9 Fibrolitdagi yog‘och shersti armatura karkas rolini bajaradi. 0 ‘zining elastikligi va bukiluvchanligiga ko‘ra, u plitalarda xarak- terli tolasimon tuzilishni, g‘ovaklik va mustahkamlikni ta’minlaydi. Fibrolit xususiyatlari va uzoq saqlanishi yog‘och shersti sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Sementli fibrolitning suv shimuvchanligi 40—60% dir. Hajmiy og‘irlik va sement sarfi pasayishi bilan suv shimuvchanlik oshadi. Fibrolitning suvga chidamliligi yetarli emas: magnezial fibrolitda u kamroq, chunki magnezial tuzlar yuqori gigroskopiklikka ega. Shuning uchun, fibrolitni saqlashda va konstruksiyalarda nam- likdan himoya qilish kerak. 10 11 Fibrolit 35% dan yuqori namlikda uyzamburug'i bilan shikastlanadi. Fibrolit ochiq alanga bo‘lib yonmaydi, lekin tutaydi. Yong‘in o'chiruvchilar me’yori bilan mos ravishda, yonuvchanlik darajasi bo‘yicha fibrolit qiyin yonuvchiqurilish materialiga kiradi. Fibrolitli konstruksiyalaring yong‘inga chidamliligi hajmiy og‘irligiga bog‘liq: hajmiy og‘irlik qanchalik katta bo‘lsa, yong‘inga chidamlilik chegarasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Magneziyali fibrolit sementli fibrolitga qaraganda kamyonuvchanlikka ega, chunki magnezial fibrolitda yog‘och shersti xlorli magniy aralashmasi bilan to‘yintiriladi, u esa yong‘indan yaxshi himoyalaydi. 12 13 Akustik fibrolit tashqi ko‘rinishi bo‘yicha yog‘och shersti o‘lchami bilan farqlanadi: u qalin, lekin ensizroq. Akustik fib- rolitning hajmiy og‘irligi 350—400 kg/m3. Plitalar qalinligi 25— 35 mm bo‘ladi. Fibrolitning tovush yutish koeffitsiyenti uning hajmiy og‘irligi va qalinligi, hamda xonaning to‘siqli konstruksiyalariga mustahkamlash usuli bilan aniqlanadi. Tovushning 1000 Hz chastotasida tovush yutish koeffitsiyenti 0,5—0,7 ga yetadi. Fibrolit mexanik qayta ishlovga yengil beriladi: uni arralash,