Mavzu: O'zbekiston florasida archa turkumi. (Juniperus L) Mundarija



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə2/4
tarix03.03.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#86423
1   2   3   4
ARCHA

Mavzuning dolzarbligi:
ARCHA turkumiga kiruvchi barcha turlar atmasfera havosini tozalashi,
turli hil infeksion kasalliklarni oldini olishi,o'zidan chiqayotgan fitonsidlar tufayli turli xil hashoratlardan ekinlarni himoyalab turishi va dorivor hususiyatlari.
Mavzuning asosiy maqsadi:
Archadoshlar oilasi vakillaring shifobaxsh xususiyatlari,zamonaviy tibbiyot va tabobatdagi ro'li.
Mavzuning vazifasi:
O'rganilayotgan mavzu doirasidagi zaruriy bilimlarni to'la yoritish keltirilgan har bit vakillari hususida kerakli bilimlarni aks ettirish.O'simliklarni tabobatda va inson hayotida ahamiyati nechog'lik zarurligini tushuntirish.


Mavzuning ob'yekti:
Flora ya'ni o'simliklar dunyosi,tabiatdagi ahamiyati,tarqalgan hududlari,geografik o'rni tarqalishi.
Mavzuning predmeti.
Asosiy tadqiqot ob'yektlari ochiq urug'li o'simliklar va ularga mansub bo'lgan ajdodlar, ochiq urug'lilarning umumiy tuzilishi,ko'payishi va inson hayotida tutgan o'rni.Iste'molga yaroqlik va dorivor hususiyati.
Mavzuning ilmiy amaliy ahamiyati:
Ilmiy jihatdan oilaning boshqa oilalardan farqli hususiyatlari.Bu oila vakillarininv olimlar tomonidan o'rganilayotgan belgilarining ahamiyati.
Amaliy jihatdan ulardan yuzaga chiqadigon foydali va zararli ko'rsatkichlarini bilish. Ularni o'rganish jarayonida bu belgilarni hisobga olgan holds yondashish.
Kurs ishining hajmi:
Ushbu kurs ishi 30 betdan iborat bo'lib 2 ta bobni o'z ichiga oladi, kurs ishi kirish qism,asosiy qism,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bandidan tashkil topgan.

1-Bob. Asosiy qism.
1.1 Ochiq urug’lilar (Gymnospermae).
Q arag‘aytoifa - Pinophyta yoki ochiq urug‘li - Gymnospermae o‘simIikIar bo‘Iimi Ochiq urug‘li o‘simliklar ham yuksak o‘simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy erasining oxiri, mezozoy erasining boshlarida, taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo'lgan. Paleozoy va mezazoy eralarida tog‘ ko'tarilishi jarayonlari natijasida qurug‘lik kengayib borgan. Namli muhit biroz bo'lsa ham qurg‘oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o'zgarishi qirqquloqlami siqib chiqarib, ulaming o‘rnini ochiq urug‘li o‘simliklar egallashiga sabab bo‘lgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog'ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari har xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababli ochiq urug‘lilami tasniflashda shu belgilar muhim rol o‘ynaydi. Ochiq urug‘li o'simliklar, ba’zi olimlarning fikricha, eng qadimgi har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug‘lilar ham boshqa urug‘li o‘simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiyalardan mikrospora, megosporangiyalardan megospora hosil bo‘ladi. Bu ikkala spora shakli, katta-kichikligi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi, Ko‘pincha, mikro va megosporalar strobillarida (qubbalatda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennetitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo‘Igan. Hozirgi paytda bu bo‘limga kiruvchi turlammg soni 700 ga yaqin bo‘lib, ular 68 turkum, 10 ta qabila va 6 ta sinfga kiradi. Bu boiim vakillari yer yuzida keng tarqalgan bo‘lib, shimoliy yarim sharda (nina bargli o'rmon zonasi) tayga o‘rftionlarini hosil qiladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning chiqib kelishi, asosan devon davri bilan bog'liq bo‘lib, ularning bundan 350-400 mln. yii ilgari o'sgan har xil sporali shakllarining qoidiqlari topilgan. Devon davrining oxirlarida arxeopterislar vujudga keladi.
tsimon vakili bor-yo‘g‘i bitta bo‘lib, bennetitdoshlar oilasi vakili Williamsmiella hisoblanadi. U ham bo‘lsa qazilma holatda ma’lum. Qubbalar o‘q poya qoplag'ich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo'ltig'ida urug‘kurtak yoki changdonlar joylashgan. Shunga ko‘ra ular changchi (erkaklik) va urug‘chi (urg‘ochi) qubbalarga ajraladi. Hozirgi klassifikatsiyalar bo'yicha qarag'aytoifalar quyidagi 6 ta sinf (ajdod)ga bo‘inadi:
1. Urug‘li Qirqquloqlar - Lyginoptyeridopsida.
2. Sagovniksimonlar - Cycadopsida.
3. Bennetitsimonlar - Bennetittopsida.
4. Gnetumsimonlar - Gnetopsida.
5. Ginkgosimonlar - Ginkgopsida.
6. Qarag‘aysimon!ar - Pinopsida.
1,3 sinf (ajdod) vakillari faqat qazilma holda uchraydi.2,4,5,6, sinflaming vakillari esa yer yuzida ancha keng tarqalgan.
Urug‘li qirqquloqlar, ginkgonamolar, velvichiyanamolaming faqat bittadan turimavjud.
Urug‘li qirqquloqsimonlar - Lyginopteridopsida yoki Pteridospermae.
Bu sinfga mansub turlar to‘liq qirilib ketgan. Ular yuqori devon davrida paydo bo‘lib, toshko‘mir davrida yer yuzasida keng tarqalgan, ayrimlari perm davrining oxirlarida o‘sgan. Urug‘li qirqquloqlar daraxt, liana va o‘t o‘simliklarni o‘z ichiga olgan. Barglari yirik, katta murakkab patsimon, hozirgi qirqquloqlaming vayyasiga (barg) o'xshash bo‘lgan.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin