Mavzu: O'smir yoshdagi qiz bolalarning jismoniy tarbiyasini tashkil etish va uning ahamiyati


O’quvchi -qizlar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 125,14 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü125,14 Kb.
#207524
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'smir yoshdagi qiz bolalarning jismoniy tarbiyasini tashkil etish va uning ahamiyati

2. O’quvchi -qizlar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari


Istiqlol yillarida yurtimizda har bir sohada yangiliklar kuzatilmoqda. Ayniqsa sport sohasini rivojlantirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi va bu ishlarning samarasi o‘laroq sog‘lom turmush tarzi shakllandi. Chekka- chekka tuman va qishloqlarda ham sport inshootlari qad rostladi. Ayniqsa Yurtboshimiz rahnamoliklarida tashkil etilgan bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashi tashabbusi bilan bolalar sport inshootlari va suzish havzalari qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash dasturi ishlab chiqildi. Yoshlar sportini rivojlantirish masalalari nazoratga olindi.
2011 yil 25 fevralda Oqsaroyda Bolalar sportini rivojlantirish mahalliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rilgan barcha masalalarda avvalo yurtimizning ertasi sanalgan yosh avlodni sog‘lom o‘sib ulg‘ayishi ko‘zda tutildi.
Qishloq joylarda bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni, ayniqsa qizlarni ommaviy jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish bo‘yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirishga” ga qaratildi.
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng yosh avlod tarbiyasiga benihoya katta e’tibor berilayotgani har bir o‘zbekning dilida faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida balandlarga ko‘tarayotgan qizlarimizning izdoshlarini tarbiyalashda, avvalo muhitni to‘laqonli shakllantirish borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar qilindi. Barchinoy avlodlari bo‘lgan o‘zbek qizlari ham e’tiboru e’tirofga javoban o‘zlarining hech kimdan kam emasliklarini namoyish etmoqdalar. Chempion sportchi qizlarning nomlarini ko‘plab keltirish mumkin. Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalarning yana biri “Barkam ol avlod - 2011” musobaqalarini keng miqyosda o‘tkazishga qaratildi.

Vatanimiz va xalqimizning dunyodagi shuhratini tobora orttirishda sportning ahamiyati beqiyosdir. Bu haqiqatni o‘zbek yoshlarining, ayniqsa sportchi qizlarimizning yirik miqyosdagi musobaqalardagi ulkan g‘alabalari tasdiqlaydi. O‘zbekistonda O’quvchi-qizlar sportining rivojlantirilishi uzoq tarix bilan bog‘liqdir.Ayolning sog‘ligi - bu buyuk yurtning ertangi kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘tgan asrlarda ham ayolarimiz go‘zalliklarini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiya o‘yinlari bilan shug‘ullanib kelganlar. Xususan, “Ohuva”, “Poygon”, “Kurash”, “Taka lov-lov”, “Ona-bola”, “Kuyov tanlash”, “Chavgon” singari O’quvchi-qizlarga xos milliy o‘yinlar faqatgina salomatlikka hissa qo‘shibgina qolmay, ular o‘rtasidagi ahillikni, do‘stlikni yanada mustahkamlashga ham xizmat qilgan.Bu kabi o‘yinlarda xalqning ijtimoiy hayoti, yashash tarzi, milliy xususiyatlariga keng e’tibor berilgan.
Hatto aniq dunyo olimlari Diogen, Gerodot, Polimeylar Sharq O’quvchi- qizlarining salomatligini, ularning mehnat qilishda harbiy ishlarda erkaklar singari faol ishtirok etganliklarini hikoya qiladilar.Oddiygina misol. Sitsiliyalik sayyoh Marko Polo turkiy xalqlar orasida Kavda shohining qizi Oyyotug‘ o‘ziga yor bo‘lishga talabgor bo‘lgan yigitlarga kim uni yakkama- yakka kurashda yengsa, o‘shanga tegishini aytgan. Yiqilgan yigit esa 100 tulpor ot jarima to‘lashi shart bo‘lgan.Qizlarimizning bu qadar alpligi bir oy yoki bir yilda shakllanmagan, balki bayramlarda, Navro‘z sayllarida turli o‘yinlarning tashkil etilishi, shuningdek, kun ora bo‘lib turadigan ommaviy o‘yinlardagi uzoq va muntazam mashqlar natijasida yuzaga kelgan.Eposda tasvirlangan qizlarga xos o‘yinlarning biri “Ohuvo” yoki halinchak uchishdir. Bu o‘yinni qizlar sevib o‘ynashgan. Halinchak uchish jarayonida yuqori tezlik va balandlikka erishish jismoniy kuch va quvvatni hamda jasurlik, qo‘rqmaslikni talab qilgan.Yoki qadimgi zodagon ayollarning “Chavgon” o‘ynashlari ulaming ot minishni mukammal bilishlarini, buning uchun jismonan baquvvat bo‘lishlarini talab etgan.
Zahiriddin Muhammad Bobuming opasi Hamidabonu ham 14 yoshligidayoq mohir chavandozlardek chavgon o‘ynashni mukammal bilgan. Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” kitobida Hamidabonuning jismonan baquvvat va mohirligiga shunday ta’rif berilgan: “Bo‘z otliq qizlardan Hamidabonu o‘yinchilar g‘ij-g‘ij bo‘lib turgan to‘daga o‘qday yorib kirdiyu, jilovni qo‘yib yuborib, chavgon cho‘pini ikki qo‘llab tutganicha, uzangiga oyog‘ini tiradida, uloqchilardek pastga engashdi. Bu qiz polvon kabi chaqqonlik bilan to‘pni chavgoncho‘pga ilintirib, to‘dadan olib chiqqanda Hamidabonuni kuzatib turganlar “Oh!” deb yubordi. Narigi darvoza himoyasiz qolgan edi. “Guyn” deb ataluvchi to‘pni chirpirak qilib, o‘sha tomonga olib otdi va chapdastlik bilan raqib darvozasi to‘riga to‘pni joylashtirdi”.
O’quvchi-qizlar orasida keng tarqalgan, dostonlar qatidan mustahkam joy olgan “Oq suyak”, “Tegma”, “Bekinmachoq” kabi o‘yinlar qadimda ko‘proq qorong‘u tushgandan so‘ng, oy yorug‘ida o‘ynalgan. Bu fikrlarni keksa onaxonlar xotiralari, shuningdek, Qori baxshi Umirov yozgan “Alpomish” dostonidagi quyidagi parcha ham tasdiqlaydi. “Kechki ovqatni yeb bo‘lgandan qizlarga: “Endi, qizlar, oy ham sutday yorug‘ ekan, avval oqshomdan yotib qolguncha o‘ynaymiz”, - deyildi. Dastlab “Qirinquv” o‘ynashdi, oxiri “Oqsuyak” o‘ynashdi. Oq suyak o‘yinining tartibi shunday bo‘ladi: qizlar ikkiga bo‘linishadi. Hamma uchun belgili oq suyak tanlanadi. Ikki tomon kelishilgan holda o‘rtalikda marra belgilashadi. Poyga joyini aniqlaydi. Chek tashlanib, chek tushgan tomon oq suyakni istagan tomonga otadi. Qolganlar ko‘zini yumib turadi. Otgan kishining qo‘lida suyak bo‘lmasa, ishtirokchilar uni izlab ketadilar. Kim topsa, boshqalarga sezdirmay, poyga joyiga olib kelishi lozim. Ammo tomonlar bir-birini poylab, kuzatib yuradi. Suyakni topgan kishini qarshi tomonbilib qolsa, suyakni poyga joyiga qanday usulda bo‘lmasin olib kelsa, yutib oladi va shu tomon suyak otadi. O‘yin shu tarzda davom etadi.
O‘yinlar faqatgina sog‘lomlashtiruvchi vosita bo‘libgina qolmay, u kishilarni mehnatsevar qilib tarbiyalashda ham turtki va asosiy usul bo‘lib hisoblangan. Hozirgi paytda sport turlari bilan nafaqat erkaklar, balki O’quvchi- qizlar ham shug‘ullanadi. Erkin kurash, sambo, dzyudo va armrestling bo‘yicha O’quvchi-qizlar o‘rtasida muntazam jahon chempionatlari o‘tkazib kelinadi. O’quvchi-qizlar bilan ishlash trenerdan ayollar organizmi to‘g‘risida ma’lum bir bilimga ega bo‘lishni taqozo etadi. Ayollar organizmining xususiyatlarini trenirovka jarayonini tuzishda hisobga olish juda muhimdir.
Ayollar organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funksional xususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar birinchi navbatda eng muhim biologik vazifa - onalik bilan bog‘liq. Shuning uchun ayollar bilan sport kurashi mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda turli yosh davrlarida (kichik yosh - 7 dan 11 gacha, o‘rta yosh - 12 dan 15 gacha, katta yosh - 16 dan 18 yoshgacha va yetuklik 19 yoshdan katta) ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish lozim. Ushbu yosh davrlarida ayol organizmining rivojlanishi bir tekis kechmaydi. 11 yoshgacha bo‘lgan qizlarda gavdaning uzunlikka o‘sishi vaznning oshishga nisbatan jadalroq kechadi. Vaznning har yili oshishi o‘rtacha 3-4 kg.ga teng bo‘ladi, gavda uzunligi 4-5 sm.ga ortadi. Bu yoshda qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘y, gavda og‘irligi va tana qismlari proporsiyalarida farq kuzatilmaydi.O‘rta maktab yoshida qiz bolalar, o‘g‘il boalalarga qaraganda, intiluvchan, intizomli, harakat texnikasiga e’tiborni osonroq jalb qiladilar, bardoshli va harakatchan bo‘ladilar. Bu yosh davrida qizlarning jismoniy rivojlanishi avvalgi davrdagi rivojlanishdan muhim darajada farq qiladi, chunki faol jinsiy yetilish davri boshlanadi.Jinsiy yetilish sababli qizlarda endokrin tizimida chuqur o‘zgarishlar vujudga keladi. Jinsiy bezlarning o‘sishi boshlanadi, qalqonsimon bezlarning faolligi gipofiz orqa qismining garmonal funksiyasi oshadi. Pubertat davrida jinsiy bezlarning morfologik va funksional rivojlanishi ular og‘irligining keskin ortishida namoyon bo‘ladi. Jinsiy belgilarning ikkinchi rivqjlanishi sodir bo‘ladi. Qizlarda menstrual siklning boshlanish davri odatda 12-15 yoshga, bir qator hollarda esa 1618 yoshga to‘g‘ri keladi.
Menstruatsiya paydo bo‘lishi vaqtidagi bunday katta farq ko‘pgina omillarga: irsiyatga, sog‘liqning ahvoliga, umumiy jismoniy rivojlanishga, qiz yashaydigan tashqi muhit sharoitlariga bog‘liq. 28 kunlik sikl (60%) eng ko‘p uchraydi, u 4-5 kun davom etadi.Jinsiy yetilish davrida nafas olish tizimining o‘sishi va rivojlanish sur’ati yuqori bo‘ladi, organizmning aerob imkoniyatlari oshadi. Yurak-qon tomir tizimining jismoniy nagruzkalarga moslashish mexanizmlari ushbu davrda hali mukammal bo‘lmaydi.16-18 yoshda jinsiy farqliklar hajm va proporsiyalarda, o‘smirlar hamda qizlarning funksional imkoniyatlari va umumiy ish qobiliyatida yanada aniq ko‘rina boshlaydi.
Katta yosh guruhidagi qizlar o‘smirlardan bo‘yi o‘rtacha 10-12 sm.ga, gavda og‘irligi buyicha 5-8 kg.ga orqada bo‘ladi. Qizlarning mushak og‘irligi gavda og‘irligiga nisbatan o‘smirlarnikiga qaraganda taxminan 13% ga kam, yog‘ to‘qimasi gavda og‘irligiga nisbatan taxminan 10% ga kam bo‘ladi. Ayollar organizmining hayotiy faoliyati bioritm qonuniyatlariga binoan kechadi. Bu organizmning ish qobiliyati biror davrda yuqori, boshqa davrlarda past deganidir. Ayollarning asosiy biologik xususiyati - buovarial menstrual sikl (OMS) vaqtida organizm funksional imkoniyatlarining to‘lqinsimon o‘zgarishidir. OMS deganda ayollar organizmida jinsiy yetilish davrida (menstruatsiya uning tashqi ko‘rinishidan biri hisoblanadi) har oy yuzaga keladigan siklik xususiyatli o‘zgarishlar tushuniladi.Menstrual faza sportchi qizlarda o‘rtacha 3-4 kun davom etadi. Bu davrda ular tushkunlik yoki qo‘zg‘aluvchan holatda bo‘ladilar, ko‘pincha uyquvchanlik, qorin ostidagi og‘riqlar, yomon uyqu, ishtahaning yo‘qolishidan nolishadi.
Menstruatsiya davrida organizmning katta jismoniy nagruzkalar va infeksiyalarga mustahkamligi buziladi, uning immunitetni himoya qilish vazifalari pasayadi, yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Postmenstrual faza mentsruatsiya tugashi bilan boshlanadi, o‘rtacha 5 kundan 10 kungacha davom etadi. Bu fazada murakkab fiziologik jarayon - follikulda tuxum hujayraning yetilishi, so‘ngra follikul devorchasining yorilishi hamda tuxum hujayranning chiqishi (ovulyatsiya) sodir bo‘ladi. Ovulyator faza - sportchi qizlar biologik siklining o‘rtacha fazasi taxminan 2-3 kun davom etadi. Sportchi qizlarda ovulyatsiya davri o‘ta alohidadir. U sportchi qizlarning fiziologik imkoniyatlarida aks etadi va trenirovka jarayonini tashkil qilishda albatta e’tiborga olinishi lozim.Postovulyator faza darhol ovulyator fazadan so‘ng boshlanadi va sportchi qizlarda 9 kundan 12 kungacha, biologik sikl davomiyligiga qarab davom etadi. Bu sportchi qizlarning yuqori ish qobiliyati fazasi hisoblanadi.Menstrual oldi fazasi yangi menstruatsiyadan 3-4 kun oldin boshlanadi va bosh og‘rishi, bosh aylanishi, g‘azablanishning yuzaga kelishi bilan kechadi. Ushbu fazada yurak qisqarish tezligi va arterial bosim oshishi mumkin. Bunda harakat tezligi, chidamlilik va sport natijalari pasayadi.Menstrual siklning kechishi va ayollar organizmining unga reaksiyasi xususiyati bo'yicha to ‘rtta guruhni belgilash mumkin.

  1. chi guruhga (55,6%) shunday sportchi qizlar kiritilganki, ularda siklning hamma fazalarida yaxshi kayfiyat va umumiy holat (funksional sinovlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha), yuqori sport natijalari saqlanadi.

  2. chi guruh sportchi qizlarda (34,5%) menstruatsiya davrida umumiy kuchsizlik, tez kuchayib boruvchi toliqish, uyquchanlik, trenirovka qilish istagining yo‘qolishi bilan ifodalanadigan gipotonik sindrom yuzaga keladi.

  3. chi guruh sportchi qizlari (5%) o‘ta g‘azablanadigan, ba’zan harakat bilan ifodalanadigan gipertonik sindrom belgilariga ega bo‘ladilar. Ba’zan qizlarda qorin ostida, kamdan kam hollarda umurtqa doirasida og‘riqlar, bosh og‘rishlari, notinch uyqu yuzaga keladi.

  4. chi guruh sportchi qizlarida (4,9%) menstrual faza paytida umumiy darmonsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynashi, bo‘g‘imlar va mushaklardagi sanchiqli og‘riqlar, notinch uyqu, tomir urishi va nafas olishning tezlashishi kuzatiladi.

Sportchi qizlarning menstrual sikllar davrida trenirovkada yoki musobaqalarda qatnashishi to‘g‘risidagi masala trener va vrach tomonidan tabaqalashgan holda hal etiladi. Kam tayyorlangan sportchi qizlar OMS ning menstrual oldi hamda menstrual fazalarida musobaqalarga qo‘yilmasligi kerak. Menstruatsiya davrida mashg‘ulotlarning davomiyligi qisqartiriladi.
Shu davrda jizzakilik, qorin ostida, umurtqa pog‘onasi doirasida og‘riqlar, bosh og‘riqlari yuzaga kelganda, shuningdek, kayfiyat yomonlashgan hollarda sportchi qizlar mashg‘ulotlar va musobaqalardan ozod etiladi.
Sog‘lom, yaxshi mashqlangan sportchi qizlar vrach ruxsati bilan menstruatsiya davrida ham musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Aynan shunday kunlarda sportchi qizlar odatdagi, ba’zan esa, o‘zi uchun eng yaxshi natijalarni ko‘rsatadilar.Sport natijalarining o‘sishi ayollarda, erkaklarda kabi, tanlangan sport kurashi turida ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlarida trenirovka nagruzkalarini me’yorlash samaradorligiga bog‘liq. Bunda OMS ning to‘lqinsimon tebranishlarini hisobga olgan holda nagruzkalarni rejalashtirish trenirovka jarayonini tuzishda murakkab vaziyatlardan hisoblanadi. Bir qator mutaxassislar OMS fazalariga muvofiq holda trenirovka nagruzkalarining oylik siklini tuzish sxemasini taklif qiladilar.
Sport kurashining hozirgi zamon darajasi ayollaming texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligiga katta talablar qo‘yadi. Umuman, ayollami kurash texnikasiga o‘rgatish erkaklarni o‘rgatish usuliyati tamoyillariga asoslanadi.
Faqat farqi shundaki, ayollar tomonidan bajariladigan texnik harakatlar amplitudasi bir oz kattaroq. Biroq ayollarning jismoniy tayyorgarligi yuqorida aytib o‘tilgan ularning organizmi xususiyatlari sababli farqqa ega.Ayollarda asab-mushak tizimi erkaklarga nisbatan kam natijalarga qodir.
Ayollarning maksimal kuchi erkaklarnikiga qaraganda o‘rtacha 40% past. Ayollar bilan shug‘ullanish uchun mashqlarni tanlashda gavdani juda orqaga egish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlardan voz kechish lozim, chunki ular bachadon qiyshayishiga olib kelishi mumkin. Gavda mushaklarini (qorinning tekis va ko‘ndalang mushaklari, gavdaning chuqur bukuvchilari) mustahkamlashga qaratilgan mashqlarga ko‘p vaqt ajratish zarur. Bir qator mashqlarni (og‘irliklar yordamida kuchni rivojlantirish, chidamlilikni tarbiyalash va boshq.) ancha kam og‘irliklar bilan hamda kam hajmda bajarish kerak. Trener, eng samarali uslubiyatdan foydalana turib, maqsadga muvofiq mashqlarni tanlayotib, erkaklarga nisbatan katta emotsional va qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan ayollar bilan ishlayotganligini doim yodda tutishi lozim. Shuning uchun ayollar bilan mashg‘ulot olib borishda e’tiborli hamda olijanob bo‘lishi kerak, bu ayniqsa tanqidiy ogohlantirishlarga taalluqlidir.
Ayollar bilan shug‘ullanishda tibbiy va pedagogik nazorat, shuningdek o‘z- o‘zini nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Trener, tibbiy-pedagogik nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish ma’lumotlarini umumlashtirib, vrach bilan birga sportchi qizlar organizmi holatini yanada puxtaroq, chuqurroq tahlil qilishi hamda shunga asoslanib o‘quv-trenirovka tartibini keyinchalik tuzishda zarur tuzatishlarni kiritishi mumkin.Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O’quvchi- qizlar sportini rivojlantirishda O’quvchi- qizlar organizmining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, ular bilan mashq, trenirovkalar, musobaqalar davrida bir nechta qoidalarga amal qilish lozim.



Yüklə 125,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin