Diqqatning fiziologik va neyrofiziologik mexanizmlari.
Diqqatning samaradorligini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
О‘quvchilarning mustaqil jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.
Diqqat
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Diqqat muayyan obyektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir. His-tuyg‘ular va emotsional holatlar diqqatning obyekti bilan uzviy bog‘langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. His-tuyg‘ular, emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko‘tarinki tarzda namoyon bo‘lsa, demak diqqat ham shunchalik obyektga mustahkam qaratiladi. Hislar, emotsiyalar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo‘raytiradi. Insonning amaliy va aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilikni payqash hissi odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktivlashtiradi), shu bilan birga, diqqatning obyektga uzoqroq to‘planishini ta’minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta’sir etadi. Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga salbiy ta’sir etib, uning tashqi ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo‘yadi. Ana shuning oqibatida diqqat chalg‘iydi, bo‘linadi, parishonlik namoyon bo‘ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi.
Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir.