tomonidan tubdan anglashilmaydi. Odatda ongsizlikning namoyon bo‘lishining to‘rt
turkumi psixologlar tomonidan tan olinib kelinmokda.
Mazkur hodisalarning psixologik tabiatini psixoanalitik pozitsiyasidan turib
tushuntirishga harakat qilgan Zigmund Freyd «ongsizlikning dinamik qisilishi»
terminini fanga olib kiradi. Z.Freyd, ongsizlik deb, ijtimoiy normalar talabi bilan
nizoli holat, qarama—qarshilik tufayli ongga kira olmagan, amalga oshmay qolgan
mayllar qisilish mexanizmi yordami bilan begonalashib
individ yanglish aytgan
so‘zida, gapda yanglishib ketishida, tush ko‘rishida va hokazolarda aks etishini
tushunadi. Ongsizlikning shunga o‘xshash tarzda namoyon bo‘lish xususiyati
shundan
iboratki, sub’ektning amalga oshmay qolgan mayllari psixoterapevtik
holatlar bilan sababiy bog‘liqligini anglashi
mazkur mayllar bilan shartlangan
kechinmalarning yo‘qolishiga olib kelmaydi (masalan, qo‘rquvning yo‘qolishiga),
chunki, anglanish sub’ekt tomonidan qandaydir u bilan yo’z bermayotgan, guyo
shaxsga aloqasiz, begona hodisa sifatida idrok qilinadi. Xulq—atvordagi ongsizlik
samaradorligi ularni keltirib chiqaruvchi hodisalar shaxsning boshqa odamlar bilan
hamkorlikda boshidan kechirishida (masalan, psixologik seans chog‘ida) yoki
guruhiy psixoterapiya davrida o‘zgalarda kechishida sodir bo‘lsa
individni
qoniqtiradi. Chet el psixologiyasida, eng avvalo Z.Freydning psixoanalizida va
uning izdoshlari qarashlarida ongsizlikning yo’zaga kelishini tor ma’noda, cheklanib
tushunish uning dinamik jabhalarini shaqllanishining bir tomonlama tahlil qilish
bilan shartlanganligidir. Chunki, ongsizlikning ijtimoiy — tarixiy shartlanganligi tan
olmaslik, ongsizlikning inson bilan borliqning o‘zaro ta’siridan
bevosita ajratib
olmaslik bir qator anglashilmovchiliklarga olib keladi, ularni differensiyalash orqali
shu kontekstdagina uning asl mohiyati,funksiyalari shaxs xulq — atvorida ochilishi
mumkin, xolos. Bunday cheklanishlar sobiq sovet psixologiyasida ustanovka
nazariyasida, psixologik hodisalar o‘rganishda faoliyatli
yondashuvda psixikani
dialektik materialistik tushunishdan kelib chiqqan holda anglashilmagan
motivlarning funksiyalari, tabiati, ma’no anglatuvchi ustanovkalar inson hayotida
shaxsiy ma’no kasb etuvchi g‘oyalarida bartaraf qilib borildi.
Dostları ilə paylaş: