Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)


Mavzu: O'zbekiston turizimining rivojlanishi



Yüklə 209 Kb.
səhifə21/22
tarix03.04.2023
ölçüsü209 Kb.
#92799
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
O\'zbekiston geografiyasiююююю

Mavzu: O'zbekiston turizimining rivojlanishi
O'zbekiston Respublikasida turizm sohasining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari, "Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari" - mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining materiallari to'plami, 5-may 2021-yil. 500-503 betlar "Iqtisod-moliya".
O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining tahlilidan ko'rinadiki, 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 2019-yilning shu davriga nisbatan 5244,4 ming nafarga kam chet el fuqarolari tashrif buyurgan. 2020-yil mart oyining oxiri va aprel oyidan boshlab, O'zbekiston hukumati respublika iqtisodiètiga pandemiyaning ta'sirini kamaytirish maqsadida qator chora-tadbirlarni belgiladi. Bunga misol sifatida pandemiyadan zarar ko'rgan iqtisodiyotni tiklash va rag'batlantirish rejalari, korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashda joriy qilingan imtiyozlarni aytish mumkin. Huquqiy hujjatlarda belgilangan ushbu chora-tadbirlar xizmat ko'rsatish sohasi, shuningdek, turizmga ham taalluqlidir.
May oyining oxirida Prezident Shavkat Mirzièyev — Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonga muvofiq, sohada faoliyat yurituvchi biznes subyektlariga ko'plab imtièzlar berildi. Foyda solig'ining 50 foiz kamaytirilishi, zararni keyingi davrga ko'chirish huquqi, sayèhlardan olinadigan yig'imni to'xtatib turish, olib kelingan sayèhlar uchun mukofot tariqasida subsidiyalar berish, turoperatorlarning avia va temiryo'l chiptalari uchun xarajatlarini subsidiyalar bilan qoplash, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, mehmonlarga tunash uchun joy beruvchi korxonalar uchun qo'shimcha èrdam choralari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, turoperatorlar va mehmonxonalarga xarajatlarni ma'lum darajada qoplash va xodimlarga maosh berib turilishi uchun Turizmni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasidan foizsiz qarzlar ajratilishi ham belgilandi.
Boshqa iqtisodiy sohalardan farqli o'laroq, turizmni tiklash va jonlantirish bevosita turistlar oqimiga, sohadagi xizmatlar eksporti hajmi esa - xorijdan tashrif buyurgan fuqarolar soniga bog'liq.
O'zbekistonda ham turizm milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog'iga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Hozirgi kunda O'zbekistonda milliy turizm modeli rivojlanish bosqichida bo'lib, unda o'zbek xalqining mentaliteti - sharqona mehmondo'stlik va g'arb xizmat standartlarining uyg'unlashuviga erishishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Turizm sohasida yuz berayotgan tub
ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar mazkur sohada bozor munosabatlariga asoslangan turizm modelini shakllantirishga yo'naltirilgan.
Shunga qaramasdan hozirgi kunda mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ancha past. Respublikamizda mavjud 8 mingdan ortiq madaniy va tabiiy meros obyektlaridan atigi 5-8 foizidan turistik maqsadlarda foydalaniladi, xolos.
O'zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish, turistik salohiyatdan oqilona foydalanish mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga, valyuta tushumining o'sishiga, eksport tarkibining takomillashuvi va diversifikatsiyalashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu sohada Saudiya Arabistoni tajribasini umumlashtirish xalqaro turizmni quyidagi yo'nalishlarda rivojlantirish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatadi:
- turizm sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro turistik tashkilotlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlarni jalb qilish bo'yicha keng chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
- yangi mehmonxonalar, kempinglar, turbazalar, otellar, motellar qurish va mavjudlarini ta'mirlash hamda zamonaviylashtirish hisobiga turizmning xalqaro talablarga javob bera oladigan moddiy-texnika bazasi va zamonaviy xalqaro turizm infratuzilmasini barpo etish va ulardan samarali foydalanish;
- aeroportlarda, temiryo'l vokzallarida, avtobus stansiyalarida xalqaro terminallar qurish, ularni ta'mirlash va kengaytirish, shuningdek, barcha turistlarni qabul qilish markazlarida zamonaviy kommunikatsiya tizimlarini barpo etish.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin