ozbekiston respublikasi prenzidentining 2019yil 10 iyuldagi pq 4389 sonli qarori bilan maqullangan soliq mamurchiligini takomillashtirish strategiyasining maqsadi vazifalari va asosiy yonalishlari
SOLIQ MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mamlakatda soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yuki kamaytirildi, aylanma mablag‘lardan olinadigan soliqlar optimallashtirildi, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni bekor qilish va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini kamaytirish orqali soliq tizimi qayta ko‘rib chiqildi.
Soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tadbirkorlik subyektlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olib, davlat soliq xizmati organlarining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorini olgan kundan e’tiboran o‘n kun muddat ichida moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lasa, tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar mazkur huquqbuzarlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan jinoiy va ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.