Mavzu: O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy rivojlanishi va shakllanishi Mavzu rejasi


Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy



Yüklə 28,72 Kb.
səhifə4/5
tarix13.06.2023
ölçüsü28,72 Kb.
#129545
1   2   3   4   5
4-Ma\'ruza Pedagogika kasbiga kirish

Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy (1440-1505) “Futuv­vat­no­mai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarida ustoz-shogird muno­sa­batlariga keng to‘xtalgan. U muallimlarning shogirdlariga beradigan har bir o‘gitini qadrlaydi. “Maraka joylarida” (dars–ma’ruza o‘qiladigan joy) shogirdlar muallimning har bir so‘zini e’tibor bilan tinglashini va unga amal qilishini ta’kidlaydi. Jumladan, alloma shunday yozadi: “Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi, deb so‘rasalar, irodat ustiga, deb javob bergin. Agar irodat nima deb so‘rasalar, samo va toatdir, deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so‘ra­salar nimani ustoz aytsa, uni jon qulog‘i bilan eshitish, chin ko‘ngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalga ado etishdir deb ayt”. Husayn Koshifiy asarida shogirdlikning 8 ta odobini ko‘rsatib o‘tadi:

  • birinchi bo‘lib salom berish;

  • ustozning oldida kam gapirish;

  • boshni oldinga egib turish;

  • ko‘zni har tomonga yugurtirmaslik;

  • gap so‘ramoqchi bo‘lsa, avval ustozdan ijozat so‘rash;

  • ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik;

  • ustoz oldida boshqalarni g‘iybat qilmaslik;

  • o‘tirib turishda hurmat saqlash.

Husayn Koshifiy ustozlik shartlarini ham bayon qiladi: “Bilgilkim hech bir ish ustozsiz amalga oshmaydi va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi mustahkam bo‘lmaydi. Kimki, ustozsiz ish boshla­gan bo‘lsa, ishi va amali samara qozonmaydi, ustozning etagini tutib shod bo‘l, bir muddat ustozga xizmat qilginda, so‘ngra o‘zing ustoz bo‘l. ...Agar ustoz tarbiyasini olgan komil inson kim deb so‘rasalar, u pok mazhabli o‘z aybini ko‘radigan, dono va tamizli kishidir deb aytgil. Unda hasad, gina va baxillikdan asar bo‘lmaydi”.
Husayn Koshifiy bola tarbiyasida maktab va muallimniig alohida roli borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo‘lishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar to‘g‘risida yana bir asari «Axloqi Muhsiniy»da shunday yozadi: «Murabbiy (bolaga) nasihat va ta’lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida unga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga gapirish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe’l bo‘lish maqsadga muvofiqdir».
Sharq allomalari adabiy meroslarida ta’kidlangan, o‘qituvchilar haqida bildirilgan dono fikrlarni yoshidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilar bilishlari va ularga qat’iy amal qilishlari maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 28,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin