Mavzu: O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy rivojlanishi va shakllanishi Mavzu rejasi



Yüklə 28,72 Kb.
səhifə1/5
tarix13.06.2023
ölçüsü28,72 Kb.
#129545
  1   2   3   4   5
4-Ma\'ruza Pedagogika kasbiga kirish


Mavzu: O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy rivojlanishi va shakllanishi
Mavzu rejasi:
1 Pedagog kadrlarni kasbiy tayyorlash tizimi.
2 Uzluksiz pedagogik ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy tayyorgarligining maqsadi,vazigfalari,tarkibi va mazmuni.
3 O‘qituvchini o‘z-o‘zini tarbiyalash tushunchasi va uning shaxsini shakllantirishdagi roli.


Adabiyotlar:
1. Mavlonova R., Xoliqberdiev K., To‘rayeva O. Pedagogika. –T., 2003. 5-11;
2. Mavlonova R.A., Vohidova N.H., Raxmonqulova N.H.. Pedagogika nazariyasi va tarixi. –T.: Fan va texnologiyalar, 2010.
3. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. - Toshkent “Nodirabegim”. 2021.
4. Forobiy. Fozil odamlar shahari. – T.:, “A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashri”, 1993, 122-bet.
5. Beruniy. Tanlangan asarlar. 1 jild, – Toshkent, “Fan”, 1968, 106-bet.
6. Abul-Qosim Mahmud az-Zamahshariy. “Nozik iboralar”. – T.: “Kamalak”, 1992, 16-bet.
Tayanch so’zlar: Pedagoglik kasbi,shaxs,barkamola shaxs,ilg’or o’qituvchi, ijodkor o’qituvchi,faoliyat,ilm-fan,axloqiy tarbiya,diniy tarbiya,jismoniy tarbiya,
1. Pedagoglik kasbining vujudga kelishiga haqidagi ilk fikrlar.
Ta’lim va tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, uning rivojlanishi, yil­lar davomida shakllanib borishi ustoz va shogird faoliyatiga bog‘liq­ligining guvohi bo‘lamiz. Eng qadimgi davrlardayoq mudarrislar (o‘qi­tuvchilar) ta’lim va tarbiyaning samarali ta’sir usullarini qidirib topib, hayotga tatbiq eta boshlaganlar. Buning natijasida eramizdan oldin­gi davrlardayoq ta’lim-tarbiyaning samaradorligiga erishilishi uchun o‘qi­tuvchiga bo‘lgan talablar kuchayib bordi. O‘qituvchi maho­ratini tako­millashtirish yuzasidan turli g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshladi.
Miloddan avvalgi VII – VI asrlarda O‘rta Osiyoda ishlab chiqarish kuchlarining ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Turk va fors tilida so‘zlashuvchi xalqlar o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqalar yuzaga keldi. Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyor­lashda asrlar davomida qo‘llanib kelingan, yerli millatning o‘ziga xos urf – odati va an’analariga mos ravishda tatbiq etilgan ta’lim va tarbiya­ning noyob usul va vositalari, tadbir va shakllari vujudga kela boshladi. Hali maktab bo‘lmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq qabila a’zolari bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr-shafqat, insonparvarlik sifatlarini tarkib toptirish sohasida aql idrok bilan faoliyat olib borishgan. Ularning ta’lim-tarbiya usullari yillar davomida hayot tajribasi va sinovlaridan o‘tib, sayqallanib o‘sha davr­ning olijanob mevasi sifatida bizning davrimizgacha etib keldi.
VII asrlarga kelib O‘rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish bevosita ta’lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizg‘in faoliyati hamda ularga qo‘yiladigan talablarning nihoyatda rang-baran­g­ligi va xilma-xilligi bilan diqqatga sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta’lim va tarbiyasiga javobgar ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish, rag‘batlantirish, maqtash, namuna ko‘rsatish, tanbeh berish, ta’qiqlash, majbur qilish, po‘pisa qilish, qo‘rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Biroq mudar­rislarning o‘zi bolaga ta’lim-tarbiya berish uchun mukammal amaliy va nazariy bilimga ega bo‘lishi kerak edi. Shu sababli mudarrislar savodli madrasa toliblari orasidan tanlangan va ma’lum muddat tayyorgarlikdan o‘tishgan.
Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy va “o‘tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo‘lgan” (Yu.A.Rappoport) zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan. “Avesto”da ta’kidla­nadiki, bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi bo‘lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni o‘rganish asosida bilim olishi kerak, so‘ngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin. Kohin muallimlari oqsoqollar Kengashi tomo­nidan tanlanib, qat’iy belgilangan qoidalar asosida yoshlarga ta’lim va tarbiya berishgan. “Avesto”da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:
a) diniy va axloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya;
v) o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan muallimlar bolalarni yetti yoshidan boshlab, diniy tarbiyaga asoslangan maktablarga jalb qilishgan. Maktab­larda “muqaddas yashil ko‘ylak” kiydirish marosimi o‘tkazilgach, kohin muallimlar bolalarni “Avesto”da keltirilgan madadkor kuchlarni ulug‘­lovchi ezgulik va yaxshilik ma’budasiga sig‘intirishgan. Duolar quyidagi so‘zlar bilan boshlangan: “Men zardushtiylik diniga sodiq qolishga va’da beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi so‘zlar, yaxshi amallarga isho­naman...”. Marosimdan so‘ng muallimlar bolalarga sovg‘alar ula­shish­­gan. Muallimlar mashg‘ulotlar jarayonida bolalarga nisbatan jis­moniy jazodan ko‘ra ko‘proq o‘z diniga ishonch va e’tiqodni, dunyodagi barcha yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, ilohiy Axuramazdaga sig‘inishni, odamlar boshiga yovuzlik va yomonliklarni yog‘diruvchi Axrimandan esa nafratlanish hissini tarbiyalar edilar. Bolalarning sog‘­lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi bilan birga o‘z dinining barcha rasm-rusumlarini to‘liq bajarishiga, o‘rganilayotgan fanlarni puxta bilishiga, axloqiy pokligiga, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, saxovat­lilik kabi fazilat­larni egallashiga kohin muallimlari javobgar edilar. “Avesto”da er, suv va havo muqaddas deb e’lon qilinib, muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish bilan jazolanardi. Tabiatni asrash, uni obod qilish yoshlik davrlaridanoq ular ongiga singdirilgan. Zardushtiylik dini ta’limotida ilgari surilgan umum­insoniy qadriyatlar majmuasi ezgulik va yaxshilik, jaholat va yomonlik, ta’lim va tarbiya haqidagi g‘oyalari bilan ulkan pedagogik ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. Bunda tarbiyachi muallimlarning o‘z kasbiga sadoqatini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Zardushtiylik dinida iymon uchta tayanch­ga asoslanadi: fikrning sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniy­ligi. Muallimlar ta’lim va tarbiyada yoshlar ongiga “bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo–sotiq va shart­nomalarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldam­chilik va xiyonatdan xoli bo‘lish, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuz­likni qalbdan chiqarib tashlash, iymon–e’tiqodli bo‘lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so‘z va yaxshi amallarga qo‘l urish” kabi insoniy tuyg‘ularni singdirish uchun qizg‘in mehnat qilganlar. Xullas, “Avesto” dunyodagi eng qadimgi din – zardushtiylik ta’limotining axloqiy falsafasi sifatida e’tirof etiladi.



Yüklə 28,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin