ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online
conference
91
BOG‘CHA JAMOASINING BOLAGA TARBIYAVIY TA’SIR KO‘RSATISH
IMKONIYATI
Matrizayeva Bonu Saburjon qizi
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Abstract
Shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhit ham muhim o‘rin egallaydi.Bolalar va
kattalar muloqoti hamda hamkorligini tadqiq qilgan D.B.Elkonin, M.I.Lisina,
shuningdek, V.A.Suxomlinskiy kabi mashhur psixologlar va pedagoglar faoliyati
shuni ko‘rsatadiki, bolaning shaxs sifatida kamol topishi, axloqiy rivojlanishi,
o‘quv faoliyatini ijodiy egallashda kattalar bilan bola o‘rtasidagi
mahsuldor
hamkorlik muhim o‘rin tutishi isbot qilingan.
Key words: Shaxs, shakllanish, faoliyat,ta’sir,muloqot,hamkorlik,predmet
V.Y.Lyaudis va uning shogirdlari hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat tarkibini
sharhlashga alohida e’tibor beradilar. Uning maqsadi-o‘qishda o‘zlashtiriladigan
predmetli faoliyatning hamda birgalikdagi harakat aktlarining, munosabatlari va
muloqotning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarini qurish hisoblanadi.
Hamkorlikdagi faoliyat predmeti o‘qish faoliyatining anglangan va umumlashgan
usullari va birgalikdagi faoliyatning o‘zaro ta’siri va muloqot normalaridir.
Yirik psixolog B.F.Lomov umumiy psixologiyada qabul qilingan faoliyatni tahlil
qilish sxemasini ko‘rib chiqib, ushbu faoliyatni bajaruvchi
individning boshqa
individlar bilan hamkorligi o‘zaro ta’sirini alohida ta’kidlab o‘tadi. Muallif
psixologiyada o‘zaro ta’sir faqat ijobiy hollardagina nazarda tutilishi, lekin uning
sxemasi ochib berilmaganligini uqtiradi. Uning fikricha, individual faoliyatni tahlil
qilgan tadqiqotchilar faoliyat subyektining boshqa odamlar bilan aloqasini
mavhumlashtirganlar. Biroq bu mavhumlashtirish qanchalik muhim bo‘lishidan
qat’iy nazar o‘rganilayotgan hodisalarni bir
tomonlama ochish imkoniyati
to‘g‘risidagi fikrlar B.F.Lomov tomonidan asoslab ko‘rsatilgan.
Yuksak g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan, umumiy maqsad, harakatlarning bir-
biriga mosligi va
uyushqoqligi bilan bir butun, nihoyatda hamjihat, sog‘lom
hamda muayyan maqsadni ko‘zlovchi jamoani uyushtirish orqali tarbiyalash -
yoshlarga tarbiya berishning asosiy tamoyillaridan biridir. Bunday yoshlar
jamoasi tarbiyachining
tayanch yordamchisi, tarbiyaviy ta’sirning qudratli
qurolidir.
Jamoa va yoshlarning bir-biriga bog‘liqligi g‘oyat darajada cheksizdir. Chunki
odam shaxs sifatida tug‘ilmaydi, u individ sifatida dunyoga keladi. Odamlar ya’ni
ota-onalar, atrofdagi kishilar bilan bo‘lgan
muloqotda, o‘zaro munosabatlarda
shaxsga aylanadi. Bu narsa yasli yoshidagi bolalar orasida o‘tkazilgan ilmiy