Induktsiya, deduktsiya va analogiya metodlarining moxiyati nimadan iborat?
O’quv materiallarining mazmuni harakat mantiqini, mexanizmini ochishga yordam beradi. Odatda, induktiv metodda xususiydan umumiylikka, dalillar, hodisalar tahlilidan umumiy xulosa chiqarishga qarab boriladi. Deduktiv metod - umumiylikdan xususiylikka, teorema, qonun, qoida, xulosalardan faktlar, narsa va hodisa, bevosita jarayonni o’ziga qarab borish usuli.
O`qitishning mustakil ishlari deyilganda nimani tushuniladi?
Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituvchining mustaqil ravishda yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala yechishga qaratilmog’i kerak. o‘quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish bajarish o‘qituvchiga yangi mavzuni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganligi, o‘quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to‘g‘risida ma’lumot beradi
Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba’zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan bog`liq bo’lgan qiyinchiliklarni yengadi. Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi.