15. “Ajurli arra” usuli. (Ajur fransuzcha “ajour” so‘zidan olingan bo‘lib, ikki tomoni ochiq, bir tomondan ikkinchi tomnga o‘tish manosini anglatadi). Bu usul topshiriq yoki matnning bir necha qismiga bo‘lib berilishi yordamida tashkil qilinishi lozimligini talab etadi. Eksprementlar belgilanadi. Har bir guruhda o‘quvchi topshiriqni avval o‘z guruhida, so‘ngra ekspremental guruhda o‘rganadi. O‘z guruhida bildirilgan fikrga qo‘shilmagan o‘quvchi,ikkinchi guruh fikriga qo‘shilsa, u o‘sha guruh tomonga o‘tib ularning fikriga qo‘shilishi mumkin . Bu usul yordamida talabalar pedagogik ma’lumotlarni egallashda hamkorlikda ishlaydilar va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotga ega bo‘ladilar.
16. “Videotopishmoq” usuli.So‘nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (kompuyuter, televidinya, radio,nusha ko‘chiruvchi qurulma,slayt,video va audio magnitafonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etishga alohida etibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muofiq foydalanish vazifasi turibdi . Videotopishmoq metodidan foydalanishda quydagi harakatlar amalga oshirilda:
-taxsil oluvchilar etiborida o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi bir necha videolavha namoyish etiladi.
17.“Yumaloqlangan qor o‘yini” usuli. Bu metod ham mavzuning muayyan qismlarida bo‘lgan xolda o‘zlashtirish imkonini beradi hamda taxsil oluvchilarda guruh hamda juftlikda ishlash ko‘nikmalarni shakllantirishga hizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-tasvirli kartochkalar tayyorlaniladi;
-ularning orqa tomonida mavzuni o‘zlashtirishga oid o‘n beshdan variantdan iborat topshiriqlar yoziladi;
-sinf taxsil oluvchilari ikki yoki uch guruhga bo‘linadilar(guruhlarni hosil qilishda tasvirli kartochkalardan foyadalaniladi)
-har bir guruh azolari bir necha juftlikga biriktiriladi;
-har bir juftlik bir variantdagi topshiriqni bajaradi;
-jarayon yakunida umumiy xulosalar chiqaradilar;
“Yumaloqlangan qor o‘yini” metodidan muayan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida fotdalanish nihoyatda qulay.