Mundarija : Kirish…………………………………………………………………………….2 I.BOB.YUKLAMALAR haqida malumot berish …………………………….4 1.1 YOrdamchi so‘zlarning grammatik tabiati.......................................................9 1.2 Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlari...........................................................18 II.BOB Bog‘lovchilarning stilistik xususiyatlari..................................................22 2.1 YUklamalarning stilistik xususiyatlari..............................................................24 2.2 O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar sinonimiyasi.-------------------------------------35 Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................39
Kirish
O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funktsional-stilistik xususiyatlari A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan va nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.
Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish ob`ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan.
Jumladan, H.Berdiyorovning“Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” mavzuidagi (Samarqand, 1949), X.T.Axtamovaning“Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab analitik so‘ngshakllar” nomli nomzodlik dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning“Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Toshkent, 1951), SH.SHoabdurahmonovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar” (Toshkent,1953), R.Rasulovning“O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-grammatik xususiyatlari” (Toshkent,) T.Rustamovning“O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1995), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent,1991) monografiyalari bevosita o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan.
“O‘zbek tili grammatikasi, I tom. Morfologiya” (Toshkent, 1975.) akademik nashrida, A.N.Kononovning“Grammatika yazika tyurkskix runicheskix pamyatnikov.VII-IX vv.” (L.,1980), “Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika” (M.-L., 1960), S.Mutallibovning“Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk” (Toshkent,1959), E.Fozilovning“O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi” (Toshkent,1965), A.M.SHerbakning“Grammatika starouzbekskogo yazika” (M.-L.,1962), G‘.Abdurahmonov va SH.SHukurovlarning“O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” (Toshkent, 1973) singari asarlarda ham ko‘makchilar tadqiqiga doir maxsus bo‘limlar mavjud.
Bundan tashqari o‘zbek tili tarixi va adabiy til grammatikasini o‘rganishga doir darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham ko‘makchilar borasidagi fikrlar anchagina. U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullaevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent,1992), SH.SHoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev, I.Rasulov, X.Doniyorovlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent, 1980), G‘.Abdurahmonov, A.Rustamovlarning “Qadimgi turkiy til” (Toshkent,1982), J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism.Tarixiy morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” (Samarqand, 2003) singari darslik va o‘quv qo‘llanmlari shular jumlasidandir.
Ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar son jihatdan salmoqli bo‘lganligi uchun ularni ma`lum guruhlarga ajratish mumkin. A.A. Koklyanovaning “O‘zbek tilida so‘ngko‘makchilar va ko‘makchi otlar”, H.G‘.Ne`matovning“XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar (“Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Hibatul haqoyiq” materiallari asosida)”, G.F.Blagovaning“XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida” maqolalari ko‘makchilarni diaxronik, A.G‘ulomovning“Ko‘makchili konstruktsiya haqida”, U.Tursunovning“O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar” maqolalari sinxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lsa, O‘.Saidovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarning o‘rganilishiga doir” maqolasida esa bu borada yaratilgan tadqiqotlarga obzor berilgan. V.Egamovning “O‘zbek shevalarida so‘ng ko‘makchili so‘z birikmalarining semantik-grammatik munosabatlari”, X.Jo‘raevning “Ko‘makchilarni sheva materiallariga taqqoslab o‘rganish”, T.Almamatovning “Xalq shevalarida “tur” ko‘makchi fe`li haqida” maqolalariga sheva materiallari asos bo‘lgan. A.Abdullaevning “Ko‘makchilar yordami bilan tarkib topgan so‘z birikmalarida ifodalangan sintaktik munosabatlar”, O.Amirovaning“Sabab hollarining ko‘makchi konstruktsiyali so‘zlar bilan ifodalanishi” ko‘makchilar sintakik munosabatlar doirasida qaralgan.
Biz ularga zaruriyatga qarab kerakli o‘rinlarda murojaat qilamiz. Ammo bu sohada maxsus kuzatishlar olib borgan H.Berdiyorov va T.Rustamovlarning tadqiqotlariga to‘xtalish joizdir.