O’quv-bilish faoliyatini rag’bat-lantirish metodlari. Bu metodlar jumlasiga bilish xarakteridagi o’yinlar, o’qishda muvaffaqiyatli vaziyatlar yaratish, mukofotlash metodi va boshqa metodlarni kiritish mumkin. O’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va o’quv predmetiga qiziqish uyg’otishning samarali metodla-ridan biri o’yin metodidir.

O`qitish metodlari deyilganda nimani tushuniladi?
O’qitish usullari ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan yo’llarni o’z ichiga oladi.
O`qitish metodlarni klassifikatsiyasi nechta, ularni nomini ayting?
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi. O’qitish metodlarining ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lganligi uchun, ularni bir nechta asoslarga ko’ra guruhlash mumkin:
O’qitish metodlarini ularning uzatish manbalari va axborotlarni qabul qilish xarakteriga ko’ra guruhlash (so’z vositasida o’qitish, ko’rgazmali va amaliy o’qitish metodlari) mumkin ( S.I.Petrovskiy, Ye.Ya.Golant).
Ta’limning mazkur bosqichida hal etilishi mumkin bo’lgan didaktik vazifalarga ko’ra guruhlash mumkin:
Bilimlarni egallash metodlari.
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.
Bilimlarni qo’llash metodlari.
Nazorat (bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish) metodlari
Boshlangich sinflarga qanday ogzaki o`qitish metodalari ishlatiladi?
So’z vositasida bayon etuvchi metodlar; ko’rgazmali metodlar; amaliy metodlar. Bu guruh metodlar materialni uzatish va qabul qilish aspektida qarab chiqiladi.