Bosqichla r vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
O’quvchi
|
1-bosqich
Kirish
(10 min.)
|
1.1.Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi
|
1.1.Eshitadi, yozib oladi
|
2bosqich. Asosiy
(20 min.)
|
2.1. O’quvchilarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tеzkor savol-javoblar o’tkazadi.
Ilk yozuvlardan qayerda foydalanilgan?
Hozirgi kunda chizmalar uchun qanday shriftli standartlar mavjud?
2.2. O’qituvchi vizual matеriallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi.
Shriftlar haqida ma’lumot berish.
Chizma shriftlari standartlari haqida tushuncha berish.
2.3. O’quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishni va yozib olishni ta’kidlaydi.
|
2.1. Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh bеradi.
O’ylaydi, javob bеradi va to’g’ri javobni eshitadi.
2.2. Chizmalar va jadvallar bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.
2.3. Eslab qoladi.
qoidalar va ta’riflarni yozib olib ularga misollar kеltiradi.
|
3-bosqich
Yakuniy
(15 min.)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi. 3.2. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi.
|
3.1. Eshitadi, o’z fikrlariga aniqlik kiritadi. 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|