Garmonik o‘rtacha miqdorlar va ularni hisoblash tartibi Ayrim hollarda variantlar ma’lum bo‘lib, ularning takrorlanish vazni (tortqichlar) yashiringan ko‘rinishda ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Bunda variant (x) va uning vazni (tortqichi) ko‘paytma holatda (xf) berilgan bo‘ladi. Bunday paytlarda arifmetik o‘rtacha formulasidan foydalanib o‘rtacha miqdorlarni aniqlasak, o‘rtacha miqdorimizni noto‘g‘ri hisoblagan bo‘lamiz. Bunday hollarda garmonik miqdorlar ishlatiladi. Garmonik o‘rtacha miqdorlar ham oddiy va tortqichli (vaznli) bo‘lishi mumkin.
Oddiy garmonik o‘rtacha quyidagi formula bilan aniqlanadi.
- alohida miqdorlarning teskari darajasining yig‘indisi;
Misol. Mashina tovarlarni bazadan bir-xil uzoqlikdagi 3-ta do‘konga olib bordi. Birinchi do‘kon (katta yo‘l yoqasida joylashgan) 60 km/soat tezlik bilan, ikkinchi do‘konga 50 km/soat tezlik bilan, uchinchi do‘konga esa 40 km/soat bilan olib borgan. Mashinaning o‘rtacha tezligini hisoblash talab qilinsin. Bu erda tortqichlar bir xil. SHuning uchun oddiy garmonik o‘rtacha formulasidan foydalanamiz.
Tortqichli garmonik o‘rtacha tortqichlari har xil bo‘lganda qo‘llanadi. Uning formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: