Elektron o‘quv-metodik majmualarni yaratishda uning ayrim muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratish zarur. Bugungi kunda EO‘MM mazmuni albatta yangi avlod talablariga muvofiq kelishi, shuningdek, bilimlar sohasida zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot darajasiga javob berishi shart. Elektron o‘quv-metodik ta’minoti tuzilmasi ikki mantiqiy o‘zaro aloqador elementlar yoki modullardan iborat bo‘lishi shart. Alohida modulni ishlab chiqish yoki ko‘rib chiqishda ular turli xususiy masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan xususiyatga ega bo‘lsada, umumiy maqsadli alohida elektron o‘quv material mazmunida ochilishi shart. O‘MT interfeysi shunday tashkil etiladiki, u qat’iy ifodali ko‘rinishga ega bo‘lishi, ko‘rgazmali vositalar paneli foydalanuvchi uchun ishlash texnologiyasini o‘zlashtirishda sodda bo‘lishi shart.