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o’quvchilarning mustaqil bilim olishni ham hisobga olish, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo’shish orqali ulrni ijodiy faoliyatiga tayyorlash lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo’ladi:

1.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.

2.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.

O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlarni:

1.Bilimlarni tayyor holda bayon etish;

2.Bilimlarini muammoli yo’l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo’ladi.

O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar o’z navbatida qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo’linadi.

Bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi. Bu metod ona tili darslarida eng ko’p tarqalgan metodlardan biridir. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar izohlanadi. Ko’pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi bo’sh tomonlarni to’ldirish, qo’shimcha ma’lumot berish, savollarga javob qaytarish maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini tug’diradi. Bu o’z navbatida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash va ko’nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga ajratilgan vaqt miqdorini ko’paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishining salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o’quvchining fikrlash faoliyatni ma’lum darajada chegaralanishidir. Ko’p hollarda o’quvchi ta’lim jarayonining faqat tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:

- O’qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish.O’qituvchining nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart: Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq o’quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg’otadi;

- O’quv materialini qatiy bir reja asosida bayon qilish (qat’iy reja asosida bayon qilingan fikrlarni o’zlashtirish o’quvchi uchun ancha qulay):

- bilimlarni tayyor holda bayon qilish, ishontirish va asoslash. Ishontirish va asoslash o’rgatilayotgan materialga qiziqish uyg’otadi.

Yuqorida sanalganlardan tashqari til hodisalarini sharhlash maqsadida keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash, o’qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga muvofiqlashtirish o’quvchining faollik darajasini oshiradi.

Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo’l bilan bayon qilish metodi. Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O’quvchi til hodisalarini tayyor holda o’zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko’rsatsa, o’zlashtirish jarayoni ancha samarali bo’ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

1.Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish.

2.Til hodisalarini qarama-qarshi qo’yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish.

3.Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish.

4.Berilgan matning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish.

Qayta xotirlashga asoslangan metodlar. Mazkur metod o’quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o’quv materiali bilan ish ko’radi. O’rganilgan ish hodisalarini xotirada tiklash, topshiriqni to’laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi.

Qisman izlanuvchanlik metodi. Qisman izlanuvchanlik metodi tarkibida qayta xotirlash asosiy o’rinni egallaydi. Chunki o’quvchi ona tilidan egallangan bilimlariga tayanmay turib, uni yangi sharoitda qo’llay olmaydi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari:

a) nuqtalar o’rniga zarur harflar, kelishik qo’shimchalari, so’zlarni topib qo’yish;

b) ma’lum bir so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli so’z bilan almashtirish;

v) berilgan gaplar yoki matnlarning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish;

g) berilgan tayanch so’zlar yoki so’z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o’quvchilardan qisman izlanishni talab etadi.

Izlanishga asoslangan metodlar. Izlanish til materiallarini ijodiy faoliyat ko’rsatish yo’li bilan o’rgatish demakdir. Shubhasiz, o’quvchi ona tili mashg’ulotlarida ma’lum bir yangilik kashf etmaydi, balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo’l bilan o’rganadi. Bu metod o’quvchidan oldin o’rgatilganlarni tamoman yangi sharoitda qo’llashni talab etadi. Ona tili mashg’ulotlarida yoziladigan insholar, o’qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar tayyorlash o’quvchidan hech qanday andaza yoki tashqi yordam olmasdan bajariladigan asosiy ishlardir.

II bob Ona tili darslariga qo‘yiladigan talablar tahlili

2.1. Darslarga qo‘yilgan asosiy talablar

Ona tili darsi o‘quvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ona tili fani orqali o‘quvchi boshqa fanlarni ham idrok qila olish qobiliyati shakllanadi.

Ona tili darslarida bolalarning tafakkur faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma bayon qilishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. Ona tili ta’limda o‘quv fani emas, balki butun ta’lim tizimini uyishtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta’lim standarti ko‘rsatkichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchil rioya qilgan holda bayon qila olishga o‘rgatish nuqtai nazardan belgilanadi.

Ona tili darsiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:



  • O‘quvchining onggida fonetik, grammatik va orfografik tushunchalarni shakllantirish;

  • Asosiy fonetik, grammatik tushunchalar yordamida imloviy malakalarini shakllantirish.

  • Og‘zaki va yozma nutq uzviyligi, uyg‘unligini ta’minlash, muntazam ravishda mavzuga bog‘liq holda yozma nutq ustida ishlash; ijodiy matnning mantiqiy jihatdan to‘g‘riligini, fikr izchilligini, lug‘aviy me’yorini ta’minlash.

  • Mashg‘ulotlarda turli didaktik voitalardan to‘g‘ri va unumli foydalanish; ta’limiy o‘yinlar izchilligi va xilma-xilligi, qiziqarli bo‘lishiga erishish.

  • Mavzuni muammoli ravishda yetkazishda turli noan’aviy usullardan foydalnish, mashqlarning tizimi va optimal variantlariga alohida e’tibor berish.

  • O‘quvchilarning fikrlash darajasini o‘stirib borish: mashg‘ulot vositalarini mazmunidan kelib chiqib tarbiyaviy jihatlarga e’tibor berish.

“Ajoyib o‘qituvchi bo‘lgan ona tili bolaga ko‘p narsani o‘rgatadi... Bola 2-3 yil ichida shuncha ko‘p narsa o‘rganadiki, ko‘p narsa bilib oladi, 20 yil qunt va metadik jihatdan juda to‘g‘ri o‘qiganda ham, uning yarmigacha o‘rgana olmaydi. Ona tilining ulug‘ pedagogligi ham ana shundadir” – deydi- K.D.Ushinskiy

Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’lim sohasi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan muhim talablar quyidagi 3 parametr standart o‘lchovi orqali aks ettiriladi.

1.O‘qish texnikasi

2.O‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash.

3.Fikrni yoma bayon etish malakasi.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi shart.

a) o‘qish texikasi bo‘yicha:

Miqdoriy ko‘rsatkichlar, bir daqiqa 80-90 so‘zni o‘qiy olish.

Talablar:

-harflarni to‘g‘ri talaffuz qilish;

-so‘zlarni to‘g‘ri yozish;

-gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o‘qish;

-sanash va ajratish ohanglaridan to‘g‘ri foydalanish;

-so‘z urg‘ulariga rioya qilish;

-ohangga rioya qilish;

-ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talaffuz qilish;

b) Matn mazmunini va o‘zgalar fikrni anglash malakasi bo‘yicha;

Miqdoriy ko‘rsatkich, 10 daqiqadan 4-5 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlab bera olish.

Talablar.

-ogzaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq tushunarli va ta’sirchan bo‘lishi.

- monoligik nutqning ravon bo‘lishi.

-diologik nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatdan aniq bo‘lishi;

d) diktant –yozma malakasi;

Miqdoriy ko‘rsatkich 75-80 so‘zdan iborat diktant yoza olish.

Talablar:

-imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik;

-ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

-berilgan izohlarning aniqligi;

-lug‘atlarning to‘g‘ri va aniq berilishi;

e) Fikrni yozma bayon etish malakasi bo‘yicha:

Miqdoriy ko‘rsatkich 5-6 gapdan iborat bo‘lgan matnni (fikr ehtiyoji bilan bo‘lgan mavzu asosida) yaratish:

Talablar:

-matndagi gaplarning mazmunini o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashtirish;

-harf va tinish belgilarni to‘g‘ri yozish;

-husnixatda qatorlarni to‘g‘ri joylashtirish;

-tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish;

-matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish;

-matnda xat boshlarining yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash;

-undosh so‘zlardan foydalana olish.

Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyati va yozma nutqini, tafakkurini amalga oshirish, ularni shaxs sifatida shakllantira borishni amalga oshirish, ularda bilim olishga qiziqishni oshirish, faollik, mustaqillik mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlarini o‘stirish hisoblandi. Bolalarning aqliy va nutqiy qoobiliyatlarini muvaffaqiyatli o‘stirish kelgusida fanlarni puxta o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Boshlang‘ich sinflar “Fonetika” gramatika, to‘g‘ri yozuv va nutq o‘stirish” dasturi bo‘yicha izchillik tamoyillari asosida tuzilgan bo‘lib, fonetika, grammatika, imlodan beriladigan boshlang‘ich ta’limotlar yuqori sinflarda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot, materiallari bilan uzviy bog‘lanadi. Ushbu dastur “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” va “Husnixat” bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.

Tovushlar va harflar:

Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilarning savod o‘rgatish jarayonida o‘rgangan amalliy bilimlariga asoslangan holda 1-2 sinflarda beriladi, ular haqida ko‘nikma va malakalr hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi, bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha beriladi.

Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishi farq qiladigan so‘zlar: a va o, y va n tovushli so‘zlarning aytilishi va yozilishi, so‘z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarning jarangsiz jufti, n va m undosh eshitilsa ham d va ga harfining yozilishi, ayrim so‘zlar oxirida kelgan g va m undoshlarning talaffuzida tushib, ammo uozuvda saqlanib, yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar.

3-4 sinfalrda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar chuqurlashtiriladi, mustahkamlanad. So‘zlarni tovush harf tomonidan tahlil qilish takomillashtiriladi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga e’tibor kuchaytiriladi. Bular o‘z navbatida o‘quvchilar savodxonligini oshiradi. Xatosiz ko‘chirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish ko‘nikmalarni o‘stiradi.

Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini o‘stirish va takomillashtirish yo‘naltiriladi.

Boshlang‘ich sinflarda bolalarni har tomonlama rivojlantirishga ongli, ifodali o‘qish, hisoblash, savodli o‘qish va yozish, nutqini o‘stirish va xulq madaniyatini shakllantirishga puhta zamin tayyorlaydi.

Boshlang‘ich ta’lim o‘rta umum ta’limning asosiy poydevoridir. O‘quvchi boshlang‘ich sinfda chuqur va puhta bilim olsagina yuqori sinflarda fanlarni yaxshi va a’lo darajada o‘zlashtira oladi. Yangi DTS va dasturi yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning vazifalarini hal qilishda o‘qituvchiga, uning chuqur bilimliligi, g‘oyavoy e;tiqodiga, kasb mahoratiga iste’dod madaniyatiga bog‘liqdir.

2.2. Dars tiplarining vazifalar bo‘yicha tahlili

Yangi bilim berisg darslari vazifalari:

-O‘quvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalar hosil qilish;

-yangi mavzuni oldin o‘tilgan mavzular tizimiga kiritish, o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatish;

-yangi mazvuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish;

-mavzuni amaliy ahamiyatini uqtirish;

-yangi mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni qat’iy izchillikda yetkazish;

-shu mashg‘ulotning o‘zida yangi bilim asosida shakllangan ko‘nikmani tekshirib olish;

-mavzu ustida ishlashda belgilangan usul, tamoyilllarga rioya etish;

-dars jarayonida o‘uvchilar faoliyatini kuchaytirib borish;

-o‘quvchilarni psixologik xususiyatlarini hisobga olish, fikrlash darajsini rivojlantirib borish.

Mustahkamlash darslari vazifalari:

-mashg‘ulotlarda shakllanadigan ko‘nikm, malakalar me’yorini bilib olish;

-o‘tkaziladigan mashqlar tizimini belgilab ularning bajarilish izchilligini ta’minlash;

-og‘zaki va yozma mashq turlarini maqsadga muvofiq o‘tkazish, mashqlarni o‘yin turlaridan unumli foydalanish;

-mustahkamlash davomida o‘quvchilarga differensial va individual ravishda munosabatda bo‘lish;

-har bir mashq turining to‘g‘ri va mukammal bajarilishiga erishish;

-mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning mustaqilligini ta’minlash va faolliklarini oshirib borish;

-oshib qolgan vaqt uchun doimo zahirada qo‘shimcha mashq bo‘lishiga e’tibor berish;

-o‘quvchilar bajargan topshiriqlarni imkon darajasida tekshirib, bahosini izohlab berish;

-mashqlar davomida o‘quvchilarni o‘ta toliqtirmaslik uchun jismoniy harakat o‘yinlaridan me’yorida foydalanish.

Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya. Tilga oid nazariy materiallar, asosan, ikki xil yo’l bilan o’rgatiladi: yangi bilimlarni deduktiv yo’l bilan o’rgatish; yangi bilimlarni induktiv yo’l bilan o’rgatish. Bularni “Ega va uning ifodalanishi” mavzusi misolida tahlil qilaylik. Mavzuni deduktiv yo’l bilan o’rgatishda, o’quvchilarning gap, gap bo’laklari, gapda so’zlarning bog’lanishi to’g’risidagi bilimlariga tayaniladi. Doskaga biror gap yozib tahlil qilinadi. Masalan, Botirlar xalq xotirasida hamisha yashaydilar. Bu gap mazmuniga ko’ra darak gap ekanligi aytiladi. Gapda so’zlarning bog’lanishi aniqlanadi: botirlar yashaydilar - moslashuv; xalqning xotirasi – moslashuv; xotirasida yashaydi – boshqaruv; hamisha yashaydi – bitishuv. Gapni tahlil qilish yo’li bilan gap bo’laklari haqidagi bilim takrorlanadi. Gap tarkibidagi bosh bo’laklar ajratiladi:

Botirlar yashaydilar. So’roqlar vositasida ega topiladi va uning ta’rifi tushuntiriladi. So’ngra eganing bosh kelishikdagi ot, olmosh, otlashgan so’zlar bilan ifodalanishi bayon qilinadi.

Tilga oid bilimlarni yuqoridagi yo’l bilan bayon qilganda, umumiydan aniqlikka qarab boriladi. Gap, gapda so’zlarning bog’lanishi, gap bo’laklari, bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar to’g’risidagi bilimlar ega haqidagi bilimlarga nisbatan umumiy sanaladi. Eganing turli so’z turkumlaridan ifodalanishi bo’yicha berilgan bilimlar ega haqidagi umumiy ta’rifga nisbatan juz’iy bo’ladi. Yangi bilimlarni shu yo’l bilan bayon etganda, deduksiyadan induksiyaga qarab boriladi. Oldin dalillar asosida o’quv materialining umumiy tomonlari izohlanadi. Keyin esa dalillar asosida shu materialning xususiy tomonlari aniqlashtiriladi.

Yangi bilimlarni o’rgatishning ikkinchi yo’li induksiyadir. Bunda oldin o’quv materialining xususiy tomonlari o’rgatiladi, so’ngra uning umumiy tomonlari izohlanadi. Masalan, ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:

D a r a x t l a r xuddi choyxonaning sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz bu quvonchli kunlarga osonlik bilan etib kelmadik. O’ n – beshdan katta. O’ q i m o q - o’rganmoq.

To’g’ri o’zadi, e g r i to’zadi.

Yuqoridagi gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari ko’rsatiladi. Tahlil qilingan misollar, chiqarilgan juz’iy xulosalar zaminida eganing umumiy ta’rifi o’rganiladi. O’rganish jarayonida o’quv materialining juz’iy xususiyatlaridan umumiy xususiyatiga qarab boriladi.

Izchillik tamoyiliga qat’iy amal qilish yo’li bilan yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarini ijodiy tashkil etishga erishiladi. Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, hosil qilgan malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni faol idrok etishning asosiy omili sanaladi. O’rganilgan bilimlarni qayta esga olish va undan yangi bilimlarni ongli o’zlashtirish vositasi sifatida foydalanish turli yo’llar bilan amalga oshiriladi: o’rganilgan bilimlarni o’qituvchining o’zi eslatadi va yangi bilimlarni o’zlashtirilgan mavzuning davomi sifatida tushuntiradi; oldin o’tilgan mavzuni o’quvchilardan birontasi eslab aytib beradi, o’qituvchi o’quvchi fikrlariga bog’lab o’z tushuntirishini boshlaydi; o’tilgan mavzu yuzasidan sinf jamoasi bilan suhbat o’tkaziladi, keyin yangi mavzuni tushuntirishga o’tiladi; o’tilgan mavzuga doir mustaqil ish o’tkaziladi, mustaqil ish ustida suhbat o’tkazilgach, yangi mavzuni tushuntirishga o’tiladi va hokazo.

Bilim, ko‘nikma, malakalarni tekshirish va baholash darslari vazifalari:

-tekshiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar me’yorini oldindan belgilab olish;

-tekshirish shakllari, usullarini aniq belgilab, ularga qat’iy rioya etish;

-tekshirishni muayyan tizim va izchilikda olib borish;

-tekshirish uchun belgilangan savol va topshiriqlarni aniq, puxtaligini ta’minlash;

-tekshirishning qiziqarli, o‘yin tusidagi turlaridan unumli foydalanish, test va turli usullarning optimal va variantlarini izlash;

-tekshirishni baholash davomida o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlariga jiddiy e’tibor berish. Rag‘batlantirish va tanbeh berishning ta’sirli, tarbiyaviy jihatlarini ta’minlash;

-tekshirish va baholash uyg‘unligiga erishish;

-tekshirish va baholash davomida o‘zlashtirshdagi nuqsonlarni bartaraf etib borish.

Takrorlash va umumlashtirish darslari vazifalari:

-takrorlanadigan ma’lumotlr, tushunchalar me’yorini belgilab olish;

-takrorlash va umumlashtiruvchi suhbat qanday qat’iy tizim va izchilikka rioya qilish;

-takrorlash va umumlashtishda muayyan mavzular bo‘yicha qo‘llangan ko‘rgazmali vosita va tarqatma varaqlardan foydalanib borish;

-takrorlash va umumlashtirish davomida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari va malakalarini hisobga olish, ularni yodga tushirish usullarini qo‘llash;

-takrorlash va umumlashtirish davomida o‘quvchilar faolligini oshirib borish;

- umumlashtirish yakunida muayyan xulosalar chiqarish.

Aralash darslar vazifalari:

-yangi bilim hajmi, mavzu ustida ishlash bosqichlari, mustahkamlash mashqlar tizimi va o‘quvchilarnning bilim ko‘nikma, malakalarini tekshirish jarayoniga qat’iy tartibda rioya qilish;

-bosqichlar orasidagi bog‘lanisg, izchillikda uzilishig yo‘l qo‘ymaslik;

-shu mashg‘ulotning o‘zida muayyan o‘quvchilar guruhining bilimlarini tekshirib, baholashga ulgurish;

-mashg‘ulotlar davomida turli didaktik vositalardan foydalanish;

-mashg‘ulotlada o‘quvchilarning faolligiga erishish.

Xulosa


Bugun yurtimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Barcha sohaning rivoji inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Ta’lim sohasida ham diqqatga sazovor ulkan ishlar amalga oshirayotganligi biz yoshlarni ham kelajakda yanada o‘qib bilim olishlarimizga ulkan imkoniyatlar yaratilayotganligini anglatadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Tilda jamiyatning moddiy va ma’naviy boyligi o‘z ifodasini topadi. Til o‘rganish va til o‘rgatishning yangi metodlaridan foydalanish bugungi kunning talabidir.

-Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillika bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va adoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak, -deydi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. – Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimzni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.

Tilni o‘qitishda har bir darsning mazmunidan kelib chiqqan holda ona tilini o‘rgatishning zarur tiplarini qo‘llash bu har bir pedagogning ta’lim sohasi oldida turgan muhim vazifasidir. Tilni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yangi dars o‘tish metdolarini qo‘llash, o‘quvchilarni darsga qiziqtirish orqali o‘z vataniga sadoqatli qilib tarbiyalash har bir ona tili va adabiyot o’qituvchisining vazifasidir.

Ona tilini o‘rgatishda ona xalqqa muhabbatni singdirish, til o‘rgatish jarayonda tilda ham milliy qadriyatlar akas etganligi anglatish, Alisher Navoiy, Mahmud Koshg‘ariy kabi tilshunos olimlarning ishlari, asarlarini o‘rganishga qodir, ularni munosib avlodi bo‘lib yetishish har bir tilshunosning eng katta maqsadlaridan biri bo‘lishi jamiyatimizning rivojlaniga asos bo‘lishi shubhasizdir.




Yüklə 69,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin