Mavzu: O'zbekiston florasida archa turkumi. (Juniperus L) Mundarija



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/4
tarix03.03.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#86423
  1   2   3   4
ARCHA



MAVZU: O'ZBEKISTON FLORASIDA ARCHA
TURKUMI. (JUNIPERUS L)


Mundarija:
Kirish .......................................................................................................................3
1-Bob. Ochiq urug'lilar (Gymnospermae)..........................................................6
1.1 Sarvnamolar qabilasi (Cupressales)........................................................8
1.2 Archadoshlar oilasi (Junipyerusceae)....................................................11
2-Bob. Archa(Junipyerus)ning ahamiyati.........................................................14
2.1 Archazorlar va ularning ko'lami haqida ma'lumot..................................15
2.2 Archaning foydali hususiyatlari va zamonaviy tibbiyot, tabobatda tutgan o'rni haqida....................................................................................................24
2.3 Archazorlarni ko'paytirish,ularni muhofaza qilish,turlarni sonini oshirish.
Xulosa.................................................................................................................. 34
Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................................36

Kirish.
Ochiq urug‘li - Gymnospermae o‘simIikIar bo‘Iimi.
Ochiq urug‘li o‘simliklar ham yuksak o‘simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy erasining oxiri, mezozoy erasining bosh- larida, taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo'lgan. Paleozoy va mezazoy eralarida tog‘ ko'tarilishi jarayonlari natijasida qurug‘lik kengayib borgan. Namli muhit biroz bo'lsa ham qurg‘oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o'zgarishi qirqquloqlami siqib chiqarib, ulaming o‘rnini ochiq urug‘li o‘simliklar egallashiga sabab bo‘lgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar, asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog'ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari har xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababli ochiq urug‘lilami tasniflashda shu belgilar muhim rol o‘ynaydi. Ochiq urug‘li o'simliklar, ba’zi olimlarning fikricha, eng qadimgi har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug‘lilar ham boshqa urug‘li o‘simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiyalardan mikrospora, megosporangiyalardan megospora hosil bo‘ladi. Bu ikkala spora shakli, katta-kichikligi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi, Ko‘pincha, mikro va megosporalar strobillarida (qubbalatda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennetitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo‘Igan. Hozirgi paytda bu bo‘limga kiruvchi turlammg soni 700 ga yaqin bo‘lib, ular 68 turkum, 10 ta qabila va 6 ta sinfga kiradi. Bu boiim vakillari yer yuzida keng tarqalgan bo‘lib, shimoliy yarim sharda (nina bargli o'rmon zonasi) tayga o‘rftionlarini hosil qiladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning chiqib kelishi, asosan devon davri bilan bog'liq bo‘lib, ularning bundan 350-400 mln. yii ilgari o'sgan har xil sporali shakllarining qoidiqlari topilgan. Devon davrining oxirlarida arxeopterislar vujudga kelib, ularning bo‘yi 30 metrga yetgan. Arxeopterislarda o£zak va ikkilamchi ksilemaning bo‘lishi ularni ochiq urugiilarga yaqinlashtirdi.
Lekin urug‘li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan. Umuman, bularda yog‘ochlik o‘mida floema yaxshi rivojlangan. Ularda dastlabki barglar shakllanib borgan, bu esa ochiq urug'li o‘simliklarning paydo bo‘lishida katta rol o‘ynagan. Demak, ochiq urug'lilar haqiqiy qirqquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o‘simliklardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Bu bo'limga xos xususiyatlardan yana bin - ularda qubbalarning bo'lishidir:
epidermis - po‘st;
mikrostrobil - erkak qubba;
megostrobil - urg‘ochi qubba;
mikropile - urug‘ yo'li;
nutsellus - urug‘kurtak magczi;
integument - urug‘kurtak qobig‘i. Ochiq uruglilarga xos belgilardan biri - ularda urug‘ning hosil bo'lishidir.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin