Mavzu: O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari


«O`ZBEK TILINING ESKIRGAN SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»



Yüklə 19,24 Kb.
səhifə2/2
tarix23.05.2023
ölçüsü19,24 Kb.
#120902
1   2
O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI

«O`ZBEK TILINING ESKIRGAN SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI»

«O`zbek tilining eskirgan so`zlar o`quv izohli lug`ati» – o`zbek adabiy tilining me’yoriy lug`atidan biri. Lug`at X.Norxo`jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan.

Lug`atda so`zlar quyidagicha tavsiflangan:
I. Har bir so`zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.
II. Lug`atda so`zlarning, asosan, hozirgi o`zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.
III. So`zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:
DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg`ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug`lash uchun ishlatiladigan so`z.
IV. Bosh so`zlarning mustaqil ko`chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko`chma belgisi bilan ta’minlangan.
V. Lug`atda ayrim so`zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.
Masalan:MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, chorsi.

VI. Ayrim so`zlarning boshqa so`zlarga birikib qoshma so`z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug`atda atash vazifali so`zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so`z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko`rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo`li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.

Masalan:


ABAD (a) Oxiri, poyoni yo`q kelajak zamon, mangulik.

ABAJUR (r

VIII. Ko`makchilar, bog`lovchilar, yuklamalar, undoshlar, taqlidiy, tasviriy va modal so`zlarni izohlashda tushuntirma izoh usulidan foydalanilgan.

Bunda mazkur so`zlarning ma’nosi, vazifasi tushuntirilgan.

Masalan:

ORIY (f-t) Shundoq, rost, albatta.

IX. Ba’zi yasama so`z ma’nolarini ochishda grammatik izoh usullaridan foydalanilgan. Bunda so`zning ma’nosi shu so`z havola qilingan so`zning izohidan anglashiladi.

XI. Lug`atda ma’nodoshlarning betaraf va faollari izohlangan, qolganlari esa ularga havola qilingan. Masalan:

JARROH (a) Xirurg.

XII. Ayrim hollarda, izohdan keyin, so`z ma’nosini to`laroq ochish, izohni to`ldirish maqsadida izohlanuvchi so`zning antonimidan ham foydalanilgan bo`lishi kerak.

Masalan:

ZEHNIYAT (a)…

ZINDON (f-t)…

DAFTARNAVIS (grek +f-t)…

XIII. Ma’nodoshlar boshqa turdagi izohdan keyin ham ishlatilgan. Bunda ular izohni to`ldirish, ko`p ma’noli so`zlar ma’nolarini bir- biridan yaqqolroq faqlash uchun xizmat qiladi.

Masalan:


VALLOMAT Valine’mat. 1.Oqsoqol, boshliq, amaldor. 2. Sarboz, yigit. 3. Oz mehnati singmagan narsalarga, birovnikiga saxiylik, xo`jayinlik qilaveradigan odam; errayim.

Lug`at izohli lugatning bir ko`rinishi.



Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Safayev N., G‘afforov B. Muomala sirlari.- T.: Navro‘z, 1992.


2. Siddiq Mo‘min . So‘zlashish san’ati.- Farg‘ona, 1997.
3. Mahmudov N., Ma’rifat manzillari.- T.: Ma’naviyat, 1999.
4. Ortiqov A., Ortiqov A., Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.- T., 2002.
5. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. -T., 2004.
Yüklə 19,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin