Mavzu: O'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning o'rni Reja Kirish



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/5
tarix20.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#145578
  1   2   3   4   5
O\'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning1


Mavzu: O'zbekiston Respublikasi moliya tizimini rivojlantirishda fond bozorning o'rni
Reja
Kirish
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimida fond bozorning tutgan o'rni
2. O‘zbekiston Respublikasi fond bozori faoliyatining amaldagi holati tahlili
3.Moliya tizimini rivojlantirishda fond bozori faoliyatini takomillashtirish istiqbollari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati

KIRISH



Bozor iqtisodiyotining muhim segmentlaridan biri - bu fond bozori hisoblanib, u vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini qimmatli qog'ozlarga joylashtirishga va qayta taqsimlash orqali maqsadli joylashuvini ta'minlashga xizmat qiladi. Bunday maqsadlarga qimmatli qog'ozlar bozorining an'anaviy va noan'anaviy segmentlari hisoblangan qimmatli qog'ozlarning barcha turlari o'z samarasini bergandagina erishiladi. Shu bilan birga, qimmatli qog'ozlarni joylashtirish, ular bilan oldi-sotdi qilish kabi barcha operatsiyalarni o'z ichiga oluvchi muomalalarni asosan tijorat banklari amalga oshiradi. Bu ularning, avvalo, ustav kapitalini oshirish darajasini ta'minlasa, ikkinchidan, bozorlardagi tijorat faoliyati yordamida chet eldagi bo'sh kapitallarni xarakatga keltiriladi. Shuning uchun, ayni paytda qimmatli qog'ozlarning barcha instrumentlari to'liq va samarali ishlashi uchun mazkur bozorlar infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlantirish davlat darajasiga ko'tarilishini talab etmoqda. Mamlakatimizda esa fond bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va unda inson manfatlariga qaratilgan aniq maqsadlar belgilanganligi bu vazifaning davlat darajasiga ko'tarilganligini yanada yorqin ifodalaydi. Xususan; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "... moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo'lishi kerak. ... Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari ko'lamini yanada kengaytirish, ilg'or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur"1, deb ta'kidlaganida mutaxassislar va keng jamoatchilikning e'tiborini aynan mana shu dolzarb masala - milliy fond bozorini yanada rivojlantirishga qaratdi.
Yuqoridagi holatlar, fond bozorlari infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlanishi uchun avvalo shu bozorlarga chiqarilayotgan qimmatli qog'ozlarning yuqori likvidligi, bozorning kapitallashuv darajasi, daromadliligi, kapitalni oshirish kabi xususiyatlarini ta'minlash uchun hizmat qiladi.
Fond bozorlarining yana bir xususiyatli belgisi - bu ularning risk darajasiga tobeligi hisoblanadi. Shu sababli fond bozori infratuzilmasini samarali rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va uning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish lozim.
Ayni paytda fond bozorlari va ularning samarali faoliyati, ularning ishtirokchilari hamda muomaladagi xalqaro maqomga ega bo'lgan yuqori likvidli qimmatli qog'ozlar turlari muhim ahamiyatga ega. Fond bozorlarining rivojlanishi davlatning infratuzilmaviy rivojlanish darajasiga bevosita bog'liq bo'lib, avvalo milliy fond bozorini xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvini ta'minlash orqali yuqori sur'atda rivojlanishga olib borsa, ikkinchidan, tijorat banklarining yuqori likvidligi va moliyaviy barqarorligini xalqaro me'yorlarga tenglashuviga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini olimlar, ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o'sha davr g'oyalari bilan uyg'unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o'ziga xos xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning ishtirokchilari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda. Xususan, fond bozorlarining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab
o'tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g'oyalari orqali nazariyalar yaratilgan. Lekin, har bir iqtisodiy kategoriya doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida takomillashib boradi. Jahon fond bozori ham hozirgi kunda qo'shimcha tarzda noan'anaviy, zamonaviy, yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o'ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda chuqurroq o'rganib chiqish maqsadga muvofiq.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o'rganish va keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib etishga bag'ishlangan ilmiy-ommabop qo'llanma. - T.: «Ma'naviyat», 2018. 189-b. 2 zarur. Shu maqsadda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo'yicha elektron tizim tashkil etiladi. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o'rtasida samarali va o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta'minlash masalalariga asosiy e'tiborni qaratish zarur. Valyuta bozorini isloh qilishga qarshi bo'lgan ayrim "ekspertlar"ning ikkilanishi va "maslahat"lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi tushunamizki, bu ish ushbu sohadagi islohotlarning boshlanishi, xolos. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga to'liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim".
Shu boisdan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan «2020-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog'ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala ekanligi ta'kidlandi»3. Bunday ustuvor va dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishi mamlakatimizda moliya bozorining xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish hamda moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligini ko'rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan murojaatnomasi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin