Mavzu: O'smir yoshdagi qiz bolalarning jismoniy tarbiyasini tashkil etish va uning ahamiyati



Yüklə 125,14 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü125,14 Kb.
#207524
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'smir yoshdagi qiz bolalarning jismoniy tarbiyasini tashkil etish va uning ahamiyati





1. O’quvchi qizlar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishning nazariy asoslari


Jahon xalqlari orasida onalarga e’tibor, mehr-muhabbat eng yuqori o‘rinda turadi. O‘zbek xalqi onalar, O’quvchi-qizlarini e’zozlash, ularga, xizmat qilishda o‘ziga xos alohida xususiyatlarga egadir.Oilada barcha kishilar, ayniqsa, farzandlar onaning hurmatini hamma narsadan ustun qo‘yadi. O’quvchi- qizlarga mehr-oqibat g‘oyat kuchlidir. Ayniqsa, qizlarning turmushga chiqishi, oila qurishi va doimo sog‘lom, oqibatli, oila a’zolariga sadoqatli bo‘lishga o‘rgatiladi. Aksariyat O’quvchi-qizlar bunday e’tibor va hurmatga yaxshi munosabatda bo‘ladi, asosiy ishonchlarni sabr-qanoat bilan oqlashadi.“...Kamon otib, yoyi uzgan merganga tegaman, kurashib halol yengan polvonga tegaman...” Bu satrlar hammamizga tanish, albatta. Alpomish dostonida qalmoqlarga talash bo‘lgan Barchin o‘zbeklarga xos dovyuraklik bilan o‘zbek qizlarining mardligini mana shu tarzda ifodalashda ham bir ma’no bordek. Balki, bu bir dostondir. Biroq, O’quvchi-qizlarimizning mardlik va tantiliklari ming yillardan buyon saqlanib kelayotgan xislatdir.
O‘sha besh toshu arqonda sakrash o‘yinlarida ham bizga ayon bo‘lmagan, biroq, harakatlarida jismoniy sog‘lomlikni targ‘ib etuvchi mazkur o‘yinlarning ijobiy ta’siri ham kattadir. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, aholining ma’naviy va ma’rifiy jihatdan boyitish yo‘lida juda katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Faqat katta yoshdagilargina emas, balki kichik yoshdagi qizlar va o‘quvchi qizlar orasida milliy iftixor va g‘ururni egallashda siljishlar bo‘lmoqda. Islom dini olamidagi eng ibratli va foydali jihatlar O’quvchi-qizlar orasida singib bormoqda. Bularning negizida sog‘lom oila yaratish, farzandlarni jismonan va ma’naviy jihatdan barkamol qilib o‘stirish tadbirlari tobora kengaymoqda. Mustaqillikning sharofati tufayli sportchi O’quvchi-qizlarimiz chet ellarga tez- tez borib kelmoqda.

Bunday jarayonlar milliy madaniyatimizni boyitishga xizmat qilmoqda.
I.To‘laganova(tennis),S.Burxonxo‘jayeva(tennis),Y.Hamroqulova(shaxmat) jahon sporti yulduzlariga aylanmoqda. E’tirof etish kerakki, jismonan zaif Buning eng asosiy sabablari shundaki, urf-odatlarni ro‘kach qilib (bahona) O’quvchi-qizlarga ertalab yoki bo‘sh vaqtlarda gimnastika, o‘yinlar bilan shug‘ullanishni erkaklar ep ko‘rmayotir. Qolaversa, erkaklar va ayollarning ko‘pchiligi jismoniy mashqlarni ishlatish yo‘llari, ularning salomatlikni yaxshilashdagi tarbiyaviy jihatlarini yaxshi bilmaydi.Shu sababdan ham, eng avvalo, oila, mahallalarda O’quvchi-qizlarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga tegishli shart-sharoitlar yaratish lozim. Milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda O’quvchi-qizlar uchun maxsus mashqlar majmuasi, osonlashtirilgan texnik qoidalar bo‘yicha sport turlarini ishlab chiqib, amalda joriy etish lozim.
Bu jihatlar jismoniy tarbiya darslarining majburiyligi va sport musobaqalarining qoidalarida qat’iy chegaralangan edi, lekin keyingi yillarda milliy xususiyatlar, urf-odatlar natijasida odmiroq (mos) kiyimlardan foydalanish amalda qo‘llanilmoqda. Bu jihatlar milliy xususiyatlarni rad etmagan holda yanada takomillashmoqda. Ta’kidlash lozimki, teleko‘rsatuvlar, matbuot xabarlari, ayniqsa, chet ellarga sayohat qilish, tijorat va boshqa zaruriyatlar bilan borib-kelish, tajriba almashish natijalari, kiyinish, bezaklar berish, muomila sohalarida yoshlar o‘rtasida yangi yo‘nalishlar ta’siriga tushib qolish kuchaymoqda. Bunday jihatlar sportda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Sport maktablari va turli jamoalarda (komanda) mahalliy millat qizlarining qiziqib va faollik bilan shug‘ullanishlari kengaymoqda. Kurash, sharqona yakka kurashlar, kikboksing, futbol, hatto og‘ir atletika bilan kuchini sinash kabi erkaklar sporti bilan shug‘ullanish rivojlanmoqda.

Bunday jihatlar oila, qolaversa, Vatan shon-shuhratini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu boisdan ham ota-onalar qizlarining gimnastika, suzish, yengil atletika, voleybol, qo‘l to‘pi, tennis kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlariga monelik qilmayotir.Jismoniy mashqlar, ayniqsa, sport turlari O’quvchi-qizlarning jismonan barkamol bo‘lishi, sog‘lom, tetik bo‘lib, sog‘lom

farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazishlarida eng muhim omillardan biridir. Bu jihatlar barcha oilalarga, ayniqsa, yosh oilalarga tobora tez singib bormoqda. Bunga qaramasdan ko‘pchilik keksa avlodlar, shuningdek, zamonaviy yosh oilalarda ham O’quvchi-qizlarning jismoniy tarbiyasiga e’tiborsizlik hamon kuchliroq.


Buning eng asosiy sabablari shundaki, urf-odatlarni ro‘kach qilib (bahona) O’quvchi-qizlarga ertalab yoki bo‘sh vaqtlarda gimnastika, o‘yinlar bilan shug‘ullanishni erkaklar ep ko‘rmayotir. Qolaversa, erkaklar va ayollarning ko‘pchiligi jismoniy mashqlarni ishlatish yo‘llari, ularning salomatlikni yaxshilashdagi tarbiyaviy jihatlarini yaxshi bilmaydi.Shu sababdan ham, eng avvalo, oila, mahallalarda O’quvchi-qizlarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga tegishli shart-sharoitlar yaratish lozim. Milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda O’quvchi-qizlar uchun maxsus mashqlar majmuasi, osonlashtirilgan texnik qoidalar bo‘yicha sport turlarini ishlab chiqib, amalda joriy etish lozim. Bu yo‘lda teleradio va ommaviy axborot vositalari orqali mutaxassis olimlar, shifokorlar, ayniqsa, O’quvchi-qizlarning ma’ruzalar bilan chiqishini tashkil etish lozim.Shuningdek, O’quvchi-qizlar qo‘mitalari sport tashkilotlari bilan hamkorlikda O’quvchi-qizlar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishlari lozim. Umuman aytganda, O’quvchi-qizlar orasidan gimnastika va harakatli o‘yinlar bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish davr talabidir.Pirovardida ta’kidlash lozimki, O’quvchi-qizlar o‘rtasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish, ayniqsa, yuqori malakali mutaxassislami tayyorlashda mahalliy millat O’quvchi-qizlaridan R.A.Qoziyeva (jismoniy tarbiya tarixi),

O.Sobirova (suvda suzish, marhum), K.T.Rahimjonova (Shokirjonova — yengil atletika), G.BAbdurasulova (qilichbozlik, O‘zDJTI), R.A.Qosimova (qo‘l to‘pi, Samarqand DU) kabi olimlarning hissasi kattadir. Bu kabi iste’dodli olimlarni ko‘paytirish kelajakda juda ham zarurdir. Shu o‘rinda O’quvchi-qizlarning kundalik turmush sharoitida shug‘ullanishga doir amaliy taklif sifatida «To‘maris o‘yinlari» Respublika festivallari (1999-yil - Jizzax, 2001-yil - Shahrisabz, 2003-yil - Namangan) dasturidagi ba’zi turlarning qisqacha mazmunini havola etish joizdir.
«Tortishmachoq»: Uzun arqon maydonda chizilgan joyga qo‘yiladi. Arqonning o‘rtasiga rangli (oq yoki qizil) latta bog‘lanadi. Bu chegaralarda o‘tganligini bildiradi. Ikki tomonda 5—10 kishi arqonni ko‘tarib «ruxsat» berilgach, o‘z tomonlariga tortishadi. Belgilangan chiziqdan arqon belgisi o‘tib ketsa o‘yin to‘xtatiladi.
«Qo‘l kuchini sinash»: bu tur jahon sport turlari qatoriga kirgan va
«armrestling» deb ataladi. O‘yinchilar yuzma-yuz stolga tirsaklarni qo‘yib, kaftlarni qisib stulda o‘tirishadi. «Ruxsat» berilgach, har bir kishi raqibining bilagini qayirishga harakat qiladi. Kimning kuchi ko‘p bo‘lsa, raqibining bilagini qayirib, stolga tekkizadi.
«Arg‘imchoq»: «Arg‘imchoq» (skakalka—sakragich) o‘yinning turlari juda ko‘p. YA’ni: yakka holda turli xil sakrashlar, juft bo‘lib sakrashlar. Eng qizig‘i shundaki, uzunroq arqonning ikki uchidan ushlab aylantirilgan holda kim ko‘p sakrashi (xato qilmasdan) musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Sakrashda ikki va uch kishi bo‘lib birdaniga sakrash mumkin. Arqonni esa 4—6 kishi bo‘lib aylantirish zarur bo‘ladi.
«Otib qochar»: to‘pni otish chizig‘ida «Uy» belgilanadi. 30m. qarama- qarshi tomonda chegara chizig‘i bo‘ladi. O‘yinchilar yuza chizig‘ida turishadi.
«Uy» dan uzoqqa to‘p otiladi va urgan kishi qarshi chiziqqa yetib olishi kerak. Agar to‘pni tutib olib, uni ursa o‘yinchilardan boshqasi yana boshlaydi.

Xullas, tez yugurish, epchillik bilan yana o‘z joyiga qaytib kelish o‘yinchidan talab etiladi. Bu o‘yinni qizlar va yosh juvonlar ko‘proq o‘ynashlari lozim bo‘ladi.
«Qirq tosh»: start chizig‘idan boshlab, uzunasiga har bir o‘yinchini hisobga olib 5m.dan parallel ravishda chiziq tortiladi va uning har 5m.dan so‘ng doiraga belgilanadi. Ruxsat berilgach, o‘yinchilar to‘pni doirachalarga qo‘yib qaytadi. Bunda eng oldindagisi so‘nggi doiraga (uzoqdagi) qo‘yib keladi. Qolganlari ham shu tarzda o‘z doiralariga to‘pni qo‘yib, orqaga yugurishadi. Bu o‘yin vaqtga qarab g‘olibni belgilaydi.
«Otishma»: o‘yinchilar (6—8 kishi) ikki jamoaga bo‘linib, keng doira chiziladi. Qur’a tashlashdan keyin boshlovchilar aniqlanadi. Boshlovchilar doira tashqarisida va raqiblar doira ichida bo‘lishadi. Doira ichidagilarni to‘p bilan urib, o‘yindan chiqarish kerak. 5—6 daqiqa ichida qaysi jamoa ko‘proq yutuqqa erishsa, o‘sha g‘olib, deb topiladi.
«Barchinoy» test-sinovlari: qatnashchilar yoshiga qarab yugurishlar (60m., 100m.), 50 m.ga suzish, miltiqdan o‘q otish, uzunlikka sakrash, tennis koptogini uloqtirish (12— 15 yosh), 16 yoshdan yuqori bo‘lganlarga 100m., 1000m. yugurish, 50m.ga suzish, miltiqdan o‘q otish, uzunlikka sakrash, granata uloqtirish turlari qo‘llaniladi.Yuqorida keltirilgan o‘yinlarni qizlar va ayollar yaxshi bilishlari, imkoniyat doirasida ular bilan doimiy ravishda shug‘ullanishlari zarur bo‘ladi. Yoshlar jismoniy barkamollikka yetishish va o‘z jamoalari, tuman-shahar, viloyat va respublika musobaqalarida faol ishtirok etishni maqsad qilib qo‘yishlari, «Barchinoy» maxsus test-sinovlarini bajarishga tayyor bo‘lishlari lozimdir.Katta yoshdagi ayollar turli xil mashqlar, o‘yinlar orqali o‘z salomatligini yaxshilash va oilada kichik bolalarni o‘yinlar bilan shug‘ullanishga o‘rgatishlari hayotiy zaruriyatdir.











Yüklə 125,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin