Mavzu: O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi



Yüklə 162 Kb.
səhifə1/10
tarix20.11.2023
ölçüsü162 Kb.
#162657
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi


Mavzu: O`zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi


Reja:
Kirish
1.O`zbekistonda dehqonchilik tarmoqlarining rivojlanishi. Texnika ekinlari. Paxtachilik.
2.Donli ekinlar.
3.Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari. Mevachilik va uzumchilik.
4.Dehqonchilikni insoniyatga ta’sir etuvchi omillari.
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar

KIRISH
Dehqonchilik O`zbekiston qishloq xo`jaligining yetakchi tarmog`i bo`lib unda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 65-70 foizi yaratiladi. Mamlakatimiz tabiiy sharoitining o`ziga xosligi shundaki, uning turli hudud va mintaqalarida sug`orma va lalmikor dehqonchilik bilan shug`ullanish imkoniyatining mavjudligidir. Adir zonalarida lalmikor dehqonchilik (bug`doy, arpa, no`xat, kunjut, zig`ir, ozuqabop ekinlar, bog`dorchilik) qilinadi. Sug`orma dehqonchilikda lalmikor dehqonchilikka nisbatan 3-5 marta ko`proq hosil olinadi va yerdan samarali foydalanishni ta`minlaydi. Respublikamizda dehqonchilik yalpi mahsulotining 98,5 foizini sug`orma dehqonchilikdan olinadi. Sug`oriladigan yerlarga asosan texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki qand lavlagi), don ekinlari (bug`doy, sholi, makkajo`xori, dukkakli don ekinlari), sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, uzum va meva yetishtiriladi. O`zbekistonda sug`oriladigan yerlar maydoni XX asr davomida muntazam oshib kelgan. Agar 1914 yilda sug`oriladigan yerlar Respublikamizda 1,8 mln. gektarni tashkil etgan bo`lsa, Mirzacho`l, Qarshi, Jizzax, O`rtacho`l, Surxon-Sherobod cho`llarining o`zlashtirilishi va Markaziy Farg`onada yangi yerlar ochilishi bilan ayni paytda 4,2 mln. gektardan oshdi. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimiga qo’riq yoki bo’z yer tizimi, partov yer tizimi; ekstensiv tizimiga esa shudgorlash tizimi kiradi. Intensiv tizimiga fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga asoslangan tuproq unumdorligini oshirishni va ekinlardan yuqori hamda sifatli hosil olishni ta’minlaydigan hozirgi zamon tizimlari kiradi.
2.Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qo’riq yer yoki bo’z yer tizimi qo’l-lanilgan. Bu tizimda dehqonlar qo’riq yer ochib dehqonchilik qilishgan. Yerga oddiy qurollarda ishlov berganlar, 3-4 yil g’alla ekinlari ekilgan-dan so’ng tuproq unumdorligi kamaygan, hashoratlar, kasalliklar, begona o’tlar ko’payib ketgan. Hosildorlikni pasayib ketishi dehqon-larni bu yerni tashlab boshqa yangi yer ochishga majbur qilgan.
Tashlab ketilgan yerning xususiyatlari 15-20 yildan keyin tabiiy ravishda tiklangan. Shu usulda tuproq unumdorligini tiklash va dehqon-chilik yuritish partov yer tizimi deyiladi. Tashlab ketilgan yerga ba’zi joylarda 8-15 yildan so’ng foydalanish uchun qaytilgan.
Dehqonchilikning o’rmon kesish va kuydirish tizimi ham xuddi qo’riq yer tizimiga o’xshaydi. Ya’ni o’rmon kesilib yoki kuydirilib yer ochilgan. Hosildorlik pasayib ketishi bilan dehqonlar boshqa joyga o’tishgan.
Dehqonchilikni siderasiyalash tizimi bundan ikki ming yillar ilgari sharq mamlakatlarida, qadimgi Gretsiyada, Rim imperiyasi va boshqa mamlakatlarda qo’llanilgan. Ekinlar hosili yig’ishtirib olingandan so’ng kuzgi javdar yoki rang o’t ekib bu o’simliklar ma’lum bir fazaga kirganda ko’k o’g’it sifatida haydab yuborilgan.
3.Dehqonchilikning shudgorli tizimida tashlab qo’yilgan partov yerga ishlov berib begona o’tlar yo’qotiladi. Natijada bir yildan so’ng yana ekin ekish imkoniyati tug’iladi. Dastlabki davrda ikki dalali shudgor-don almashlab ekish qo’llanilgan. Ya’ni yerga bir yil toza shudgor sifatida ish-lov berilgan, ikkinchi yili donli ekinlar ekilgan.



Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin