Odam tanasi odatda morfologik, biokimiyoviy va fiziologik rezervlarga ega bo’ladi.
Biokimyoviy rezerv deganda ko’pincha organizmda mavjud fazilatlar faolligi, moddalar va energiya almashinuvining kuchi tushuniladi.
Morfologik rezerv deganda a’zolarni tashkil qilgan to’qimalarning tuzilishi.
Morfologik rezerv deganda a’zolarni tashkil qilgan to’qimalarning tuzilishi.
Fiziologik rezerv esa organizm a’zo va tizimlarining zamiridagi mavjud funktsional imkoniyatlaridir.
Bu rezervlar qanchalik katta bo’lsa,organizm yangi muhit sharoitiga shunchalik yaxshi moslashadi, ya’ni adaptatsiyalanadi.
Fiziologik adaptatsiya
Adaptatsiyaning bir necha turlari mavjud. O’zgargan yashash sharoitlarida organizm va uning qismlari faollik holatining turg’unlashuvi fizilogik adaptatsiya deyiladi. Buning oqibatida organizmning uzoq muddatli faol hayoti, jumladan mexnat faoliyati va sog’lom avlod qoldirish qobiliyatiga imkoniyat tug’iladi. Adaptatsiyaning shakllanishi va mexanizmlari individual xususiyatlarga ega. Turli odamlar muhitning bir xil sharoitiga turli tezlik va har xil hajmda adaptatsiyalanadilar. Adaptatsiyaning tezligi va hajmi har bir odamning sog’ligi, ruhiy turg’unligi, jismoniy chiniqqanligi, tipologik xususiyatlari, jinsi va yoshiga bog’liq.
Fiziologik adaptatsiya hayvonlarining ko’payishi, hayot faoliyatidagi moslanishlarni o’z ichiga oladi. Tuproq hayvonlari tanasiga suv oziqa bilan birga yoki tana qoplag’ichi orqali o’tadi. Tuproq yuzasida yashaydigan zaxkashlarning ichagida oziqasidan bir qismi saqlanib qoladi. Bu oziqa namlikni saqlovchi depo vazifasini bajaradi.
Biokimyoviy adaptatsiya
Biokimyoviy adaptatsiya evolyustiya jarayonida hayvonlar fermentativ sistemasini muayyan xiliga, harorat va ph darajasiga moslashishidan iborat. Har bir ferment ma’lum ph va tempratura rejimida aktiv bo’ladi. Masalan, ikki juft oyoqli kisler ko’poyog’i shimoldan Kavkazgacha tarqalgan, lekin uning fermentativ sistemasi 210 S da aktiv bo’ladi.
Yashash muhitining o’zgarishlariga organizmning tezlik bilan moslashishida 1936 yili Kanada fiziologi G.Sel’e tamonidan ochilgan va umumiy adaptatsiya sindromi nomini olgan nospetsifik moslashish mexanizimi katta axamiyatga ega. Shu yili G.Se’le stressga, ya’ni ancha katta kuchdagi yoqimsiz omillarga javoban yuzaga chiqargan edi. Stressni hosil qiladigan omillarga sovuq, issiq, jaroxat, infektsiya, shiddatli muskul ishi va boshqalar kiradi. Shuningdek, salbiy va ijobiy ruxiy kuchlanishlarini hosil qiladigan omillar kirishi mumkin.
Shuningdek, salbiy va ijobiy ruxiy kuchlanishlarini hosil qiladigan omillar kirishi mumkin. Keltirilgan, turli omillar xammasi bir xildagi nospetsifik himoya reaktsiyasini yuzaga keltiradi, ya’ni moslashishning nospetsifik himoya reaktsiyasini ishga tushiradi. Bu mexanizm gomeostatik boshqarilish, organizmning himoya kuchlarining safarbar etishi va ayni vaziyatda hayot faoliyatini ta’minlash bilan bevosita bog’liq bo’lmagan funktsiyalarning to’xtalishini ta’minlaydi. Masalan: kuchli charchashda ovqat hazm qilish funktsiyasi susayadi. Yuqori haroratda ham shunday bo’ladi.