Mavzu: O’quv motivatsiyasi


Mavzu: Turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyatlari



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə3/7
tarix13.12.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#175379
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu

Mavzu: Turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyatlari

Reja:

  • Psixik rivojlanish sharoitlari va uni harakatga keltiruvchi kuchlar.
  • Bolalalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari.
  • Balog’at yoshdagilar tarbiyasining psixologik jihatlari.

Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida Yosh davrlari psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. psixik rivojlanish, Yosh davrlari psixologiyasi shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va yetuklik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazilganligiga qaramay bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlasnihi xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan. Yosh davrlari psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun ma’suliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.

Bolaning ona qornida o‘sish davri onaning organizmiga uzviy bog‘liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari -ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o‘zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi. Chaqaloqning tug‘ilishi sifat o‘zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko‘rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. SHuning uchun tug‘ilish tabiatning chaqaloq organizmiga kuchli, larzaga keltiruvchi mo‘jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan quzg‘ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo‘lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg‘ak organizmida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi, unda yangi sharoitlarga ko‘nikish davri kurashlar ostida o‘tadi.

  • Bolaning ona qornida o‘sish davri onaning organizmiga uzviy bog‘liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari -ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o‘zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi. Chaqaloqning tug‘ilishi sifat o‘zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko‘rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. SHuning uchun tug‘ilish tabiatning chaqaloq organizmiga kuchli, larzaga keltiruvchi mo‘jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan quzg‘ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo‘lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg‘ak organizmida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi, unda yangi sharoitlarga ko‘nikish davri kurashlar ostida o‘tadi.

Chaqaloqlik davri insonning kamol topishida xulq-atvorning tug‘ma-instinktiv ko‘rinishlari: nafas olish, ovqatlanish, haroratdan ta’sirlanish va hokazolar sof holda namoyon bo‘lishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur organik (moddiy) ehtiyojlar chaqaloq uchun psixik o‘sishning negizi vazifasini o‘tay olmaydi, ammo ular birgalikda uning yashashini ta’minlaydi. Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, qator tug‘ma reflekslar bolaning o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmasa ham, uning tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ishtirok qiladi. Bularga ativistik belgilar, tirmashish, sudralish, emaklash kabi nasliy reflekslar kiradi va ayrim reflekslar (tirmashish, chang solish) borgan sari susayib boradi. Chaqaloqqa ushlash, o‘zini tutish reflekslarining paydo bo‘lishi unga fazoda to‘g‘ri harakat qilishga imkon yaratadi. Tom ma’nodagi sudralish – bolaning narsalarga qo‘l cho‘zishidan boshlab, oldinga intilishida ko‘rinadi. Bu jarayon keyinchalik yanada taraqqiy eta boshlaydi. Tug‘ilishga yaqin chaqaloqqa quloq va ko‘z mexanizmlari o‘z vazifasini o‘tashga tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, unda qator himoya va orientir reflekslari (o‘ta yorug‘likka qarash natijasida ko‘zni pirpiratish. boshini olib qochish, burish, kuchli tovushdan cho‘chish kabilar) ham mavjud bo‘ladi. Ammo chaqalokda "ko‘rish" va "eshitish" apparatlari orqali o‘z diqqatini biror ob’ektga to‘plash imkoni bo‘lmaydi. CHunki ob’ektni tanish, tovushni ajratish, sezish imkoniyati bolada keyinchalik vujudga keladi. CHaqaloq uchun tug‘ma mexanizmlar yangi sharoitga moslashish (ko‘nikish) uchun kifoya qilmaydi. SHu boisdan uni parvarishlashda qo‘shimcha tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanmasa, chaqaloq o‘sishdan orqada qolishi mumkin.
Go‘dakning hayotiy faoliyati va takdiri uni qurshagan, parvarishlaydigan katta yoshdagilarga bevosita bog‘liq bo‘lib, uning barcha ehtiyoj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Psixologik iboralar bilan aytsak, kattalar bolaning fazodagi o‘rnini uzluksiz o‘zgartirishi, almashtirishi natijasida unda ko‘rish, eshitish, teri-tuyush, haroratni sezish, ta’m bilish kabi sezgilar rivojlanadi (takomillashadi). Kattalar tomonidan go‘dak uchun yaratilgan ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar uning o‘sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini o‘taydi. Atrof-muhitning xususiyat va xossalarini kattalar go‘dakning psixik dunyosiga singdiradilar Go‘daklik davri bolaning tug‘ilganidan bir yoshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada etilgan nerv tizimi bilan tug‘iladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovkatta, issik yoki sovukka) kondirishga nisbatan yunaltirilgan xatti-harakatlarning tugma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti-harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun bekiyos imkoniyatlarning borligi go‘daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir. Agar organik ehtiyojlar etarli darajada kondirib borilsa, ular o‘zlarining asosiy bo‘lish ahamiyatini yukotadi: to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan taassurotlarga, harakatta, muloqotga nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga keladi. Bola tugilishining birinchi xaftasidanok uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal sur’atda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi.
Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi - muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. 1-3 yoshdagi bola shakllanishida psixik rivojlanishning o‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to etuklik davrigacha bo‘lgan psixik rivojlanishiining taxminan o‘rtalari, 3 yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bula oladi va sodda axloq koidalariga amal qila boshladilar. Kattalar bilan bo‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va o‘zini o‘zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Ilk davridagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni o‘rganish hisoblanadi.
Go‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan karaydilar. Agar, go‘dak bola kuliga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet kismlarini diqqat bilan o‘rganganidan sunggina, o‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga “Bu nima?” degan savol bilan murojaat qiladilar. 3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini tula o‘zlashtirgan bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib kolmay, balki ularni o‘z vazifalariga ko‘ra ishlatadilar xam. Bolaning nutqi u 1,5 yoshga qadar etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi.
Rivojlanishda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga (3-4 yosh) kichik maktabgacha davri (4-5 yosh) kichik bog‘cha yoshi o‘rta maktabgacha davr (o‘rta, bog‘cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshilarga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar odamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilish davridir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Bog‘cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham etmaydigan, haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, rostakam otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar berish lozim, rangli kiyimlar berish, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning turli narsalarni idrok qilishida ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini: 1. Suratning mazmunini (syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga; 2. Suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga; 3. Tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak. Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir.
Hozirgi davrda o‘smirlarni voyaga etkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘smirlarni kamol toptirishda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash shaxslararo munosabatda anglashshtmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o‘rtasida iliq psixologik muhitni yaratadi. Turg‘unlik yillaridagi so‘z bilan ishning «nomuvofiqligi», axloq tarbiyasidagi qo‘pol xatolar o‘smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, shaxsni shakllantirishni insonparvarlashtirish harakati boshlangan hozirgi kunda o‘smirlar taqdiri masalasi ham g‘oyat jiddiy tus oldi. O‘smirlik davri taqlidchanligi, muqim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. SHuniig uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il-qizlarga alohida e’tibor berish zarur. O‘smirlar muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: 1) fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san’at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarayotgani; 2) ommaviy axborot tizimining kengayishi tufayli o‘smirlar ongliligi darajasining ko‘tarilgani; 3) o‘g‘il va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan, tarixdan etarli darajada xabardorligi; 4) ularning jismoniy va aqiiy kamoloti jadallashgani; 5) o‘smirlar bilan ishlashda g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga alohida yondashish zarurligi; 6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chukur kirib borayotgani; 7) o‘quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o‘zini o‘zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.
O‘smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko‘chish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. SHuning uchun shaxslararo munosabatda o‘quvchi bilan o‘qituvchining muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar vujudga keladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. O‘qituvchining yangi mavzuni batafsil tushuntirishi, darslar ma’ruza shaklida olib borilishi o‘quvchilarni zeriktiradi, ularda o‘qishga loqaydlik tug‘iladi. Ilgari o‘quv materialini ma’nosiga tushunmay yodlab olishga odatlangan o‘smir endi zarur o‘rinlarni mantiqiy xotira va tafakkurga suyangan holda o‘zlashtirishga harakat qiladi, o‘zlashtirilgan bilimlarni talab qilinganda o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida anglashilmovchilik paydo bo‘ladi, tahsil oluvchi unga qarshilik ko‘rsata boshlaydi. Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. Kattalarning yo‘l-yo‘riqlariga, talablariga muloyimlik bilan javob qaytarib yurgan o‘smir ularga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. Uning fikricha, kattalarning talablari, ko‘rsatmalari mantiqan ixcham, dalillarga asoslangan, etarli ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ega bo‘lishi kerak. O‘smirda shaxsiy nuqtai nazarning vujudga kelishi sababli u kattalarning, o‘qituvchining qayg‘urishi, koyishiga qaramay, o‘zining fikrini o‘tkazishga harakat qiladi.
O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. O‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish koidalari - «Qanday qilib to‘g‘ri yozish kerak?», «qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?» kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq koidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. O‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so‘zlarni tanlashga harakat qiladi. nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq ham ogzaki, ham yozma mavjud bo‘lishi bilan ham kuchli vosita hisoblanadi.

Mavzu: Tarbiya psixologiyasi: maqsadi, vositalari va metodlari.

Reja:

  • Tarbiyaviy ish uslublari va formalarining psixologik asoslari.
  • Jamoa va uning tarbiyaviy tasiri. Oilada va maktabda o’quvchi shaxsini tarkib toptirish ominlari.
  • Mehnat tarbiyaviy tasirining psixologik asoslari.

Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, omaviy informatsiya va tashviqot-targ’ibot vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi.

  • Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, omaviy informatsiya va tashviqot-targ’ibot vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi.

Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol o’ynaydi.

  • Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol o’ynaydi.

Ko’pgina rivojlangan demokratik mamlakatlarda davlat tarbiya muassasalarining keng tarmog’i yaratilgan bo’lib, ularda tarbiyaviy ish maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar tomonidan rejali va tizimlik ravishda olib boriladi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar tarbiyasida maktab yoshidagi bolalar muassasalari muhim rol o’ynaydi. O’quv tarbiyasi muassasalari ichida maktab alohida o’rin egallaydi. Bolalar va o’smirlarni tarbiyalashda maktabdan tashqi muasasalar maktab bilan birga ish olib boradi.

  • Ko’pgina rivojlangan demokratik mamlakatlarda davlat tarbiya muassasalarining keng tarmog’i yaratilgan bo’lib, ularda tarbiyaviy ish maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar tomonidan rejali va tizimlik ravishda olib boriladi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar tarbiyasida maktab yoshidagi bolalar muassasalari muhim rol o’ynaydi. O’quv tarbiyasi muassasalari ichida maktab alohida o’rin egallaydi. Bolalar va o’smirlarni tarbiyalashda maktabdan tashqi muasasalar maktab bilan birga ish olib boradi.

Oila tarbiyasi – oilada ota-onalar, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy kuch oilaviy tartib, ya’ni oila a’zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va boshqa katta kishilarning xulq atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila byudjeti, yashash sharoiti va harakati. Oila qanchalik tartibli, uni a’zolari o’rtasidagi munosabat samimiy bo’lsa, oila tarbiyasi bolaning shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi bolaning ilk go’daklik davridan boshlanadi.
Oilada uning sog’lig’i, jismoniy kamoloti, to’g’ri ovqatlanishi, uxlash rejimi, ozodalik va shu kabilarga ahamiyat beriladi. Bolada yoshlikda boshqalarga taqlid etishi kuchli bo’lganligi sababli oiladagi kattalarning nojoya xatti-harak qilishliriga yo’l qoymaslik lozim.
O’quvchi faqat jamoada va jamoa ta'siri ostida jamoa o’zaro birdamlik munosabatlar tajribasini, ijtimoiy yo’nalishni tarakkiy etirish, shaxs va jamiyat o’rtasidagi to’g’ri munosabatlar tajribasini egallaydi. Jamoadan tashqaridabunday sifatlarni umuman tarbiyalab bo’lmaydi.
Jamoa o’z a'zolariga ta'sir ko’rsatadi, ulardan muayyan xulq-atvorni talab etadi. Jamoaning soglom va obro’li jamoatchilik fikri kuchi nihoyatda kattadir. Jamoaning ma'qo’llashi yoki koralashi, jamoaning soglom ta'nkidi, o’z a'zolari oldiga qo’yadigan ta'sirli va jiddiy talablari shaxsni tarkib toptiruvchi, nazorat qiluvchi va to’zatuvchi muhim omildir.
Jamoaning jipslashuvi o’quvchilar uchun ular faoliyatiga ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan qiziqarli faoliyat turini tanlab olishga, hamda o’zaro rahbarlik qilish va buysinishning qiziqarli tizimsini tashkil etishga imkon beradi. Jamoaning tashkil topishi va jipslashuvi odatda faolni tashkil etish hamda jipslashtirishdan va uning obro’yini mustahkamlashdan boshlanadi.
O’z ijtimoiy burchlarini vijdonan bajarish, yuksak tamoyiliallik, jamoamizni chuqur xis etish – o’quvchini obro’li qiladi va unga o’z urtoklariga ta'sir ko’rsatish, ularga vazifalar va burslarga bo’lgan o’z munosabatlarini yuqtirish imkonini beradi.
Mehnatning tarbiyaviy ta'siri to’g’risida yuqorida to’xtalib utilgan edi. Bu bulimda biz mehnatga tarbiya vositasiga vositasi va kishisi shaxsini tarkib toptirishining asosiy yo’llaridan biridir. Sifatida umumiy xarakteristika berishga harakat qilamiz. A.S.Makorenko bu fikrni aniq va rovshan formada quyidagicha qilib ifodalab bergan edi: «To’g’ri tarbiyasini mehnat vositasiz tarbiyalish sifatida tasavvur etib bo’lmaydi… Shuning uchun tarbiyaviy ishda ham mehnat eng asosiy elementlardan biri bo’lishi kerak».
Maktabdagi mehnat tarbiyasi tajribasi, pedagogik psixologik tadqiqotlarga doir matiriallar mehnatni haqiqatdan ham tarbiya omiliga aylantiradigan quyidagi sharoitlarni ifodalab berish imkonini yaratadi.
1.O’quvchilar mehnati ijtimoiy foydali mehnat bo’lishi kerak. O’quvchi o’z mehnatining muayyan ijtimoiy kimatga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, kishilarga, jamoaga, jamiyatga foyda keltirishni anglab olishi lozim.
2.Muayyan ijtimoiy kimatga ega bo’lgan foydali maxsulot mehnat natijasi bo’lishi, o’quvchi o’z mehnatining real samaralarini yakkot va aniq ko’rishi lozim.
Tarbiyachi qator individual – psixologik xsusiyatlarga ega bo’lib. Taraqqiy etib borayotgan konkret shaxs bilan shug’illanadi. Bir o’quvchiga nisbatan muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan tarbiyaviy tadbirlarni boka o’quvchiga nisbatan qo’llagan vaqtda kutilgan samarani bermasligi ham xuddi ana shu bilan izzohlanadi. Shuning uchun umumiy tarbiyaviy tadbirlar individual yondoshish bilan tuldirilishi lozim. Individual yondoshish va jamoada jamoa orqali tarbiyalash bir-biriga zit bo’lmaydi. Individual yondoshish – bu «kush pedagogik» yakka, individual tarbiya emas, shu bilan birga « har bir tarbiyalanuvchi bilan va aloxida shugullanish» emas(A.S.Makarenko).
Individual yondoshishda tarbiyachining o’quvchilarga nisbatan g’amxorligi va nazokati, o’z xatti-harakatlarining psixologik oqibatlarini oldindan ko’ra olishi nazarda tutilgan. Individual yondoshish o’quvchi shaxsining xsusiyatlariga va uning muayyan vaqtdagi psixik holatiga ko’proq mos keladigan tarbiyaviy tadbirlarning tanlashni va amalga oshirishni talab etadi. Ana shunda bku tadbirlar maksimal darajada Samara beradi.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin