Mundarija : Kirish I. Bob. Yuklamalar haqida malumot berish



Yüklə 158 Kb.
səhifə7/11
tarix15.06.2023
ölçüsü158 Kb.
#131013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.1 YUklamalarning stilistik xususiyatlari.

Mustaqil va sof yordamchi so‘zlar orasidagi munosabatlarni oraliq uchinchisiz – mustaqil-yordamchi so‘zlarsiz aniqlash qiyin. SHuning uchun yordamchi so‘zlarni hech qanday mustasnosiz yo qo‘shimchalar, yoyinki so‘zlar sostaviga kiritish bir tomonlama fikr dir; yordamchi so‘z turkumlarida ularni qo‘shichalar bilan yaqinlashtiruvchi elementlar ham, mustaqil so‘zlar bilan ham yaqinlashtiruvchi elementlar mavjud


Oraliq uchinchining til sistemasidagi o‘rni juda katta; ular til struktur elementlari taraqqiyotining natijasi bo‘lib, til sistemasining uzluksizligini (tildagi turli xususiyatlarga ega bo‘lgan elementlarning uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog‘lanishini) ta`minlaydi”. (Ne`matov H.G‘. XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar, 48-50).
Darhaqiqat, ko‘makchilarning funktsional ko‘makchilar deb ataladigan ma`lum qismi mustaqil va yordamchi so‘zlar oralig‘ida ekanligiga hech kim e`tiroz bildirmaydi. SHunday ekan, H.Ne`matovning bu boradagi qarashlari ham chuqur ilmiy asosga egadir.
Bizni bu o‘rinda mavzu tadqiqi talabdan kelib chiqib, funktsional ko‘makchilardagi birinchi xususiyatni e`tibordan qochirmagan holda uning ikkinchi xususiyati – ko‘makchilik vazifasini bajarishdagi o‘ziga xosligi qiziqtiradi, albatta. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: avval, avval, asno, asosan, atrofida, baravariga, beri, bo‘yi, bo‘ylab, bo‘lak, bob, boshlab, boshqa, buyon, burun, davomida, deb, dovur, yoq, yon, ilgari, ich, yo‘lida, keyin, ketidan, ko‘ra, misol, muvofiq, nari, nariga, natijasida, nisbatan, oldin, oldida, ora, orasida, ost, osha, ro‘para, sifatida, so‘ng, soyasida, tag, taraf, tashqari, tepa, to‘g‘rida/to‘g‘risida, tomon, tortib, tub, ust, ustida, xususan, xususida, chamasi, yaqin, o‘zga, o‘rniga, o‘rtasida, qarab, qaramay, qaramasdan, qarshi, qatorida, qosh, holda, huzuri (-ga, -da).
Ishda hozirgi o‘zbek tilida nisbatan faol hisoblagan ko‘makchilar atrofida mulohaza yuritilgan.
AVVAL.“Izohli lug‘at”da avval so‘zining 4 ma`nosi berilgan bo‘lib, u birinchisida ot, ikkinchi va uchinchi ma`nolarida ravish, faqat to‘rtinchi ma`nosidagina ko‘makchidir: “4.ko‘m. (bosh kelishik va chiqish kelishigi bilan) Biror voqea, hodisa yoki harakatning boshqasidan yoki shu haqda so‘z borayotgan vaqtdan oldin bo‘lganligini bildiradi. Uchrashuvdan avval. Bundan to‘rt yil avval”. (O‘TIL.I,23).
“O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da bu so‘zning sinonimik qatoriga ilgari, oldin, burun, qadim so‘zlari kiritilgan. A.Hojiev bu birliklarning mustaqil va yordamchi ma`nolarini farqlab, quyidagilarni yozadi: “Avval, ilgari, oldin, burun so‘zlari chiqish kelishigidagi so‘zni yoki vaqt bildiruvchi so‘zni boshqarib, ko‘makchi so‘z vazifasida qo‘llanadi va harakat-hodisaning chiqish kelishigidagi so‘z bildirgan narsa-hodisagacha bo‘lgan vaqtga oidligini biliradi. Bunda ularga muqaddam so‘zi ham sinonim bo‘ladi”. (HA.O‘TSIL,9).
“O‘zbek tili grammatikasi”da esa oldin/avval, burun, ilgari ko‘makchilarining sharhi berilgan. Jumladan quyidagilar qayd etilgan: “Oldin/avval. Bu ko‘makchilar burun va ilgari ko‘makchilariga sinonim bo‘lib, ular bildirgan ma`nolarni anglatadi: Urushdan oldin (/avval,/burun/ilgari) qurilgan”.(I,558). “Burun. Bu ko‘makchi ish va harakatni o‘zi biga kelgan so‘z anglatgan ish-harakatdan, voqea va bajaruvchi shaxslardan oldin sodir bo‘lgani ma`nosini anglatadi: Tansiq o‘z ishini hammadan burun bajarib uyga qaytdi (Oybek)”.(I,557). “Ilgari. Bu ko‘makchi payt munosabati bildirib, biror hodisa, ish-harakatning voqe bo‘lishida undan oldin sodir bo‘lgan hodisa yoki vaqt ma`nosini bildirish uchun qo‘llanadi. Quyidagi so‘zlar bilan munosabatga kirishadi: Ot va olmoshlar bilan keladi: Bu korxayr. Sendan ilgari men tarafdorman (Oybek). Vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan keladi: Bundan o‘n besh kuncha ilgari Kumush onasiga bir xat yozgan edi (A.Qodiriy). Fe`l formalari bilan keladi: Amrga e`tiroz etishdan ilgari shu to‘g‘rida javob bersangiz (A.Qodiriy)”.(I,558).
Ushbu ko‘makchi tadqiqiga bag‘ishlab T.Qurbonov va N.Ernazarovlar “YOrdamchi so‘zlar stilistikasiga doir” nomli maqola e`lon qilishgan (QT., eN. 77-81). Maqolada avval ko‘makchi sifatida bosh yoki chiqish kelishigidagi ot, otlashgan so‘zlarni boshqarib, ularning hokim bo‘lakka tobelanishini ko‘rsatuvchi, shu ma`noda unga ilgari, burun, muqaddam, oldin, qadim kabi so‘zlar sinonim bo‘lib kela olishi, ular uchun umumiy bo‘lgan ma`no xususiyati – voqea-hodisa yoki ish-harakatning o‘tgan vaqtda, hozirga qadar sodir bo‘lganligini anglatish ekanligi, ammo ular hamma vaqt ham funktsiyadoshlik qilavermasligi haqida gap boradi hamda oldin so‘zi avval ko‘makchisining asosan og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xos sinonimi hisoblanishi, o‘zbek fol’klori asarlari tilida esa avval ning sinonimi sifatida qadim so‘zi ko‘plab qo‘llanganligi ta`kidlanadi. SHundan so‘ng maqolada yuqorida keltirilgan sinonimik qatordagi so‘zlar o‘zaro vazifadoshligiga ko‘ra tahlil qilinadi. Birinchi tartib soni ham ayrim holatlarda ko‘makchi vazifasini bajarib kelishi mumkinligi aytilib quyidagi misolni keltiradi: Birinchi o‘zlaring buzasanlar qoidani, deb to‘ng‘illadi (S.Siyoev). (QT., eN. 78-79).
Aytilganlarga quyidagilarni qo‘shimcha qilish mumkin: dominantasi avval so‘zi bo‘lgan sinonimik qatordagi so‘zlarning o‘rnini bemalol almashtirib qo‘llash mumkin va bunda deyarli mazmunga putur etmaydi. Ular orasida faqat ilgari so‘zi bo‘g‘inlar soniga ko‘ra ulardan farqlanadi va buning she`riy asarlar uchun ahamiyati bor: Turkman qiz quyoshdan turib ilgari, Ko‘tarma kranda yuksak uylarni… (Zulfiya)- Turkman qiz quyoshdan turib avval, Ko‘tarma kranda yuksak uylarni… Hatto tomchisidan ilgari kelib Terib olajakmiz har ko‘sak durni! (Zulfiya) - Hatto tomchisidan avval kelib Terib olajakmiz har ko‘sak durni! (Zulfiya).
Sinonimik qatordagi so‘zlarga uslub talabi nuqtai nazardan qaraganda ham A.Hojievning quyidagi fikrlarini inobatga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi: “Avval, oldin so‘zlari kontekst yoki boshqa biror vosita yordamisiz “o‘tmish” ma`nosini aniq ifodalay olmaydi. Ilgari, burun, qadim so‘zlari esa “o‘tmish” ma`nosini aniq ifodalay oladi. Ilgari so‘zi, ko‘pincha, avval, oldin so‘zlariga nisbatan uzoqroq o‘tmishni ifodalash uchun qo‘llanadi. Oldin ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos. Burun so‘zi ilgari so‘ziga nisbatan ham uzoqroq o‘tmishni bildiradi. Lekin ilgari, avval, oldin so‘zlariga nisbatan kam qo‘llanadi. Qadim so‘zi burun so‘ziga nisbatan ham uzoq o‘tmishni bildiradi” (HA.O‘TSIL,8). Darhaqiqat, mana bu misollarda bayon etilayotgan voqeadangina oldin bo‘lganini ma`lum qilish uchun ishlatiladi: Lekin uni bag‘rimga bosishdan avval, Temir kishanlarini ko‘zimga surtdim! (Zulfiya). Mavlono Fazliddin devor tepasidagi xatarga Xonzoda begim hammadan avval ro‘baro‘ bo‘lishidan qo‘rqdi-yu, zinapoyaga birinchi bo‘lib qadam qo‘ydi (PQ,YUT,134). Oldin ko‘makchisi orqali esa bo‘lib o‘tgan voqea-hodisaning vaqt nuqtai nazaridan mavhumligi ifoda etilishi ma`lum bo‘ladi: Ular hali biror marta hamsuhbat bo‘lmaslaridan va ruhan yaqinlashishga ulgurmaslaridan oldin boshlangan jismoniy yaqinlik Bobirga uyat ishdek tuyular va uning ilgarigi musaffo tuyg‘ularini poymol qilayotganday bo‘lardi. (PQ,YUT,158). Ular ayvonga chiqar ekanlar, Mavlono Fazliddin bundan salkam uch yil oldin Quvasoy bo‘yida bo‘lib o‘tgan qonli voqealarni yana bir esladi ( PQ,YUT,99).
Bu holat uning rasmiy va ilmiy uslublar doirasida ham faol qo‘llanilishiga asos bo‘ladi: Ilmiy unvon berish haqidagi qaror o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin qabul qilingan bo‘lsa, uning qanchalik asoslanganligi xususidagi masalani attestatsiya organlari ko‘rib chiqmaydi. (OAK Nizomi,39).
Ilgari so‘zi ham ko‘makchi sifatida kitobiy uslublarda faoldir: Kengash majlisini ochish oldidan “Ilmiy darajalar berish tarkibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq ilgari tuzilgan komissiya xulosasining loyihalari kengash a`zolariga tarqatiladi. (OAK Nizomi,9).
Ammo burun, muqaddam va qadim so‘zlarining hozirgi adabiy tilimizda qo‘llanish doirasi bir qadar chegaralanib qolganligi, asosan badiiy matnlarda ishlatilayotgani kuzatiladi: Bundan uch kun burun naqshbandiy darvishlaridan biri Zuhra begimga SHayboniyxondan maxfiy bir xat keltirib bergan edi (PQ,YUT,168). Lekin bundan o‘n besh kuncha burun Ahmad Tanbal degan yana bir badavlat bek Mulla Fazliddinni so‘roqlab, kechki payt uning uyiga keldi ( PQ,YUT,15). G‘ani Murodov ikki yil muqaddam otpuska olib va shu bilan birga maktabdan ham bo‘shab ketgan edi (P.Tursun). Nimadir qalbimni uyg‘otib, bahordan ilgari Qo‘zg‘atar vulqonday sevinchbaxsh ilhomlar (Zulfiya). SHu bilan birga huquqshunoslar avval o‘rniga muqaddam ni qo‘llashni afzal ko‘rishadi:…bundan muqaddam sudlanmagan (tergov bayonnomasidan). Qabriston bundan o‘n yillar muqaddam to‘lganligi uchun marhumlar dafn etilmay qo‘yilgandi, shu sababli bu tomonga odamlar kam qatnardi (I.Nishonov. Qabr ichidagi qasr,2).

Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin