Soliqlarning byudjetga tushishiga ko’ra bo’linishi. Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag bilan ta’minlaydi va bu O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti yetakshi bo’gindir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvshi va farmoyish beruvshi oliy organi - O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga moliq bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag bilan ta’minlashga ishlatiladi. Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo’gini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish ushun foydalanadi.
Qoraqalpogiston Respublikasining byudjetipul mablaglarini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish ushun markazlashtiradi.