Mavzu:Antik adabyoti va o‘zbek mumtoz adabyoti Antik adabiyot (lot. antiquus — qadimgi) — Yunonistonda yuzaga kelgan yozma adabiyot (mil. av. 9—8-asrlar). Bu adabiyotning ilk namunasi "Iliada" va "Odisseya" dostonlari boʻlib, bular "Go-mer dostonlari" deb ham ataladi. Gomer-dan tashqari Esxil, Sofokl, Yevripid va boshqa ham Antik adabiyotning yirik namoyandalaridir. Yunoniston va Qad. Rim adabiyotini Antik adabiyot deb qabul qilish bir yoqlama fikr. Chunki yozma adabiyotning eng qadim namunalari Sharqda, Shumer va Akkadda, Hindiston, Misr, Bobilda yaratilgan. Shumerli-klarning Gilgamesh haqidagi dostoni yunon adabiyotidan 2000-yillar ilgari sopolga yozib qoldirilgan.
Avesto“ — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. „Avesto“da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
Moniylik tavbanomasi
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, „Xuastuanift“ („Moniylik tavbanomasi“) uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.
Oʻrxun-Enasoy obidalari
Oʻrxun-Enasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.
8-13 asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ahmad Yassaviy
Ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona sheʼriyat boshlovchisi. 11 asrning soʻngida Sayram qishlogʻida Shayx Ibrohim oilasida tugʻilgan. Shayx Arslonbobdan taʼlim olgan. Buxoroda Yusuf Hamadoniyga uchinchi xalfa boʻlgan, shayxlikni Hamadoniyning toʻrtinchi xalfasi Abduxoliq G`ijduvoniyga topshirib, Yassiga qaytgan. Oltmish uch yoshida chillaxona qazdirib, „buyuk turk piri olamdan etakni silkkan“ (Alisher Navoiy).
Oʻgʻuznoma
„Oʻgʻuznoma“ dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida ikkita kitobiy doston boʻlib, „Dada qoʻrqut kitobi“ va „Oʻgʻuznoma“dir.
Mahmud Qoshgʻariy
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al–Qoshgʻariy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. Qoshgʻarda tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan. „Devonu lugʻotit-turk“ asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. „Devon“da tilga olingan „Javohirun-nahvi fi lugʻatit-turki“ („Turkiy tillarning nahv qoidalari“) asari bizgacha etib kelmagan.
Yusuf Xos Hojib (Bolasogʻuniy)
Ilk turk dostonnavisi Bolasog`unda tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan „Qutadg`u bilig“ („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u O`R FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning „mutaqoribi musammani mahzuf“) vaznida yozilgan
Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi.
Nosiriddin Rabgʻuziy
Yirik adib va dinshunos. Xorazmning Raboti Oʻgʻuz qishlogʻida tugʻilgan, u yerda qozilik qilgan. Moʻgʻul istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar „Kisasul-Rabgʻuziy“ muallifi. Asar moʻgʻul hukmdori Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan hijriy 710 yilda (mil. 1310 yil) yozilgan..