Yog‘lar. Yog‘lar ham huddi oqsillar kabi asosiy ozuqali moddalar qatoriga kiradi va u ovqatlanishning asosiy komponenti hisoblanadi. Yog‘larning organizmda bajaradigan vazifalari xilma-xildir. Yog‘lar kunlik energiya sarfining 27-33% ni qoplab turadi, shu bilan bir qatorda yog‘lar xar bir hujayra tarkibiga kiradi, organizmda issiqlikning boshqarilishida faol ishtirok etadi, organizmga yog‘da eriydigan vitaminlarni etkazib beradi, organizmda
xolesterin almashinuvini boshqarib turadi, garmonlarning sintezlanishida, safro tarkibidagi kislotalar va prostoglandinlarning sintezlanishida qatnashadi xamda ovqatga ta’m berish vazifasini bajaradi. Yog‘larning organizmda bajaradigan vazifalari ularning xususiyatlari va hossalariga bog‘liq va u asosan yog‘ kislotalarining tarkibiga bog‘liqdir. Yog‘lar tarkibida bo‘ladigan yog‘ kislotalari to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalariga bo‘linadi. Ovqat tarkibidagi o‘simlik va hayvon yog‘larining optimal nisbati 1:3 yoki 2:3 bo‘lishi kerak, yoshi o‘tgan kishilar uchun 1:1 nisbatda bo‘lgani yaxshi. Mehnatga qobiliyatli o‘rta yoshli odamning yog‘larga bo‘lgan fiziologik extiyoji shaxsning jinsi, yoshi va mehnat faoliyatining turiga qarab o‘zgarishi mumkin, ya’ni 80 grammdan 169 grammgacha, biroq har bir shaxs uchun ham aloxida xisoblash usuli orqali extiyojni toppish mumkin, buning uchun shu organizmning oqsillarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda (1 gr oqsilga 1,2 gr yog‘ hisobida) hisoblab toppish mumkin.
Karbonsuvlar.Kunlik ovqat ratsionining asosiy qismi karbonsuvlardan iborat bo‘lib, ular asosan energetic (organizmning 56-57% energiyasi uglevodlar hisobidan) vazifani bajaradi. Bundan tashqari karbonsuvlar palstik jarayonlarda ham ishtirok etadi, ularning ayrim turlari esa nozik spetsifik ta’sirxususiyatiga ham egadir (askorbin kislota, geparin, geteropolisaxaridlar bo‘lib ular qon guruhini belgilab beradi). Polisaxaridlardan kletchatka ichak funksiyasini boshqarib boradi (ichak peristaltikasini, o‘t ishlab chiqarishni oshiradi), pektin moddasi esa ichakdagi chirituvchi mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi va ichakdagi zaharli tabiatga ega bo‘lgan moddalarni o‘ziga adsorbsiya qilib oladi va organizmdan chiqarib yuboradi.
Karbonsuvlarning energetik maqsadlarda ko‘plab ishlatilishini hisobga olib ovqat mahsulotlari bilan ularni doimiy ravishda ichakka tushib turishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda agar organizmga ortiqcha miqdorda karbonsuvlar iste’mol qilinsa, ular
yog‘larga aylanib yog‘ depolarida to‘planishi mumkin.
Karbonsuvlarning organizmda o‘zlashtirilishi ularning tarkibiga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, monosaxaridlar organizmda to‘liq o‘zlashtiriladi, disaxaridlar esa -96-98% ga va polisaxaridlar -85-86% ga o‘zlashtiriladi. Karbonsuvlarga boy bo‘lgan ovqat mahsuloti tarkibida ko‘p miqdorda kletchatka moddasi bo‘lsa, ular kamroq o‘zlashtiriladi va ularning ortiqcha miqdori organizmdan tezlikda chiqarilib yuboriladi. Tarkibida 0,4% dan ortiq kletchatka tutgan karbonsuvlar"himoyalangan" karbonsuvlar deb ataladi va bunday mahsulotlar ortiqcha vaznli va yoshi o‘tgan kishilar uchun ko‘proq tavsiya etiladi.
Karbonsuvlarning fiziologik me’yorlari jadval bo‘yicha 1 gr oqsil miqdoriga qarab hisoblanganda 4-4,5 gr miqdorida olinishi mumkin, shu bilan bir qatorda karbonsuvlarining sinfiga muvofiq optimal nisbati quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: polisaxaridlar (shu
jumladan kletchatka-2%) 80-90%. Mono- va disaxaridlar 10-20%. Monosaxaridlar uchun asosiy manba bo‘lgan mahsulotlar - asal va mevalardir. Polisaxaridlarning manbai esa sabzovotlar va donli
mahsulotlar hisoblanadi.