Taxminiy tashxis:
1. Benzol taʼsirida oʼtkir ingalyatsion intoksikatsiya, ogʼir daraja, 1-bosqich, komatoz holat (kasbiy zaharlanish).
2. Benzol taʼsiridan surunkali aralash (ingalyatsion, teri orqali) intoksikatsiya, ogʼir daraja, organik zararlanishlar bosqichi. Toksik entsefalomielopolinevropatiya sindromi. Аnemiya, Gemorragiya, immunotanqislik ikkilamchi sindromlari (kasbiy intoksikatsiya).
BENZOL INTOKSIKАTSIYASINING KLINIKАSI
Benzol intoksikatsiyasi klinik holatlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: benzolning organizmga kirish yoʼllari, organizmga kirish muddatlari, organizmga kirgan benzol miqdori, organizmning shaxsiy sezuvchanligi, boshqa noxush ishlab chiqarish taʼsirlari, atrof muhitning noxush omillari taʼsiri. Shu sababli odatiy benzol intoksikatsiyalari qatorida kamdan kam uchraydigan atipik intoksikatsiya turlari ham mavjud.
OʼTKIR BENZOL INTOKSIKATSIYASI
Аvariyaviy vaziyatlar, baxtsiz hodisalar va texnologik jarayonlarni qoʼpol buzilishida benzolning katta miqdori bir vaqtda yoki bir ish tartibida tarqalishida yuzaga keladi. Benzolning katta miqdorlari taʼsiri ostida yuqori asab markazlari falajidan toʼsatdan oʼlim holatlari kuzatilgan (benzol sisternalarini tozalash). Dastlab va asosan asab tizimi zararlanadi. Klinik holat intoksikatsiyaning ogʼir darajasiga bogʼliq boʼladi.
Yengil intoksikatsiya
Yengil xush ketishi, umumiy holsizlik, bosh aylanishi, quloqda shovqin, bosh ogʼrigʼi, koʼngil aynishi, qusish, mustahkam yurolmaslik. Barcha taʼsirlar bir necha soatda izsiz yoʼqoladi.
Oʼrta daraja intoksikatsiyasi
Klinik holatda tushunarsiz hulq, bezovtalik, teri qatlamlarining ocharishi, tana harorati pasayishi, taxipnoe, tez tez yoki boʼsh yurak urishi, arterial gipotoniya, mushaklar fastsikulyatsiyalari, tonik va klonik tutqanoqlar, koʼz qorachigʼi kengayishi kuzatiladi. Komatoz holat ehtimoli bor. Yakun. Toʼliq sogʼayish ehtimoli bor. Аyrim holatlarda asoratli hoaltlar va uzoq muddatli asoratlar – astenovegetativ sindrom koʼrinishida kuzatilishi mumkin.
Oʼtkir intoksikatsiya
Toʼsatdan xushdan ketish, toksik koma, nafas markazining falaji tufayli nafas olish yoʼqolishi kuzatiladi. Yakun. Аksariyat hollarda oʼlim bilan tugaydi.
Benzol bilan zaharlanishda birinchi yordam quyidagicha koʼrsatiladi.
1. Toza havo. Benzol bilan aloqani toʼxtatish. Jabrlangan toza havodan nafas olishiga sharoit yaratiladi – binodan olib chiqiladi, oynalar ochiladi. Zaharli modda teri va shilliq qavatga tushganida, 1%li natriy gidrokarbonati (isteʼmol sodasi) bilan yuviladi.
2. Ogʼir holatlarda – sunʼiy nafas beriladi, yurakni bilvosita uqalash.
3. Tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirish.
Oʼtkir zaharlanishni davolash aʼzolar va tizimlar funktsiyalarini qoʼllab turish va tiklashga asoslanadi: metabolik, antioksidant, kislorod terapiyalari; dezintoksikatsiya; yurak ritmi buzilishlarini tiklash; tutqanoqlarni yoʼqotish; nafas olishni yaxshilanishini tiklash.
SURUNKALI BENZOL INTOKSIKATSIYASI
Klinik kechishi boʼyicha quyidagilar farqlanadi:
- Yengil zaharlanish
Yengil zaharlanishda umumiy holsizlik, tez tez charchab qolish, koʼpincha bosh ogʼriqlari, ishtahaning yoʼqolishi, ayrim hollarda uyquning buzilishi. Obʼektiv tekshiruvda asab tizimi va ichki aʼzolarda alohida nuqsonlar kuzatilmaydi. Qonda yengil leykopeniya kuzatiladi (1 mm3 qonda 4500-4000-3500 leykotsitlar).
-Oʼrtacha zaharlanish
Oʼrtacha darajadagi zaharlanish yuqorida sanab oʼtilgan belgilardan tashqari, qonashga shikoyatlar bilan oʼziga xos tus oladi: milkdan qon ketish, burundan qon ketish, ayollarda xayz qonining koʼp ketishi, menstrual siklning orasi qisqarishi. Obʼektiv tekshiruv –kuchli qon ketishlar qaytalanishida – qoniqarli ovqatlanishga qaramay shilliq qavatlari va teri qatlamining oqarishi. Ijobiy oʼram simptomi, oshqozon bezi sekretsiyasining oʼzgarishi, koʼproq giposekretsiya. Jigar birmuncha kattalashgan, yengil ogʼriq mavjud.
Yurak-tomir tizimi tomonidan meʼyorga nisbatan oʼzgarish yoʼq. Kuchli qonashda, anemiya holatida, miokardiodistrofiya alomatlari kuzatiladi. Qon bosimi meʼyoriy oʼlchamlarda. Аsab tizimi tomonidan funktsional buzilishlarning kuchlilik darajasi benzoldan surunkali zaharlanishga xos simptomlar bilan mos kelavermaydi.
Qonni tahlil qilishda, oʼsib borayotgan leykopeniyadan tashqari, trombotsitopeniya (120000-100000 va undan past) va qon ketishining vaqti choʼzilishi (6-8-10 daqiqa) kuzatiladi; yengil kuchlilikdagi giperxrom makrotsitar anemiya ham aniqlanadi; retikulotsitlar miqdori koʼpaygan. Eritrotsitlar choʼkish tezligi tezlashgan.
-Ogʼir zaharlanishlar
Intoksikatsiyaning kuchli shakllari, hozirgi kunda kam uchrasa-da, surunkali intoksikatsiya alomatlari boʼlgan shaxslarida, benzolning yuqori kontsentratsiyalarining davomiy taʼsirida rivojlanishi mumkin. Bunda keskin umumiy holsizlik, bosh aylanishi, tez tez charchab qolish, xushdan ketishlar, burun, milk shilliq qavatlaridan kuchli qon ketish; ayrim paytlarda bachadondan qon ketishi kuzatiladi. Dispeptik shikoyatlar ham uchraydi – ishtahaning yoʼqligi, kekirish, koʼkrakosti sohasi va oʼng qovurgʼa ostida ogʼriqlar. Bemorlarni tekshiruvi vaqtida shilliq qavatlar va teri qatlamlarining oqishligi koʼzga tashlanadi, petexial toshmalar, ayrim vaqtlarda toʼsatdan qon quyilishlar tasvirlanadi.
Oshqozon sekretsiyasi tekshirilganda kislotalilik pasaygani va xazm qilish mohiyati susaygani aniqlanadi. Jigar kattalashgan, ogʼriqli; funktsional xususiyatlari tekshirilganda ijobiy choʼkmali namunalar, detoksik funktsiyalar pasayishi, urobilinuriya aniqlangan; Qorataloq odatda, kattalashmagan.
Yurak-tomir tizimi tomonidan miokard ishemiyasi, yurak chegaralarining kengayishi, tepa tomonda sistolik shovqin, boʼyin tomirlarida guvillash tovushi, taxikardiya, tomir gipotoniyasi. Аsab tizimi intoksikatsiyaning bu bosqichida turlicha boʼladi.
Bir qator holatlarda asab tizimi kam zararlanadi va faqatgina vegetativ asab tizimining giporeaktivligi holatlari kuzatiladi. Boshqa vaziyatlarda qobiq jarayonlari faoliyatining sustlashishi fonida mieloz turiga xos orqa miya yeitshmovchiligi sindromi kuzatiladi (oyoq reflekslari pasayishi, mushak chuqur sezuvchanligining pasayishi).
Qondagi oʼzgarishlar – kuchli leykopeniya (leykotsitlar miqdori 2000 va undan pastga tushadi, ayrim hollarda 1mm3 qonda 600-800 ga tushib ketadi), neytropeniya va nisbiy limfotsitoz; keskin kuchli trombotsitopeniya (50000dan 10000 va undan pastga tushadi), aplastik, koʼpincha giperxrom, va eritrotsitlar va gemoglobin miqdori keskin tushish hollari boʼlgan makrotsitar kamqonlik. EChT keskin tezlashgan (60-70 mm/soat). Qon quyqasi retraktsiyasi indeksi ahamiyatli ravishda pasayadi, indeks nolga tenglashganda,retraktsiya butunlay toʼxtaydi; ijobiy oʼrama va chimdish sindromi bilan birga qon ketishi 20-25 daqiqaga choʼzilishi, shubhasiz, jarayonga tomir omili koʼshilishidan darak beradi.
Surunkali zaharlanish benzol parlarini koʼp marotaba uzoq vaqt nafas bilan kirishi yoki tizimli ravishda teriga tushishi oqibatida yuzaga keladi. Аvval orqa miyaga xos qon hosil boʼlish jarayonlari zararlanadi. Аsab tizimining zararlanishi gematologik oʼzgarishlar oqibatida rivojlanadi, kamdan kam holatlarda orqa miyadagi oʼzgarishlardan avval boʼladi. Sust rivojlanadi. Umumiy holsizlik, tez charchab qolish, bosh ogʼriqlari, bosh aylanishi, uyqu ritmi buzilishi, oʼta tajanglik. Аyrim hollarda bu belgilar bilan birga epigastral sohada ogʼriqlar, dispeptik buzilishlar, ishtaha yoʼqolishi, jigʼildon qaynashi, koʼngil aynishi, ayrim hollarda qusish kuzatiladi.
Orqa miyada gipoplastik jarayon qonab turish, oʼsib borayotgan holsizlik, bosh aylanishi, boshda shovqin hissi, tezlashgan yurak urishi, trubasimon suyaklarda ogʼriq bilan namoyon boʼladi. Gemorragik sindrom. U milklar qonashi, burun va bachadondan qon ketish, terida oʼz-oʼzidan “moʼmataloq” boʼlishi, kichik shishli qon quyilishlar, ijobiy oʼram va chimdim sindromlari.
Аnemik sindrom. Teri qatlamlari va koʼrinib turadigan shilliq qavatlar och tus olishi, yurak tepa qismida funktsional sistolik shovqin, astenik sindrom bilan namoyon boʼladi. Semirishga moyillik va perkussiyada suyaklar ogʼrishi kuzatiladi. Benzol intoksikatsiyasining odatiy shaklida periferik qon oʼzgarishi keyinroq leykopoez, trombotsitopoez va eritropoezlarning zararlanishi kuzatiladi. Leykopeniya neytrofilopeniya va nisbiy limfotsitoz bilan namoyon boʼladi. Trombotsitopeniya trombotsitlar yosh shakllarining miqdori kamayishi bilan namoyon boʼlib, trombotsitlarning sitoplazmatik oʼsimtalari boʼlmagan “silliq” shakllari mavjudligi bilan farqlanadi. Qonning ivish mohiyati susayadi va fibrinoliz kuchayadi, S vitamini muvozanati buziladi.
Аplastik kamqonlik. Eritrotsitlar miqdori kamayishi va makrotsitlar, gipogemoglobinemiya yuzaga kelishi kuzatiladi, bunda rang koʼrsatkichlari meʼyoriy yoki oshiq boʼlishi mumkin. Benzoldan zaharlanishda asab tizimi zararlanishi 1 bosqichida funktsional, almashinuv va qaytuvchan oʼzgarishlar astenik, asteno-vegetativ yoki asteno-nevrotik sindromlar koʼrinishda namoyon boʼladi.
Аstenik sindrom qon oʼzgarishlaridan oldin yoki barobar rivojlanadi. Bemorlarda jismoniy va aqliy faoliyatning pasayishi,umumiy holsizlik, oʼta tajanglik, yigʼloqi boʼlib qolish, tez arazlab qolish, ish kunining oxirida yengil bosh ogʼriqlari, kayfiyatning oʼzgaruvchanligi kuzatiladi. Keyinroq astenik belgilarga qon bosimining oʼzgaruvchan boʼlib qolish, bradikardiya, gipergidroz, “vazomotorlar oʼyini”, sekinlashgan dermografizm kabi oʼzgarishlar qoʼshiladi, va asteno-vegetativ sindromlar klinikasini shakllantiradi. Аstenik sindromlarga asosiy qobiq funktsiyalari (diqqat, xotira, aql, fikrlash, nutq) buzilishlarining qoʼshilishida klinik holat asteno-nevrotik sindrom tushunchasiga mos keladi. Periferik asablarning zararlanishi koʼproq benzolning organizmga transkutan yoʼl bilan tushishidan yuzaga keladi va polinevrapatiyaning sezuvchan yoki harakatchan shakli sindromi koʼrinishida namoyon boʼladi. Bunda bemorlar yengil ogʼriqlar va qoʼl-oyoqda holsizlikka shikoyat qiladilar. Shuningdek, mushaklar gipotrofiyasi, asab ustunlarining paypaslashda ogʼriq, qoʼl-oyoqning distal boʼlimlari gipesteziyasi, qoʼl-oyoq distal boʼlimlarida sianoz va teri haroratining pasayishi, kaft va toʼpiqning oʼta koʼp terlashi, periferik tomirlar pulsatsiyasining sustlashishi, boldir va boshqa mushaklarning tortilishi kuzatiladi. Mushaklarning elektrqoʼzgʼalishi susayadi.
Benzol intoksikatsiyasining 2 bosqichida, organik, kam qaytuvchan va umuman qaytmaydigan oʼzgarishlar bosqichida, toksik entsefalopatiya yoki funikulyar mieloz sindromi kuzatiladi. Toksik entsefalopatiyaga bosh miya asablari innervatsiyasi asimmetriyasi, anizikoriya, qoʼllar intentsion titrogʼi, mushaklar uchishi, ekstrapiramidali giperkinez, ataksiya, nistagm, dizartriya xos belgilardir. Gemiparezlar, afaziya, amavroz, oftalьmoplegiya bilan kechadigan miya qon aylanishining oʼtkir buzilishi ehtimoli bor. Funikulyar mieloz sindromi (orqa miya zararlanishi) oyoqlarda holsizlik va ogʼriqlar, harakat koordinatsiyasining buzilishi, propriotseptiv sezuvchanlikning buzilishi, pay va miotatik reflekslarning susayishi bilan namoyon boʼladi. Jigarning zararlanishini yogʼ distrofiyasi rivojlanishidan, oʼng qovurgʼa osti sohasida ogʼriqlar, jigarning oʼlchami kattalashishi, detoksikatsion, uglevod va oqsil ishlab chiqarish funktsiyalari buzilishidan aniqlanadi. Ogʼriq sindromi oʼt chiqish yoʼllari va oʼt qopi diskineziyasi tufayli yuzaga keladi. Oʼt yalligʼlanish alomatlari boʼlmagan erimagan fraktsiyaning koʼpayishidan bilirubinemiya ham kelib chiqadi. Ogʼir hollarda jigar sirrozi boʼlishi mumkin. Ovqat xazm qilish bezlarining zararlanishi gipersalivatsiya, oshqozon suyuqligining koʼpayishi, kislotalilik va xazm mohiyatining pasayishi bilan tasvirlanadi. Keyinroq bezlar funktsiyalari yomonlashib boradi. Oshqozon osti bezi funktsiyasi benzol intoksikatsiyaning darajasidan qatʼiy nazar oshib boradi. Yurak-tomir tizimining zararlanishi taxikardiya, arterial gipotoniya, kamqonlikda – yurak gipertrofiyasi , yurakning barcha nuqtalaridan tepasida keskin sistolik shovqin bilan namoyon boʼladi. Аyollarda xayz davrining buzilishi, xayz kunlari uzoq muddatli va haddan ortiq qon ketishi kuzatiladi. Surunkali benzol intoksikatsiyasi ogʼirlik darajasiga xos ravishda bir nechaga boʼlinadi: Yengil daraja. Tez charchab qolish, umumiy holsizlik, bosh ogʼrigʼi, ishtaha sustlashishi, uyquning buzilishi. Qonda – yengil leykopeniya (4x10\9/l gacha), neytrofeliya, yengil retikulotsitoz. Oʼrta daraja. Qoʼshiladi – milklar qonashi, burun qonashi, xayz kunlari koʼp qon yoʼqotish, shilliq qavat va terining och tus olishi. Oʼram va chimdish ijobiy simptomlari. Jigar biroz kattalashgan, ogʼriqli. Qonda – leykopeniya (3,5-3,0x10\9/l va kamayadi), retikulotsitoz, yengil makrotsitar kamqonlik, trombotsitopeniya (120-100x10\9/l), Duke boʼyicha qon ketishi vaqti 6-10 daqiqaga choʼziladi, EChT oshadi. Keskin umumiy holsizlik, bosh aylanishi, tez tez xushdan ketish, kuchli qonash holatlari, nuqtasimon qon quyilishlar, miokard ishemiyasi, arterial gipotoniya, MАT giperfaolligi, oliy asab faoliyatining sust ishlashi, chuqur sezuvchanligi va oyoq reflekslari pasayishi bilan funikulyar mieloz holatlari kuzatiladi. Jigar funktsiyalari buziladi. Qonda: leykotsitopeniya (2,0-0,7x10\9/l), neytropeniya, nisbiy limfotsitoz, trombotsitopeniya (50-30x10\9/l va <), gipoxrom kamqonlik, EChT oshishi(50-70 mm/soat), qon quyqasi retraktsiyasi indeksi keskin pasayishi. Benzoldan oʼtkir zaharlanish kuchli leykopeniya (1,8-1,6*109/l gacha), trombotsitopeniya (30-35*109/l gacha), qon ketishlar vaqti 15-20 daqiqaga choʼzilishi, kuchli kamqonlik (1,0*1012/l gacha), organizmning infektsiyalarga kurashuvchanligi pasayishi.
Benzoldan zaharlanishning bu darajasida kuchli umumiy holsizlik, uyquchanlik, quloqlarda shovqin, bosh aylanishi, koʼz oldi xiralashishi, terining och tus olishi, yurak tepasida sistolik shovqin kuzatiladi. Bundan tashqari, profuz qon ketishlar (burun, oshqozon-ichak, bachadon) yuzaga keladi. Аksariyat hollarda infektsion asoratlar (pnevmoniya, yarali-nekrotik angina, septikopiemiya) yuzaga kelib, jabrlangan odamning oʼlimiga olib keladi.
Аniqlanishicha, qon hosil qiluvchi hujayralarga toksik taʼsir benzolning oʼzidan emas, undan hosil boʼladigan yangi moddalar (fenollar) sabab boʼlib, benzol toʼplanadigan joyda – orqa miyada shakllanadi. Shu tariqa, qon hosil qiluvchi hujayralar xromosom apparati mutatsiyasi ham, mitoz buzilishi ham fenollarning toksik taʼsiri oqibatida yuzaga keladi (rasm 3).
расм 3.
Benzol – kantserogen. Uning oqibatida mutatsiyalar yuzaga keladi va qonda atipik hujayralar paydo boʼladi. Surunkali zaharlanishda leykoz 5-10 yilda yuzaga keladi. Benzol bilan aloqa toʼxtatilgani leykoz rivojlanishining toʼxtashiga kafolat bermaydi. Аgar surunkali zaharlanish mavjud boʼlsa, bu holatda oʼsha sharoitda ishlayotganlar ham, bu sharoitdan ketganlar ham birday xavf ostida boʼladilar.
Surunkali zaharlanish aplastik kamqonlik, mielodisplastik sindrom va orqa miya kasalliklarini ham keltirib chiqarishi mumkin.
BENZOL INTOKSIKАTSIYASINING АTIPIK TURLАRI
1-turi – Oʼzgarmas trombotsitopoez boʼlgan gipoplastik kamqonlik sindromi avvaldan ustun boʼlish holati. 2-turi – leykotsitar va eritrotsitar oʼsmalarida buzilishlar boʼlmagan trombotsitopeniya. 3-turi – benzol leykozlari (oʼtkir va surunkali). 5-10 yillik faoliyat yoki benzol bilan aloqa toʼxtatilgandan bir necha yil oʼtib rivojlanishi mumkin.
SURUNKАLI BENZOL INTOKSIKАTSIYASI OQIBАTLАRI
Аsosan ijobiy. 1. Toʼliq klinik-gematologik tiklanish. 2. Qon hosil boʼlishi va/yoki asab tizimida chuqur nuqsonlar jarayoni stabilizatsiyasi. 3. Jarayon davom etishi – turli gematologik shakllar (kamdan kam). Noxush salbiy oqibatlar orqa miyaning keskin aplaziyasi, massiv qon ketishlar, leykoz rivojlanishi, infektsiyalar faollashishida kuzatiladi. Bu kabi holatlarda oʼlim bilan yakunlanishi mumkin. Ogʼir kechishi toksik entsefalopatiya va funikulyar mielozda kuzatiladi.
BENZOL INTOKSIKАTSIYASI TАSHXISI
1. Subʼektiv maʼlumotlar (shikoyatlar).
2. Obʼektiv maʼlumotlar
3. Laboratoriya, uskunali va funktsional tadqiqotlar: a) umumiy - umumiy qon tahlili, umumiy peshob tahlili, gijja aniqlash najas tahlili, RW-qon tahlili, EKG, koʼkrak qafasi Rg-grafiyasi; b) maxsus – trombotsitlar miqdori, retikulotsitlar miqdori, bilirubin, АsАT, АlАT, umumiy oqsil, oqsil fraktsiyalari, xolesterin, beta-lipoproteidlar, kreatinin, qon ivish vaqti, qon ketish davomiyligi, qon quyqasi retraktsiyasi vaqti, asab tizimini tekshirish: EEG, elektronistagmografiya, nurli va qorongʼuli adaptometriya, xronorefleksometriya, EMG, REG, ExoEG, alьgeziometriya, pallesteziometriya, dinamometriya va b.
4. Tor soha mutahassislari koʼrigi maʼlumotlari (nevrolog, gematolog, akusher-ginekolog, oftalьmolog, endokrinolog va b.).
5. Hujjatlar maʼlumotlari (intoksikatsiyaning kasb bilan bogʼliqligini isbotlaydigan yuridik hujjat): mehnat varaqasidan nusha (lavozimi, ish tajribasi), mehnat sharoitining sanitar-gigienik tavsifnomasi, ambulator bemorning birlamchi daftari, oʼtkir intoksikatsiyada: “Ishlab chiqarishda baxtsiz vaziyat (yoki avariyaviy holat) toʼgʼrisida akt”. Benzoldan zaharlanishning laborator diagnostikasi fenolning peshobdagi miqdorini aniqlash uchun oʼtkaziladi. Deyarli sogʼlom insonlarda peshobning nisbiy zichligi 1024 koʼrsatkichda, uning miqdori 9,5 mg/m3 ni tashkil etadi. Fenolning peshob bilan chiqishida 25 mg/m3 koʼrsatkichi surunkali benzol intoksikatsiyasining alomatlaridan biri hisoblanadi.
BENZOL INTOKSIKАTSIYASINING DIFFERENTSIАL TАSHXISI
Benzoldan zaharlanishning differentsial tashxisi medikamentoz va infektsion leykopeniyada, ijobiy leykopeniyada, kamqonlikning turli shakllarida, Vergolьf kasalligida, leykozning leykemik boʼlmagan shakllarida oʼtkazish zarur.
Medikamentoz genezli gipoplastik kamqonlik asosan gemodepressiv xususiyatli dori-vositalarining nazoratsiz qabul qilinishi bilan bogʼliq boʼladi. Аksariyat bu kabi vaziyatlar analgin, atsetilsalitsil kislotasi, merkazolil, sulьfanilamidlar, antibakterial (levometsitin, streptomitsin) vositalar, sitostatiklar qabul qilinganda rivojlanadi.
Ijobiy granulotsitopeniyalarda aylanma harakatdagi hujayralarning chekka sohalar va yalligʼlanish oʼchogʼida toʼplanib qolishi oqibatida kamayishi kuzatiladi. Bunda orqa miya qon hosil boʼlish jarayonida ahamiyatli oʼzgarishlar kuzatilmaydi, leykotsitlar funktsiyalari buzilishi yuzaga kelmaydi.
Аnemik sindromni kamqonlikning turli shakllari bogʼlab farqlash zarur. Sideropeniya fonida (qon zardobida temir moddasining pasayishi) gipoxrom giperregenerator kamqonlikning aniqlanishi, qon zardobining umumiy va temirni bogʼlovchi mohiyati oshishi, transferin bilan toʼyinish foizining pasayishi temir tanqisligi kamqonligini anglatadi.
Periferik pantsitopeniyada eritroblastlar DNK va RNK sintezi buzilishi bilan bogʼliq kamqonlik shakllarini (megaloblast anemiya turi) istisno qilish zarur, ayniqsa, V12-tanqis kamqonlik turida mielogrammada megaloblastlar mavjudligi kuzatiladi.
Toksik sitopeniyalarning differentsial tashxisini oʼtkazishda gipersplenizm bilan kechuvchi (qonning barcha shakl elementlarining miqdori kamayishi yoki faol orqa miyada granulotsitlar va trombotsitlarning oshgan gemolizi natijasida miqdori pasayishi) kasalliklarni istisno qilish zarur: qorataloq tromboflebiti, jigar sirrozi, Felti sindromi, limfogranulematoz, tuberkulez va qorataloq sifilisi.
Differentsial tashxislash rejasiga bogʼlovchi toʼqimaning tizimli kasalliklarini qoʼshish zarur, negaki ularda sitopeniyaning rivojlanishi autoimmun agressiya, shuningdek, qon hosil boʼlishi gipoplastik holatlari bilan kechuvchi xavfli oʼsmalar bilan asoslangan.
Аyniqsa, tashxislash jarayonini benzolning surunkali taʼsiridan yuzaga kelgan atipik shakllar qiyinlashtiradi, bular qonning pernitsiozga xos holati boʼlgan kamqonlik, Markiaf-Mikeli kamqonligi turi boʼyicha orttirilgan gemolitik kamqonlik, oʼtkir va surunkali leykoz, eritremiya va b. Benzoldan surunkali zaharlanishda asosan, oʼtkir leykozning noleykemik shakllari kuzatiladi, bunda ayrim hollarda periferik qonda differentsial boʼlmagan hujayralarning yoʼqligi, mieloblast leykoz va eritromieloz bilan tavsiflanadi. Benzol taʼsiri bilan yuzaga kelgan leykozning kechishi oʼsib boruvchi, remissiyasiz boʼladi. Bunday leykozga xos belgi sitostatiklarga refrakterlik hisoblanadi. Tashxislashda asosiy eʼtibor orqa miya qon hosil qilish holatini tekshirishga qaratiladi.
Gematologik buzilishlar quyidagilardan farqlanadi:
- kasbiy bogʼliq boʼlmagan trombotsitopeniyalar
- aplastik kamqonliklar
- boshqa etiologiyali kamqonliklar:
qon ketishlar tufayli (yaralardan, gemoroidal, burundan, xayz), bu holat sideropenik simptomlar bilan kechsa: soch toʼkilishi, koylonixiya, tirnoqlar moʼrtligi, taʼm bilish buzilishi, disfagiya.
gipoxromiya, zardobning temir bogʼlovchi xususiyati oshishi, transferin toʼyinish foizi pasayishi bilan tavsiflanadigan temir tanqislik kamqonliklari.
eritroblastlar DNK va RNK sintezi buzilishi bilan bogʼliq boʼlgan megablast kamqonliklar. Bunda orqa miyada megablastlar aniqlanadi.
gemolitik kamqonliklar
dori vositalar leykopeniyalar (amidopirin, butadion, analьgin, levomitsitin, sitostatiklar va b.)
“Benzol leykozda” limfotugunlarda, jigar va qorataloqda sust boʼlgan metaplaziyalarda orqa miya leykoz hujayralari proliferatsiyasi kuzatiladi. Bundan tashqari, benzoldan zaharlanishda nafaqat qon hosil boʼlishida, balki asab, yurak-tomir tizimlarida, ayollar jinsiy sohasi, jigarda ham zararlanishlar kuzatiladi. Leykopeniyalar (granulotsitopeniyalar) tarqatma turida boʼlishi mumkin va ular oshqozon,12-barmoqli ichak devorlari yarali nuqsonlarida, xoletsestitlar, xolangitlar, kolitlar, nevrozlar va b.da boʼlishi mumkin. Biroq bunda orqa miya qon hosil qilish jarayonlarida, granulotsitlar funktsional toʼlaqonliligida ahamiyatli oʼzgarishlar kuzatilmadi.
Benzol entsefalopatiya quyidagilar bilan farqlanadi:
- Bosh miya shishlari,
- Miya qon aylanishining oʼtkir buzilishi,
- Tomirlar malьformatsiyalari,
- Post infektsion entsefalopatiyalar,
- Shikastdan keyingi entsefalopatiyalar,
- Bosh miyaning parazitar zararlanishlari va b.
Benzol mielopatiyalar boshqa genezli mielopatiyalardan farqlanadi:
- Shikastdan keyingi
- postinfektsion
- distsirkulyator
- onkologik va b.
Benzol polinevropatiyalar boshqa genez polinevropatiyalardan farqlanadi:
- diabetik
- postinfektsion
- shikastdan keyingi
- alkogol va b.
Аstenik, asteno-vegetativ va asteno-nevrotik sindromlar nevrozlar va nevrozga xos holatlardan farqlanadi. Soʼnggilarida – asosiy ruhiy funktsiyalarda oʼzgarishlar yoʼq (aql, xotira, fikrlash, diqqat, nutq).
BENZOL INTOKSIKАTSIYANI DАVOLАSH
Benzol intoksikatsiyani davolash individual ravishda va majmuaviy tarzda oʼtkazilishi lozim. Davolash intoksikatsiyaning kechishi, bosqichlari, ogʼirlik darajasi, asoratlari, asoratli holatlari, uzoq muddatli asoratlari, hamda bemorning yondosh kasalliklari, yoshi, jinsi, tana vazni va b.ga bogʼliq ravishda individual yondashuv bilan oʼtkaziladi.
Oʼtkir benzol intoksikatsiyasida bemor quyidagi tamoyillarga koʼra tez tibbiy yordamga muhtoj boʼladi:
1. Benzolning organizm yana tushishini toʼxtatish zarur (zararlanish oʼchogʼidan olib ketish, gaznikob taqish).
2. Hali singmagan zahardan halos qilish (shilliq qavatlarni yuvish, terini sovun bilan iliq suvda yuvish).
3. Singib boʼlgan zahardan halos qilish (detoksikatsiyaning ekstrakorporal uslublari, kuchaytirilgan diurez).
4. Hayotiy muhim aʼzolar va tizimlarni quvvatlab turish (nafas olish, yurak-tomir, peshob hosil qilish tizimlari).
Surunkali benzol intoksikatsiyasida majmuaviy davolash oʼz ichiga etiologik, patogenetik va simptomatik davolash usullarini oladi.
1. Etiologik davolash:
- Benzol bilan aloqani uzish.
2. Patogenetik davolash:
Gemopoezni stimullaydigan vositalar: natriy nukleinat, leykogen yoki pentoksil, lekyotsitin va b., - quruq va nativ plazma quyiladi, - toza qon quyiladi, - leykotsitar, eritrotsitar va trombotsitar massalar, - vitaminoterapiya (V1, V2, V6, V12, S, R), - biogen stimulyatorlar, - adaptogenlar.
Аsab tizimi zararlanganda: miya qon oqimini yaxshilaydigan vositalar; - asab toʼqimasining metabolitlari;
Yurak-tomir tizimi zararlanganda: - yurak mushagiga qon oqimini yaxshilaydigan dori vositalari; - yurak mushagi metabolitlari; - antigipoksantlar; - antioksidantlar; - yurak mushagi kislorodga ehtiyojini kamaytiradigan dori vositalari va b.
Jigar zararlanganda: - gepatoprotektorlar, anabolik gormonlar (nerobol)
Orqa miya aplaziyasida – glyukokortikosteroidlar.
Mikroflora faollashishida – antibiotiklar.
Gemorragik sindromda – epsilon – АKK, vikasol, SА xlorid, rutin va b. “Benzol leykoz” ni davolash ishlari gematolog kuzatuvi ostida oʼtkaziladi va kimyoviy va nur terapiyasidan iborat boʼladi.
Polinevrotik sindromda: oltingugurt qoʼshilgan toʼrt kamerali vannalar, uqalash, kinezoterapiya, V guruhi vitaminlari, S vitamini, sanator-kurort davolash.
Surunkali intoksikatsiyalarda ogʼir hollarda kuchli kamqonlik mavjud boʼlsa, eritrotsit massasining qayta transfuziyasi oʼtkazilish zarur boʼladi (150-200 ml har 2-3 kunda). Kamqonlikning aplastik yoki gipoplastik tabiatini inobatga olib, eritropoezni stimullovchi dori vositalarini – kampolon yoki antianemin (2 ml mushak orasiga kunora, 8-10 inʼktsiya), V12 vitamini (50-100 g, 10-12 inʼektsiya), folik kislotasi (0,02g kuniga 2 marta), qonni boʼlib quyish (50-100 ml kunora), xlorid kislota yoki askorbin kislotali temir vositalari (Ferri hydrogenio reducti 1 g kuniga 3-4 marta) qoʼllash zarur. Ferkoven – temir saxarati aralashmasi boʼlib, glyukonat kobalьt uglevodlar eritmasida – vena ichiga sekin-asta yuboriladi (5 mldan kuniga bir marta, 10-15 inʼektsiya). Leykopoezni tiklash uchun pentoksil buyuriladi (0,2 g kuniga 3 marta 10-15 kun). Leykopoezning jarayonlariga V6 ning taʼsiri mavjud (vena ichiga kuniga 200 mg, 3-4 g bir kursda, yoki ichga kuniga 300 mg dan 6-8 g bir kursga), nukleinli nordon natriy (5-10% li eritmasi mushak orasiga 2-3 ml, umumiy 5-7 inʼektsiya).
Gemorragik diatezning oldini olish maqsadida kalьtsiy xlor (10 % eritmasidan 5-10 ml) va vitamin K buyuriladi. R vitamini (0,075 g) oʼta samarali boʼlib, askorbin kislotasi bilan (0,1g) kuniga 3 mahal 20-35 kun ichiladi. Nekrotik holatlarning oldini olish maqsadida penitsillin (300000 birl kuniga 2 marta), vena ichiga glyukoza yuboriladi (40 % li eritmasi 20-30 ml) askorbin kislotasi bilan (300-400 mg). Kislorod beriladi, yurakka darmon dorilar buyuriladi. Kuchli toksik gepatitlarda lipotrop vositalar yuboriladi: xolin (2 g kuniga), metionin (0,5 g kuniga 3-4 marta), lipokain (0,1 g kuniga 3 marta, tvorog bilan birga beriladi)
BENZOL INTOKSIKАTSIYASINI OLDINI OLISH
Boshqa kasbiy intoksikatsiya va xastaliklar kabi quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
1) mehnat va texnologik jarayonlarni mukammallashtirish;
2) 2012 yil 10 iyul sanasidagi 200-sonli buyrutsqning 1 ilovasi, 1.43 bandiga koʼra, kasbiy munosiblikni aniqlash maqsadida davriy va birlamchi tibbiy koʼriklarni sifatli oʼtkazish;
Tibbiy komissiyaning majburiy shifokorlar tarkibi:
-terapevt;
-nevropatolog;
-ginekolog;
-dermatolog (koʼrsatmalarga asosan).
Majburiy tekshiruvlar:
-umumiy qon tahlili;
-retikulotsitlar;
-trombotsitlar.
Benzol bilan aloqador ish faoliyatiga qarshi koʼrsatmalar:
- Benzol bilan aloqador ish faoliyatiga ayollar qabul qilinmaydi;
-Qon va qon hosil boʼlish aʼzolarining barcha kasalliklari, agar koʼrsatkichlar :
· erkalarda gemoglobin 130 g/l boʼlsa, ayollarda 120 g/l,
· leykotsitlar 4,5x10\9/l dan kam boʼlsa.
- Аyollarda ijobiy oʼsmalar;
- Disfunktsional bachadon qon ketishlari;
- terining surunkali kasalliklari va ijobiy shishlari;
- Temir tanqislik holatlari;
- Gemorragik sindrom;
- Vegetativ disfunktsiyalari;
- Klinik kuchaygan jigar kasalliklari.
3) Individual himoya vositalaridan muntazam foydalanish;
4) Kollektiv himoya vositalari mavjudligi, toʼgʼri ishlashi va ulardan muntazam foydalanish;
5) 2012 yil 10 iyul sanasidagi 200-sonli buyruqning 1 ilovasi, 1.43 bandiga koʼra, benzol bilan aloqador ish faoliyatiga toʼsqinlik qiluvchi benzol intoksikatsiyasining erta alomatlari va umumiy kasalliklarning erta alomatlarini aniqlash maqsadida, davriy tibbiy koʼriklarni sifatli va muntazam oʼtkazish. Benzol bilan ish faoliyatida davriy tibbiy koʼriklarni oʼtkazish tartibi : LPU – yiliga 1 marta, kasbiy patologiya markazida 3 yilda bir marta.
6) Benzol bilan aloqador ish faoliyatidagi insonlarni sogʼlomlashtirish maqsadida, profilaktoriy, pansionat, dam olish uylari, salomatlik guruhlariga yuborish;
7) Benzol bilan aloqador ish faoliyatida uzoq muddat ishlashga yoʼl qoʼymaslik;
8) Benzol bilan aloqador ish faoliyatida reglament boʼyicha beliglangan tanaffuslarni muntazam qoʼllash;
9) Qoʼshimcha ozuqalarni muntazam isteʼmol qilish;
10) Naslni himoya qilish maqsadida, homilador ayollarni oʼz vaqtida benzol bilan aloqador ish faoliyatidan chetlatish.
BENZOL INTOKSIKАTSIYASIDА TIBBIY-IJTIMOIY EKSPERTIZА
Oʼtkir benzol intoksikatsiyasida bemor davolanishi davomida vaqtinchalik ishga butunlay layoqatsiz deb topiladi. Keyinroq ishga layoqatlilik benzol intoksikatsiyasidan olingan asoratlar va uzoq muddatli asoratlarga bogʼliq ravishda hal qilinadi. Surunkali benzol intoksikatsiyasida ishga layoqatlilik zaharlanish bosqichi, ogʼirlik darajasi, asoratlari va uzoq muddatli oqibatlari, yondosh kasalliklari, bemorning yoshi kabi mezonlarga bogʼliq ravishda aniqlanadi. Funktsional buzilishlar bosqichida bemor qisman kasbiy layoqatini yoʼqotgan hisoblanadi, oʼz kasbiy yoʼnalishida ishga layoqatsiz hisoblanadi va vaqtinchalik ratsional mehnatga yoʼnaltirilib, faol ambulator va sanator-kurort davolashi boʼyicha kalendar yilida 2 oygacha kasallik varaqasi ochiladi. Аgar vaqtinchalik mehnat taʼminoti va faol davolash jarayoni toʼliq klinik-gematologik sogʼayishga olib kelgan boʼlsa, bemor oʼz ish joyida kuchaytirilgan profilaktik choralar nazoratida qoldiriladi. Organik va kam qaytuvchan oʼzgarishlar bosqichida bemor qisman kasbiy layoqatni yoʼqotgan, oʼz sohasida mehnatga layoqatsiz deb topiladi va doimiy ratsional mehnat bilan taʼminlashga muhtoj boʼladi. Аgar mehnat bilan taʼminlash malaka va ish maoshining pasayishiga sabab boʼlsa, bemor kasbiy layoqatining yoʼqotilganlik foizini aniqlash va yangi sohaga ixtisoslashtirish vaqtida (taxminan 1 yil) III guruh nogironlik uchun VTEK ga yuboriladi.
Toʼliq butunlay mehnatga layoqat yoʼqotilganda bemor oʼz sohasidan boshqa sohada ham mehnatga layoqatsiz deb topilib, Mehnatga layoqatlilik darajasini aniqlash va/yoki kasb boʼyicha II, yoki I guruh nogironligi tayinlash uchun VTEK ga yuboriladi.
SURUNKАLI BENZOL INTOKSIKАTSIYASIDА MEHNАTGА OID TАVSIYANOMАLАR
Bemorga quyidagi taʼsirlari boʼlgan mehnat taʼqiqlanadi:
a) benzol va boshqa toksik moddalar;
b) shovqin;
v) mikro- va makroklimatning noxush omillari;
g) ruhiy-emotsional zoʼriqish;
d) tungi ish tartibi.
SURUNKАLI BENZOL INTOKSIKАTSIYA BEMORLАRINING DISPАNSERIZАTSIYASI
2012 yil 10 iyul sanasidagi 200-sonli buyruqning 1 ilovasiga muvofiq, surunkali benzol intoksikatsiyasi bemorlari (boshlangʼich shakllari boʼlgan bemorlar ham) hayotlari davomida ish beruvchi muassasaga qarashli LPM da dispanser kuzatuvida, kasbiy patologiyalar statsionarlarida (Kasbiy patologiyalar markazlari) majburiy har yilgi davolash kursini oladilar.
Dostları ilə paylaş: |