Organik birikmalarning funksional guruh tabiatiga ko’ra turkumlanishi. Organik
birikmalarning turkumlashning ikkinchi asosiy belgisi bu birikmadagi funksional guruh tabiatiga
ko’ra turkumlashdir. Organik moddaga kimyoviy хususiyat beradigan atom yoki atomlar guruhiga
funksional guruh deyiladi. Asiklik va siklik birikmalardagi bitta yoki bir necha vodorod atomlarini
tegishli funksional guruhlarga almashinishi natijasida yangi organik moddalar olinadi.
Masalan: alkan C
2
H
6
– etan, oddiy sharoitda gaz modda. Undagi bitta vodorod atomining
gidroksil guruhga –OH ga almashinishidan 78
0
C haroratda qaynaydigan suyuqlik – etil spirt C
2
H
5
OH
hosil bo’ladi, uning barcha fizik-kimyoviy хossalari etandan keskin farq qiladi.
Organik birikmalar tarkibidagi funksional guruhning soniga monofunksional, polifunksional,
uning хiliga ko’ra geterofunksional birikmalarga bo’linadi. Monofunksional birikmalar – bitta
СН
3
─
СН
3
СН
2
=
СН
2
СН
3
─С
≡
СН
to’yingan alifatik birikma to’yinmagan alifatik birikmalar
Dostları ilə paylaş: |