Mavzu: O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish reja



Yüklə 12,9 Kb.
səhifə4/6
tarix19.10.2023
ölçüsü12,9 Kb.
#157671
1   2   3   4   5   6
Mavzu O‘yinchoq va predmetlarga qarab hikoya qilishga o‘rgatish-fayllar.org

Didaktik o‘yinchoqlarning asosini xalq o‘yinchoqlari tash­kil qiladi. Ularni o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlanti radi. Ulardagi o‘yin vazifasi naqshlar, rasmlari tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar: suv, qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arg‘amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o ‘yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.
O`yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan boladi. Ular bolalarni o‘zlarining ajoyib xatti- harakatlari bilan quvontiradilar, syujetlari esa vaqtichog‘lik bag‘ishlaydi.
Qo‘lbola o‘yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiradilar.
Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari. O‘yinchoq bolalarni turli rang- barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlaning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar (shaqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivoj lantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o‘stirishga yordam beradi.
Kichik guruh. Ushbu guruhda o'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar emotsional shaklda, odatdagi oddiy ta'limiy o'yin ko'rinishida („Ajoyib xaltacha", „Bu kim?", „Sen nimani topding?") olib boriladi. O'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar ularni ko'rib chiqishdan boshlanadi. Tarbiyachi bolalar diqqatini o'yin-choqlarning tashqi ko'rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so'zlarning to'g'ri aytilishini nazorat qiladi.
Tasvirlash tarbiyachining savollari yordamida olib boriladi. Kichkintoylarga tugallangan hikoya berilmay, balki alohida jumlalar aytiladi, shuning uchun savollar yordamida uzuq so'zlar, jumlalar, luqma tashlashlar birlashtiriladi. Tarbiyachi bolalarning javoblaridan keyin ularni umumlashtiradi, o'yinchoqlar haqidagi namuna-hikoyani taklif etadi.

Yüklə 12,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin