2 3 .
Fibrolit — plitalar ko‘rinishidagi issiqlik izolatsiya va issiqlik
izolatsiya-konstruktiv material bo‘lib, yog‘och shersti (lentasimon
yog‘och qirindisi) va mineral bog‘lovchi moddadan tashkil topgan.
Bog‘lovchi modda turiga ko‘ra, fibroht quyidagicha: sementli —
portlandsement ishlatilganda va magneziyali — magnezial sement
ishlatilgandagi turlarga bo‘linadi. Sementli va magneziyali fibrolitlar ularning bir xil tuzilishi bilan tushuntiriladigan ayrim umumiy xususiyatlarga ega. Ammoular orasida farqlar ham bor, bu farqlar ulami tayyorlash uchunishlatilgan boglovchi moddalar xususiyatlari bilan aniqlanadi. Sementli fibrolit magneziyali fibrolitga qaraganda kengroq tarqalgan.
FIBROLIT Turlari va xususiyatlari 5 Fibrolit, qo‘llash maqsadiga ko‘ra, quyidagilarga bo‘linadi: — issiqlik izolatsiya — bino qismlarining issiqlik izolatsiyasi uchun ishlatiladi; — issiqlik izolatsiya-konstruktiv — issiqlikdan himoyalash xu- susiyatlaridan tashqari, katta mustahkamlikka ega, shu sababli ularni devorlar, to‘siqlar, orayopmalar qurishda ishlatish mum kin; —akustik — tovush yutuvchi material sifatida ishlatiladi. Fibrolit uzunligi 1500, 2000 va 2400 mm, eni 500 va 750 mm, qalinligi 2-5, 50,75 va 100 mm bo'lgan plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. 6 7 Sementli fibrolitning asosiy xususiyatlari jadvalda kel-tirilgan. Jadvalda ko‘rsatilgan mustahkamlik va issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari materiallarning quruq holatiga tegishlidir. Sementli fibrolit namligi 20% dan oshmasligi kerak.Magnezial fibrolitning asosiy xususiyatlari ko‘rsatkichlari sementli fibrolitnikiga taxminan o‘xshash. 8 300 va 350 markali plitalar, odatda, issiqlik izolatsiya fibrolit
ga, 400 va 500 markali plitalar esa issiqlik izolatsiya-konstruktiv
fibrolitga tegishlidir.
Fibrolit o‘zaro tutashgan g‘ovakli yirik g‘ovak tuzilishga ega,
bu esa uning bir qator xususiyatlarini, xususan, katta havo o‘tka-
zuvchanlik va yaxshi tovush yutishlik xususiyatlarini belgilaydi.