Mavzu: O'simliklarnin o'sishi rivojlanishi hosil ya uning sifatida tasi qiladigan omillar Reja


Qishloq xo’jalik ekinlarini parvarish qilishda



Yüklə 27,02 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü27,02 Kb.
#37549
1   2   3
o'simlillarga tasiri

Qishloq xo’jalik ekinlarini parvarish qilishda zaruriy sharoit omillari

Ularning o’sishi uchun yorug’liq issiqliq namliq oziq moddalar, havo hamda tuproq zaruriy sharoit omillari hisoblanadi. O’simliklarni parvarish qilishda ular e’tiborga olgan holda ta’minlanib turiladi.

Yorug’liq quyosh o’simlikka tubida va bargida yashil donachalar yordamida barglarda va yashil poyalarda kraxmal, qand, oqsil, moy va boshqa moddalar hosil bo’ladi. Agar qsimlikka yorug’lik yetishmasa uning barglari sarg’ayadi, butunlay qorong’u joyda saqlansa o’simlikning yashil xususiyati yukoladi. O’simlik daraxt tagida ustirilganda, kalin kilib ekilganda, shuningdek begona o’tlar ko’payib, soyalatib kuyganda, ular juda nimjon o’sadi, poyalari ingichkalashadi va o’simlikning uzi sargayib, hosili juda kamayib ketadi.

Ayrim o’simliklar soya joyda mutlako hosil bermaydi. Hamma madaniy o’simliklar yorug’likni bir xil talab qilavermaydi. Ayrim o’simliklar yorug’liketarli va ko’p miqdorda bo’lgandagina yaxshi o’sib mo’l hosil bersa, ayrimlari esa bir oz soya bo’lsa ham o’sishi mumkin. Masalan, kungaboqar, makkajo’xori, qovun, tarvuz, qovoq, pomidor, baqlajon, qalampir, bodring va boshqa o’simliklar yorug’sevar o’simliklardir.

Bular ochiq yorug’ yaxshi tushadigan yerlarda yaxshi o’sadi va yuqori hosil beradi. Ayrim madaniy o’simliklar yopyg’cevap bo’lishi bilan birga yorug’likning qisqa muddat tushib turishini xoxlaydi. Ular yorug’lik 8-10 soatdan kam bo’lmaydigan, lekin 12-14 soatdan oshmaydigan sharoitni talab etadi. Ayrim o’simliklar soyaga chidamlirok bo’ladi. Bunday o’simliklarga rediska, ukrop, piyoz, lavlagi, malina, qulupnay va boshqalar kiradi. Bunday o’simliklarni biroz soya tushib turadigan joyga ekib yaxshi hosil olish mumkin. Ammo soyaga chidamli o’simliklar ham yorug’lik yetarli tushib turadigan yerlarda yaxshi o’sadi va yuqori hosil beradi.

Bug’doy, arpa, karam, sabzi, rediska, turp, piyoz va boshqa shu kabi o’simliklar yorug’likni uzoq muddat tushib turishini xoxlaydi.

Bular 15-16 soat va undan ko’proq quyosh tushib tursagina gullaydi va hosil beradi, agar kun uzunligi bundan kamayib ketsa gullamaydi. Yorug’lik tushishini uzaytirib yoki qisqartirib, o’simlikning gullash muddatini o’zgartirish, buning evaziga mo’l va sifatli hosil olish mumkin.

Masalan, rediska, salat va piyoz ekinlari uchun qisqa yorug’lik kuni yaratish mumkin. Buning uchun egatlar ustiga simdan, daraxt novdalaridan va boshqa narsalardan ishkomlar qilinadi.

Ustiga qorong’ilatadigan material, masalan tol (qora qog’oz) tashlab, kech soat 8 dan ertalab soat 8 gacha sun’iy korongi sharoit yaratiladi, natijada ular gullab ketmaydi. O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga issiqlikning ta’siri kattadir. O’simlik urug’larining bo’rtishi, unib chiqishi va o’sishi, ular tomonidan suv va oziq moddalarning o’zlashtirilishi, ularda oziq moddalarning hosil bo’lishi uchun ma’lum darajada issiqlik kerak bo’ladi. Agar o’simlikka issiqlik yetishmasa, uning o’sishi sekinlashadi, hosildorligi keskin kamayib ketadi.

O’simliklar urug’larining unib chiqishidan hosili pishib yetilgunga qadar issiqlikni xar xil talab qiladi. Masalan, chigit tuproqdagi harorat 14-18° bo’lganda unib chiqadi, shonalashi uchun yuqori harorat (24-25) talab qiladi. G’o’zaning yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun esa 25 -30° issiqlik kerak bo’ladi, issiqlik 37° dan ortib ketsa, u g’o’zaga salbiy ta’sir qiladi, kuzgi 3-4° li sovuq o’simlikni xalok qiladi.

Ekinlar issiqlikka bo’lgan talabiga qarab issiqsevar, o’rtacha va sovuqqa chidamlilarga bulinadi. Issiqsevar o’sim­liklarga g’o’za, makkajo’xori, okjuxori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularda urug’larning unib chiqishi uchun harorat 13° dan past, bo’lmasligi keraq Lekin harorat 25-30° bo’lganda bu jarayon yanada tezlashadi. Issiqsevar o’simliklar haroratning uzoq vaqt +10° dan pasayib ketishini ham yoktirmaydi. Bularga bodring, pomidor; qalampir, baqlajon va boshqalar kiradi.

Ayrim o’simliklar yuqori haroratga chidamli bo’ladi, bularga qovun, tarvuz, qovoq va boshqalar kiradi. Ba’zi o’simliklar o’rtacha haroratni talab qiladi va sovuqqa chidamli bo’ladi.

Bularga bug’doy, arpa, suli, no’xat, beda va boshqa o’simliklar kiradi. Ularning urug’lari harorat 10° dan past bo’lganda ham unishi mumkin, bunday o’simliklar uchun qulay harorat 18-25° xisoblanadi. Bu o’simliklarning maysalari 5-10° sovuqqa chiday oladi. O’simliklarning issiqqa va sovuqqa chidamliligi ular xayotining hamma davrlarida ham bir xil bo’lmaydi. Odatda yosh o’simlik nihollari katta yoshdagi o’simlikka nisbatan sovuqqa ancha chidamsiz bo’ladi. Harorat asta-sekin pasayib boradigan sharoitda, o’simlikning sovuqqa chidamliligi ortadi, havo tusatdan sovib ketsa, o’simlik kishga tayyorlanib ulgurmaydi.
O’simlik tarkibiy qismining asosini suv tashkil etib, ular xayotida muhim rol o’ynaydi. O’simlikning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi uning suv bilan kanchalik ta’minlanishiga bogliq O’simlik tuproqdagi oziq moddalarni ildizi orqali suvda erigan xolda oladi. Agar oziq, moddalar suvda erimasa, uni o’simlik o’zlashtira olmaydi.

O’simlikning nafas olishi, ko’payishi va unda hosil bo’ladigan qand, kraxmal, oqsil, yog’ va boshqa moddalar, ularning o’simlik organlaridagi xarakati suv tufayli sodir bo’ladi. Ildiz orqali tuproqdan o’zlashtirilgan namlik o’simlikning butun tanasiga tarkaladi, shuningdek suvning ma’lum qismi barg orqali atmosferaga bug’lanadi: O’simlik orqali suvning bunday bug’lanishi, o’simlik tanasidagi haroratni pyasaytiradi va yozning issiq kunlarida salbiy ta’siridan saqlaydi, ya’ni suv o’simlik tanasidagi haroratni tartibga solib turishda muhim rol o’ynaydi.

O’simlikning suvga bo’lgan talabi uning o’sish va rivojlanish davri davomida uzgarib turadi. Masalan, o’simlik dastlabki o’sish davrida suvni juda oz miqdorda o’zlashtiradi, o’sishning tezlashishi va hosil tugishining boshlanishi bilan ularning suvga bo’lgan talabi keskin ortadi, hosilning yetilish va pishish davrida esa yana kamayadi. O’simlikning suvga bo’lgan talabi ob-havo sharoitiga ham bogliq yozning issiq kunlari va kuchli yorug’likda o’simlikning suvga bo’lgan talabi 1,5-2,5 barobarga ortadi, havo haroratining pasayishi bilan aksincha kamayadi. Hamma o’simliklar ham namlikni bir xil talab qilavermaydi.

Ayrim o’simliklarning suvga talabi juda kuchli bo’lib, tuproqda namlik kamayib ketsa ularning o’sishi yomonlashadi va hosili pasayadi. Bunday o’simliklarga karam, bodring, ko’kat va boshqalar kiradi. Bug’doy, arpa, g’o’za, pomidor, qalampir kabi o’simliklar tuproqda namlikning o’rtacha bo’lishini talab qiladi.

Shuningdek ayrim o’simliklar qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi. Masalan, bularga qovun, tarvuz, oqjo’xori, maxsar va boshqa shu kabi o’simliklar kiradi. Demaq o’simliklarning suvga bo’lgan talabi xar xil bo’ladi. Shunga ko’ra o’simliklardan yuqori hosil olish uchun ularning suvga bo’lgan talabini bir me’yorda qondirish muhim ahamiyatga ega. Suv o’simlik talab etgan miqdordan ko’payib ketsa, o’simlik tez o’sib, g’ovlab ketadi, hosili kech yetiladi va kasallikka chalinadi.

O’simlikda suv tanqisligi sezilsa, o’simlik orqali suv kam bug’lanadi, o’simlik tanasi qizib ketadi, u so’liy boshlaydi, sekin o’sadi, ildizlari tuproqka chuqur kirib boradi va deyarli shoxlamaydi. Bu xol o’simlikning hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’simliklar tuproqdagi mineral moddalar bilan ildizi orqali oziqlanadi.

Tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan xilma-xil oziq moddalar bo’ladi, agar tuproqda ana shu oziq moddalar yetishmasa o’simlik yaxshi o’smaydi, rivojlanishdan orqada qoladi va hosildorligi kamayadi. Shuning uchun tarkibida oziq moddalari bo’ladigan go’ng va mineral tuzlar inson tomonidan tuproqqa solib turiladi.

O’simliklar tuproqdan tayyor oziq moddalarni ildizi orqali olishidan tashkari, ular oziq moddalarni barglarida ham hosil qiladi. O’simlik barglaridagi ogizchalari orqali havodagi karbonat angidrid gazini olib, uni ildizi orqali o’zlashtirgan suv bilan oziq moddalarga aylantiradi. Bunday jarayonning ruy berishida quyosh nuri, issiqlik va bargdagi yashil xlorofill donachalar katta rol o’ynaydi. Ko’pchilik o’simliklarda shonalash, gullash va meva hosil qilish paytida oziq moddalarga bo’lgan talab kuchayadi.

Hamma tirik organizmlar singari o’simliklar ham havodagi kislorod bilan nafas oladi. Tuproq bushliklaridagi havodan esa ildizi orqali nafas oladi. O’simliklarga havo yetishmasa yoki tuproq uta zichlashib ketsa, o’simlikning o’sishi yomonlashadi va yaxshi rivojlanmaydi va hosildorlik keskin pasayib ketadi. Tuproqdagi havo o’simlik ildizini kislorod bilan ta’minlashidan tashkari, mikroorganizmlarning ishini yaxshilaydi va tuproqdagi o’simlik hamda xayvon koldiklarini chiritib, o’simliklar yengil o’zlashtiradigan xolga keltiradi. Shuning uchun zichlashgan tuproqni yumshatish, ekin kator oralarini kultivasiya qilish va chopish orqali tuproqka kislorod kirishi ta’minlanadi. Havoda kisloroddan boshqa karbonat angidrid gazi ham bo’lib, undan barglarda yashil donachalar va quyosh yorug’ligi yordamida, oziq moddalar hosil bo’lishi o’tgan darsda aytib o’tilgan edi. Demak o’simliklar uchun havo muhim ahamiyatga ega. Hamma madaniy o’simliklar unumdor tuproqlarda yaxshi o’sadi, rivojlanadi va yuqori hosil beradi. Ammo hamma yerda ham tuproq bir xil unumdorlikka ega emas. Ayrim tuproqlar tez zichlashib kolsa, ayrimlari donador bo’lib sochilib turadi. Ba’zi tuproqlarda yer osti suvlari juda yakin joylashgan bo’lib, o’simlik yaxshi usa olmaydi, ayrimlarida esa tuz ko’p bo’lib, o’simliklarga salbiy ta’sir kursatadi. O’simlikning o’sishi uchun noqulay bo’lgan bunday tuproqlarga ishlov beriladi, go’ng solinadi, zovurlar kovlab, yer osti suvlarining satxi pasaytiriladi, tuproq sho’ri yuviladi va xokazo.

Hamma tuproqlarda ham o’simliklar bir xilda o’savermaydi. Masalan, karam, kartoshka va ildizmevalar tuprogi zichlashmagan, chirindisi ko’p bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi. Piyoz uchun tuprogi unumdor, yuqori katlamida oziq moddalar va namlik yetarli bo’lishi lozim. Pomidor, qalampir va baqlajon buz tuproq, o’tloq va o’tloqi-botqoq tuproqlarga ekilsa, yaxshi hosil beradi. Bodring va qovoqni unumdor, chirindiga boy, yumshoq tuproqlarga ekilgani ma’kul. Sho’r bosgan, shuningdek yer osti suvlari yuza joylashgan yerlar sabzavot ekinlari uchun yaroksiz xisoblanadi. Arpa, lavlagi, ruza, burdoy bir oz sho’rlangan yerlarda o’sa olishi mumkin, beda, qovoq, pomidor, karam esa ularga nisbatan sho’rga chidamsiz bo’ladi. Qovun, piyoz, tarvuz va bodring sho’rga ancha chidamsizdir.




  1. Yüklə 27,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin