Mavzu: ozbekiston respublikasi prenzidentining 2019yil 10 iyuldagi pq 4389 sonli qarori bilan maqullangan soliq mamurchiligini takomillashtirish strategiyasiin



Yüklə 72,84 Kb.
səhifə1/5
tarix11.06.2023
ölçüsü72,84 Kb.
#128554
  1   2   3   4   5
ozbekiston respublikasi prenzidentining 2019yil 10 iyuldagi pq 4389 sonli qarori bilan maqullangan soliq mamurchiligini takomillashtirish strategiyasining maqsadi vazifalari va asosiy yonalishlari

Mavzu: O’zbekiston respublikasi prenzidentining 2019yil 10 iyuldagi pq 4389 sonli qarori bilan maqullangan soliq mamurchiligini takomillashtirish strategiyasining maqsadi vazifalari va asosiy yonalishlari

Reja:

Reja:

  • Strategiyaning maqsad va vazifalari
  • Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari
  • Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Strategiyaning maqsad va vazifalari

1. Strategiyaning asosiy maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida tadbirkorlik subyektlari va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, soliq solish jarayonlarini avtomatlashtirgan holda, davlat soliq organlarida zamonaviy yo‘naltirilgan servis soliq xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish hisoblanadi.

2. Quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Davlat budjetiga soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlash;
  • soliq organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish va soliq ma’muriyatchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifatini yaxshilash;
  • barcha toifadagi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy ravishda bajarish asosida ularning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni yaratish;
  • soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish, barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlarni ta’minlaydigan transparent va barqaror soliq tizimini shakllantirish;
  • soliq to‘lovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida “inson omili”ni hamda korrupsiya holatlarining salbiy ko‘rinishlarini kamaytirish imkonini beradigan tavakkal-tahlil va masofaviy tahliliy ishlar tizimi asosida soliq nazorati tizimini shakllantirish.

Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari

  • 1. Soliq va soliq rejimlarini birxillashtirish, shuningdek, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish.
  • 2. Soliq yukini (kamaytirish va baravarlashtirish) optimallashtirish.
  • 3. Soliq imtiyozlarining samaradorlik darajasini baholash asosida ularni taqdim etishning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash.
  • 4. Soliq va buxgalteriya hisobi o‘rtasida farqni imkon qadar kamaytirish.
  • 5. Joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining budjetning daromad qismini shakllantirishda rolini kuchaytirish va hissasini oshirish.
  • 6. Xorijiy davlatlar tajribasi hisobga olingan holda, tavakkalchiliklarni baholashning zamonaviy usullarini joriy qilish va iqtisodiy faoliyat sohasida xufiyona aylanma hamda nazorat qilinmaydigan daromadlar ko‘lamini qisqartirish.
  • 7. Soliq qonunchiligi sohasidan tashqarida faoliyatni amalga oshiradigan shaxslarni norasmiy sektordan chiqishiga (qonuniylashishiga) ko‘maklashish.
  • 8. Transfert narxni belgilash sohasida soliq ma’muriyatchiligining yangi uslublarini joriy etish.
  • 9. 2021-yilga kelib jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lovchilarni 1,5 baravar, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilarni 2 baravar hamda resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i to‘lovchilarni 2 baravar ko‘paytirish.

Yüklə 72,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin