Oliy ta’lim muassasalari asosiy axborot resurslarini turli fanlarni o‘rganishga oid elektron o‘quv-metodik ta’minot (O‘MT) tashkil etadi. O‘MT deyarli barcha axborotli materiallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda hozirgi kunda talab etiladigan zarur interaktivlik, ko‘rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va ularni ko‘paytirishda kam xarajat sarflash, ko‘p variantlilik, ko‘p bosqichlilik hamda tekshirish uchun topshiriqlar va testlar hajmining ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi. Zamonaviy elektron o‘quv-metodik ta’minotlarining afzalligi, avvalo, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat.