1.2 Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlari.
SHunday qilib, o‘rin kelishigi ko‘rsatkichi -da vosita, holat, birgalik singari ma`nolarni anglatish barobarida bilan ko‘makchisiga sinonimik munosabatda bo‘ladi. Hatto mana bu: Qalandarov bir haftaning ichida hamma rasm-rusumni joyiga qo‘yib, Hurinisoni nikohlab olibdi misolidagi ichida so‘zini ichi bilan ga almashtirish mumkin. Mazmun buzilmaydi va bu erda ham sinonimik munosabat mavjud bo‘ladi. Ammo shunday qilinsa, nutqdagi osonlikka intilish qonuniyatiga putur etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, -da ning ham, bilan ning ham qo‘llanishida o‘z uslubiy imkoniyati va chegarasi mavjud.
Harqalay, o‘zbek tilida –da qo‘shimchasining grammatik imkoniyatlari keng ko‘rinadi. U bir ma`nosida bilan ko‘makchisiga, boshqa bir ma`nosi bilan va, ham bog‘lovchilariga ham sinonim bo‘la olishi mumkin: keldida ketdi, kirdida yotdi, yotdida uxladi / keldi va ketdi, kirdi va o‘tdi, yotdi va uxladi. Bu qiyoslanayotgan misollar o‘rtasidagi farq grammatik emas, balki uslubiy farq sanaladi. CHunki bu yordamchi so‘zlar jumlalarda bir xil grammatik vazifani - tenglikning ifoda etayotgan bo‘lsa ham, ma`lum uslubiy ayrichaliklarga ega. Birinchi holatda tenglikdan ko‘ra ketma-ketlik va ta`kid ma`nosi kuchliroq. CHunki qo‘shimcha bu erda kelishikka emas, balki yuklamaga daxldor. Ammo A.G‘ulomov va R.Qo‘ng‘urovlar unga bog‘lovchi sifatida qarashadi: “-da. V bog‘lovchi, bunday vaqtda u va, ham bog‘lovchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi (ma`no ottenkasida farq bor): …keldi/da ketdi // …keldi va ketdi; kelsa/da ishlamadi // kelsa ham ishlamadi”. (G‘A.QR. O‘tml, 410).
-dan bilan. Sinonimik munosabatning bu ko‘rinishida biroz zo‘rama-zo‘rakilik borday tuyuladi. Bu –dan va bilan birgalikda o‘zlari birgalikda kelayotgan so‘z tarkibidagi grammatik o‘zgarishga bog‘liq holda yuz beradi: O‘tirishi bilan gap boshladi / O‘tirgandan gap boshladi: o‘tirishi – o‘tirgan kabi.
Quyidagi chiqish o‘rnini bildirgan holatlarda ular o‘rtasida sinonimiyani payqash mumkin: dala bilan keldim / daladan keldim, soy bilan keldim soydan keldim, maktab bilan keldim / maktabdan keldim singari. Bir qaraganda ularni sinonim deb atash qiyin. CHunki –dan ishtirok etgan jumla to‘g‘ridan-to‘g‘rilik ma`nosini anglatmoqda. Agar bilan ishlatilgan holatni birgalik ma`nosida tushunsak, mantiqqa zid bo‘lishi mumkin. SHuning uchun bu erda ma`lum izoh talab etiladi. Bu izoh shundan iboratki, gapda har ikki vosita ham alohida ohang bilan, ya`ni cho‘zib talaffuz etilsagina sinonimik munosabat vujudga kelishi mumkin: maktab bila-a-n keldim / maktabda-a-n keldim kabi. Mana shunday holatda u orqali, tomondan ko‘makchilari bilan ham sinonim bo‘ladi: dala orqali keldim, soy orqali keldim, maktab orqali keldim; dala tomondan keldim, soy tomondan keldim, maktab tomondan keldim singari.
Biroq hamma erda ham chiqish o‘rin ma`nosini anglatgan holatlarda ular sinonim bo‘laveradi, deyish to‘g‘ri emas: qishloqdan keldi, yurakdan gapirdi deyiladiyu, ammo qishloq bilan gapirdi, yurak bilan gapridi deyilmaydi.
Harakatning bajarilishida vosita bo‘lganda sinonim bo‘ladi: SHu yo‘ldan boradi mening yoshlik ham, O‘sha erdan tilaydi sharaf (Zulfiya), SHu yo‘l bilan boradi mening yoshlik ham, O‘sha erdan tilaydi sharaf; Bir talay sho‘x-shodon talabalar zina bilan ko‘tarilishmoqda edilar / Bir talay sho‘x-shodon talabalar zinadan ko‘tarilishmoqda edilar singari.
Matndan sabab ma`nolari anglashilganda ham ular sinonim bo‘ladi: Buncha go‘zal, bu qadar dilbar, / Zafar bilan yangragan bu soz! (Zulfiya) // Buncha go‘zal, bu qadar dilbar, / Zafardan yangragan bu soz! G‘arbdan kelgan zulmat so‘kildi chok-chok, / Sening o‘g‘illaring ochgan o‘t bilan (Zulfiya) // G‘arbdan kelgan zulmat so‘kildi chok-chok, / Sening o‘g‘illaring ochgan o‘tdan.
Mana shunday holatlarda ular sababli, tufayli so‘zlari bilan ham sinonim bo‘la olishi ma`lum bo‘lib turadi. So‘zlarni chog‘ishtirish hatto bu ikki so‘z va bilan o‘rtasidagi sinonimik munosabatning –dan ga qaraganda yaqin va tabiiyroq ekanligini ko‘rsatadi: Mehnat bilan zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi (Zulfiya) // Mehnat sababli zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi // Mehnat tufayli zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi. YAna: SHirin ekan farzand, u bilan / Oilaga kirar ekan jon (Zulfiya).
-dan va bilan sinonimiyasida nozik holatlar bor. Masalan: Sen bilan ajralishni istamayman gapidagi –ish birgalik darajasini emas, balki harakat nomini ifoda etgan. SHunday ekan, gapda harakatning bajaruvchisi bir kishi va bu erda bilan ning ishlatilishi o‘rinli emas. Gap Sendan ajralishni istamayman tarzida tuzilishi kerak. endi boshqacha holatni tasavvur qilaylik. er-xotin o‘zaro munosabatlarini aniqlashtirib, birga yashash-yashamasliklari haqida gap ketayotgan bo‘lsa, unda har ikki gap: Sen bilan ajralishni istamayman, Sendan ajralishni istamayman ham maqsadga yaqinlashtirmaydi. Buning uchun gapda harakat nomini hosil qiluvchi qo‘shimchadan tashqari yana birgalik nisbatni hosil qiluvchi –ish qo‘shimchasi Sen bilan ajralishishni istamayman tarzida qo‘shilishi zarur. Bunday paytda ham –dan va bilan o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi. Masalan: Sendan ajralishishni istamayman deb bo‘lmaydi. Sen bilan ajralishmoqchiman/ Sen bilan ajralmoqchiman, deyish mumkin bo‘lgani holda Sendan ajralishmoqchiman, deb bo‘lmaydi. Sendan ajralmoqchiman gapining ma`nosi esa umuman ikki kishi o‘rtasidagi munosabatni anglatadi.
Bilan ko‘makchisining yordamida, ko‘magida, vositasida, davomida singari so‘zlar bilan sinonimik munosabatda bo‘lishi ham uning bu boradagi imkoniyatlari naqadar kengayib ketganligidan dalolat beradi: yordamida – bilan: CHamadonning qulfi yo‘q, qoq belidan tasma bilan chandib qo‘yilgan edi (O.YOqubov) / CHamadonning qulfi yo‘q, qoq belidan tasma yordamida chandib qo‘yilgan edi; ko‘magida – bilan: YAshnab ketdi dilda tilaklar, / Mehnat bilan gulladi turmush (Zulfiya) // YAshnab ketdi dilda tilaklar, / Mehnat ko‘magida gulladi turmush; davomida – bilan: Qishi bilan etilgan tuproq / Qiz qo‘liga ochar ko‘ksini (Zulfiya) // Qish davomida etilgan tuproq / Qiz qo‘liga ochar ko‘ksini kabi.
“O‘zbek tili grammatikasi”da “Ravishdosh” mavzusi yoritilish jarayonida –(i)b qo‘shimchasi haqida aytilgan quyidagi: “Bog‘lovchilik vazifasini o‘taydi va shu bilan birga fe`lning qandaydir bir formasi o‘rnida qo‘llanadi. Buni quyidagi bir misoldayoq ochiq ko‘rish mumkin: Keksa master Kuznetsov o‘z shogirdlaridan faxrlanib, u ham yaxshi bilaklar bilan bir-ikki so‘z aytdi-da, Omonovga o‘rin berdi (Iboxon). Misoldagi faxrlanib formasi o‘rnida faxrlandi-da formasini va aytdi-da formasi o‘rnida aytib formasini qo‘llash mumkin. Demak faxrlanib formasidagi –(i)b ravishdosh yasovchisi –di affiksi bilan -da bog‘lovchisiga xos tarzda qo‘llanayapti” (O‘tg,516) mulohaza doirasini bilan ko‘makchisi hisobiga kengaytirish mumkin. CHunki ayrim misollar tahlili –lanib va bilan o‘rtasida ham sinonimik munosabat shakllanishini ko‘rsatadi: Dunyo ortiq yorigandi sen tug‘ilganda, / YUragingni sevinch bilan tingladi onang (Zulfiya) // Dunyo ortiq yorigandi sen tug‘ilganda, / YUragingni sevinchlanib tingladi onang; Kunda qizib yotgan qumliklaring ham / Jilva bilan boqdi mehribon (Zulfiya) // Kunda qizib yotgan qumliklaring ham / Jilvalanib boqdi mehribon singari.
Payt ma`nosini anglatadigan ko‘makchisi bilan ham sinonimik munosabatga kirishadi: Qora ko‘zlaringning dilbar nigohi / Kun bo‘yi yashaydi aqlu hushimda (Zulfiya) // Qora ko‘zlaringning dilbar nigohi / Kuni bilan yashaydi aqlu hushimda; Goh qiynaysiz, goh yayratasiz / Tuni bo‘yi bo‘lib yo‘ldoshim (Zulfiya) // Goh qiynaysiz, goh yayratasiz / Tuni bilan bo‘lib yo‘ldoshim kabi.
O‘rin kelishigi qo‘shimchasi va bilan o‘rtasidagi sinonimik munosabatlar R.Qo‘ng‘urovning “O‘zbek tili stilistikasi” asarida keng ko‘lamda tahlil qilingan va unda o‘zaro almashishlar jarayonidagi ular bilan birga keladigan boshqa so‘zlar tarkibida yuz beradigan o‘zgarishlar, agar matn she`riy shaklda bo‘lsa, vaznning saqlanishiga ta`siri masalalarida ham to‘xtalib o‘tilgan. Ularni sinonim deb qarash mumkin bo‘lmagan holatlar haqida ham fikrlar bildirilgan. (QR, 126-129).
SHunday qilib, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me`yoriy xarakterda bo‘lgan ko‘makchisining tarixan bir qancha variantlari bo‘lgan va ularning juda oz qisimgina badiiy adabiyot matnlarida saqlanib turibdi. Bu ko‘makchining ayrim kelishik qo‘shimchalari bilan sinonimik imkoniyatlari keng bo‘lib, bu narsa ularning uslublararo vazifaviy chegaralanishlarini ham belgilaydi. A.Pardaevning dissertatsion ishida boshqa sof ko‘makchilar ham ana shu tarzda tahlil qilingan.
Dostları ilə paylaş: |