“IQTISODIYOT “ fakulteti 2-14 guruh talabasi Nematullayev Shuhratning “Marketing ” fanidan Mustaqil ishi
Mavzu: Reklama va uning turlari
Reja:
1.Reklama haqida umumiy ma’lumot
2.Reklama turlari
3.Reklamaning qo’llanilish usullari
Reklama va uning turlari
Reklama odatda juda qimmat turadi. Shuning uchun ham firma uning asosiy vazifasi nimadan iborat ekanligini unutmagan holda qilinajak reklama haqidagi o‘zining chuqur o‘ylangan marketing yechimini qabul qilishi kerak. Mablag‘ haqida masala ravshanlashib borganda, reklama bo‘yicha shug‘ullanuvchilarga qanchalik katta mas’uliyat tushishini ko‘ramiz, ya’ni reklama bo‘yicha mutaxassis qobiliyatli bo‘lmasa va mavjud imkoniyatlardan foydalanib ish yuritmasa, avvalo o‘z ishi, muassasasining obro‘sini ham tushirib qo‘yishi mumkin.
Reklama bo‘yicha mutaxassis marketing muhitini va tashkilotdagi marketing strukturasiga tayangan holda quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:
reklamadagi asosiy element - tovarlarni sifati va korxonani bozordagi mavqeyi;
tovarlar reklamasida barchani jalb etadigan oddiy, gohida xaridorlarning tovarlarni ko‘rish uchun safarbar qiladigan usullar bo‘lishi;
tovar reklamasi qimmat bo‘lganligi uchun shunday reklama tayyorlash kerakki, u arzon bo‘lsin;
reklamada tovarni turli ranglarda ko‘rsatish va bu ranglar xaridorlarni o‘ziga jalb eta olishi zarur;
tovarni reklamasida mahalliy an’analarni hisobga olish va tovarni qaysi regionlarda va qaysi yoshdagi xaridorlarga mo‘ljallangan bo‘lishi juda muhimdir
Tayyorlanayotgan reklamaning samarali chiqishi pishiq, tuzilgan korxona tarkibida marketing bo‘limining faoliyatiga va uni boshqaruvchi-menejerning qobiliyatiga ham bog‘liq Asosan reklama beruvchi firma va tashkilotlar o‘z strukturasini ichki imkoniyatlariga bog‘liq holda tuzadilar. Masalan, kichik firmalar o‘z boshqaruv strukturasini quyidagicha tuzadilar.
Reklama turlari va qo’llanilish usullari
Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
– ko‘rgazma reklamalari;
– matbuotdagi reklama;
– bosma reklamalar;
– plakat-grafika reklamalari;
– kino reklamalari;
– radio-reklamalari;
– yoritish reklamalari.
Ko‘rgazma reklamalari
Ko‘rgazma reklamalari
– reklama turlari ichida eng keng tarqalgan hisoblanadi. Ko‘rgazma reklamasining asosiy vazifasi, savdoda mavjud bo‘lgan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar assortimentini iste’molchilarga tanishtirish, iste’molchilarga hali yaxshi tanish bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni keng targ‘ibot qilish, iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan ma’lum bir mavsumga mos tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish zarurligini eslatib turishdan iboratdir.
Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma reklamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab qiladi
1. Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
2. Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib bo‘lingan tovarlar bo‘lmasligi kerak.
3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur.
4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib turish kerak.
Reklama e’lonini tasviriy bezash
Reklama e’lonini tasviriy bezash iloji boricha uning mazmuniga mos kelishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining timsollari asosiy elementlari (mahsulot belgisi) ajratib ko‘rsatilishi lozim.
Sharh – reklama ko‘rinishidagi maqola va boshqa nashrlar material shakliga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati haqida sharh beruvchi shaklda yoki uning rahbarlari, ish bo‘yicha hamkorlari va xaridorlari bilan bo‘lgan suhbat (muloqot) shaklida yoziladi. Bu kabi materiallar yaxshi illustratsiyalangan bo‘lishi kerak, chunki illustratsiyasiz katta samara bermaydi.
Reklama e’lonlari va sharh – reklamalarini chop etishda gazeta, jur nal, bulleten, turli ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar kabi nashr turlaridan foydalaniladi. Mavzusiga ko‘ra barcha matbuotdagi reklama nashrlarini ommaviy-siyosiy va ixtisoslashganligiga ko‘ra turlarga ajratish mumkin.