Goh sevinib she`r to‘qiyman men. Tinglamasa o‘zgalar agar O‘z-o‘zimga she`r o‘qiyman men Keltirilgan matnda goh teng bog‘lovchisining ikki misrada ham takror qo‘llanishi lirik qahramonning xatti-harakati (kuylayman, she`r to‘qiyman va she`r o‘qiyman)ning davomiyligi, bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini ifodalashga xizmat qiladi.
Endi quyidagi nasriy parchaga diqqatni qarataylik: SHahardagi hamma soatlar besh minut ilgari – noto‘g‘ri bo‘lsa va hamma shunga amal qilsa, sening soating besh minut keyin – to‘g‘ri bo‘lganidan nima foyda?! (A.Qahhor. Hikmatga moyil fikrlar).
Keltirilgan bu parchada va biriktiruvchi bog‘lovchi qo‘llanib, uyushiq bo‘laklarni o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kiritishi pragmatik hosila ma`no – ko‘pchilik ozchilikni engadi, oqimga qarshi suzib bo‘lmaydi, degan muhim ijtimoiy-falsafiy fikrning yorqin ifodalanishiga vosita bo‘lgan. Bu esa har qanday gapdan anglashiladigan mazmun bilan fikr sub`ekti o‘rtasidagi munosabatlar pragmatikaga dahldor ekanligini ko‘rsatadi. Nutqiy akt, predikativ bo‘lmagan so‘zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi kabi tushunchalar lingvistik pragmatikaning markaziy tushunchalari qatoriga kiradi. Bunday tushunchalar matn tarkibidagi teng bog‘lovchilar pragmatikasi tadqiqida ham muhim ahamiyatga egadir.
Har qanday til birligi, jumladan yordamchi so‘zlar tarkibiga kiruvchi teng bog‘lovchilar ham nutq jarayonida pragmatik, hosila ma`no kasb etadi. Aslida bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni hamda uyushiq bo‘lakli murakkab sodda gaplar orasidagi turli xil munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llanuvchi yordamchi so‘zlardir. (SHoabduraxmanov SH. va bosh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 1-qism. – T.: O‘qituvchi, 1980, 424-bet). Matn talabi bilan ular xilma-xil pragmatik, hosila ma`nolar ham kasb etishi mumkin. Masalan, quyidagi matnga diqqat qilaylik: Samarqand – o‘zining boy tarixi, buyuk madaniyati, muqaddas obida va koshonalari bilan shuhrat qozongan dunyo taraqqiyotining beshiklaridan biri bo‘lib, bugun ham o‘z salohiyati va betakror qiyofasi bilan jahon miqyosida ming-minglab muxlislarni o‘ziga maftun etib kelayotgani, xalqimizning g‘urur va iftixoriga aylanganihaqida gapirish ortiqcha, deb o‘ylayman (I.A.Karimov).
Bu matnda va bog‘lovchisi uch marta takror qo‘llangan, birinchi marta (obida va koshonalari bilan) va ikkinchi marta qo‘llanish (salohiyati va betakror qiyofasi bilan) uyushiq bo‘lakli aniqlovchilarni ta`kidlash, matnga kuchli, ko‘tarinki ruh bag‘ishlash uchun xizmat qilgan. So‘nggi qo‘llanishda esa (g‘urur va iftixoriga aylangani) to‘ldiruvchilardan birining tushirib qoldirilgan grammatik ko‘rsatkichlarini (-iga) mantiqan tiklanishi uchun vosita vazifasini bajaradi.
Ba`zan nasriy matnlarda ortiqcha jimjimadorlikka intilib, ortiqcha, noo‘rin qo‘llangan biriktiruv bog‘lovchilari ham ko‘zga tashlanadi: Muhabbat – g‘ishtlari sog‘inch va hijron olovida pishgan, loylari ko‘z yoshlaridan qorilgan, balandligi umid va orzulardan ko‘tarilgan, mardlik va fidoyilikdan ziynatlangan va sadoqat tufayli abadiyatga yuz tutgan minoradir (Muhammad Ismoil. YOzuvchi yon daftaridan). Bu matnda va bog‘lovchisining to‘rt marta qo‘llanishi, yuqorida keltirilgan matnning ayniqsa oxirgi qismlarini tushunishni, undagi pragmatik ma`noni anglash jarayonini qiyinlashtiradi.
SHe`riy matnlarda biriktiruv bog‘lovchilari turli xil pragmatik imkoniyatlarini ko‘proq namoyon etadi. Masalan, taniqli shoir, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning “Hakim va Ajal” dostonidan olingan quyidagi parchalarga diqqat qilaylik:
1. Kori xayrga baxsh etardi lahzayu onni, Ortar edi kitobida qayd va sahifa. Matnda –yu yuklamasi bilan va bog‘lovchisi o‘zaro ma`nodoshlik hosil qilgan. Qiyoslang: lahzayu onni // lahza va onni; qayd va sahifa // qaydu sahifa. 2. Uni taftish qilmoqdaydi Malika ayon Va barobar pinxon dilin borardi yorib. Matnda va bog‘lovchisi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash hamda bog‘langan qo‘shma gapni vujudga keltirish vositasi sifatida ko‘rinadi. 3. Va axiyri panoh istab kelmish bu tomon, Dong‘i ketgan ulug‘ Hakim, yurtdosh vazirga Matnda va bog‘lovchisi oldingi gapni keyingi gap bilan bog‘laydi, shu asosda mantiqiy bog‘lanish vujudga keladi. 4. Nogahonda duv yorishdi Hakimning yuzi, Dedi: - Olgil istagancha oltin va kumush, Seni menga parvardigor yo‘lladi o‘zi, Topshiraman senga Mirzo, og‘ir bir yumush. Matnda va bog‘lovchisi uyushiq to‘ldiruvchilarni o‘zaro bog‘lash uchun vosita bo‘lmoqda. 5. Qirqqa etgach jonlanadi marhum mutlaqo, Tilga kirar va oyoqqa turgaydir beshak Bu matnda va bog‘lovchisi so‘zlarni emas, balki iboralarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qilmoqda: qiyoslang: tilga kirmoq va oyoqqa turmoq. 6. Bormikin yo tiriklikda o‘zga tartibot, CHeklimikan mavjudotning haddi, sanog‘i?