Anvarova Ruxshona
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 810-23 guruh talabasi
Mavzu: O'YİNLAR- İJTİMOİY FAOLİYAT SİFATİDA
ANNOTATSIYA: Hozirgi sharoitda ta’lim tizimi faoliyatida pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar keng foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini amaliyotchi- tarbiyachi va o‘qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Kalit so’zlar: ta’lim, innovatsiya, ta’lim texnologiyasi, pedagogika
Annotation: In the current situation, pedagogical technologies, interactive methods are widely used in the preschool education system. One of the most pressing issues facing the science of pedagogy is to convey the essence, basic principles, laws of these technologies, ways of their effective use to educators and teachers.
Keywords: education, innovation, educational technology
KIRISH
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi.
O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma- ketligi va o‘zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi:
-maftunkorlik;
-kommunikativlik
-o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
-tashxis;
- o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;
- ijtimoiylashuvlik.
Ma’lumki, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir — bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni xohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
- asosiy va qo‘shimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |