Mavzu: ozbekiston respublikasi prenzidentining 2019yil 10 iyuldagi pq 4389 sonli qarori bilan maqullangan soliq mamurchiligini takomillashtirish strategiyasiin
ozbekiston respublikasi prenzidentining 2019yil 10 iyuldagi pq 4389 sonli qarori bilan maqullangan soliq mamurchiligini takomillashtirish strategiyasining maqsadi vazifalari va asosiy yonalishlari
Mavzu: O’zbekiston respublikasi prenzidentining 2019yil 10 iyuldagi pq 4389 sonli qarori bilan maqullangan soliq mamurchiligini takomillashtirish strategiyasining maqsadi vazifalari va asosiy yonalishlari
Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Strategiyaning maqsad va vazifalari
1. Strategiyaning asosiy maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida tadbirkorlik subyektlari va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, soliq solish jarayonlarini avtomatlashtirgan holda, davlat soliq organlarida zamonaviy yo‘naltirilgan servis soliq xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish hisoblanadi.
2. Quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Davlat budjetiga soliq tushumlarining barqarorligini ta’minlash;
soliq organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish va soliq ma’muriyatchiligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifatini yaxshilash;
barcha toifadagi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy ravishda bajarish asosida ularning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni yaratish;
soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish, barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlarni ta’minlaydigan transparent va barqaror soliq tizimini shakllantirish;
soliq to‘lovchilar faoliyatiga aralashishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida “inson omili”ni hamda korrupsiya holatlarining salbiy ko‘rinishlarini kamaytirish imkonini beradigan tavakkal-tahlil va masofaviy tahliliy ishlar tizimi asosida soliq nazorati tizimini shakllantirish.
2. Soliq yukini (kamaytirish va baravarlashtirish) optimallashtirish.
3. Soliq imtiyozlarining samaradorlik darajasini baholash asosida ularni taqdim etishning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash.
4. Soliq va buxgalteriya hisobi o‘rtasida farqni imkon qadar kamaytirish.
5. Joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining budjetning daromad qismini shakllantirishda rolini kuchaytirish va hissasini oshirish.
6. Xorijiy davlatlar tajribasi hisobga olingan holda, tavakkalchiliklarni baholashning zamonaviy usullarini joriy qilish va iqtisodiy faoliyat sohasida xufiyona aylanma hamda nazorat qilinmaydigan daromadlar ko‘lamini qisqartirish.
7. Soliq qonunchiligi sohasidan tashqarida faoliyatni amalga oshiradigan shaxslarni norasmiy sektordan chiqishiga (qonuniylashishiga) ko‘maklashish.
8. Transfert narxni belgilash sohasida soliq ma’muriyatchiligining yangi uslublarini joriy etish.
9. 2021-yilga kelib jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lovchilarni 1,5 baravar, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilarni 2 baravar hamda resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i to‘lovchilarni 2 baravar ko‘paytirish.